Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
qatirma xalatini olib, indamay Margaritaga uzatdi, Korovyov uni Margaritaning yelkasiga tashladi. 
— Minnatdorman, messir, — dedi Margarita eshitilar-eshitilmas, so‘ng Volandga savol ma’nosida 
qarab qo‘ydi. Voland esa o‘z navbatida loqayd jilmayib boqdi. Shunda birdan Margaritaning qalbini 
mash’um hasrat tuyg‘usi qamrab oldi. U o‘zini addangan deb his qildi. Aftidan, uning badda 
ko‘rsatgan xizmatlari evaziga hech kim uni hech nima bilan takdirlamoqchi emasga o‘xshaydi, 
shuningdek, hech kim unga, qoling, deb ham mulozamat qilmayapti. Holbuki, Margaritaning bu yerdan 
chiqib boradigan yeri yo‘qligi uning o‘ziga kunday ravshan edi. Xayolidan «lip» etib o‘tgan: «Yana 
o‘sha uyimga qaytib borishimga to‘g‘ri keladi», degan fikr qalbida dohiliy g‘ussa tuyg‘usini uyg‘otib 
yubordi. Yo Azazelloning Aleksandr bog‘ida bergan vasvasali maslahatiga amal qilib, o‘zi Volanddan 
so‘rasinmi? «Yo‘q, o‘lsam ham yalinmayman», dedi u o‘ziga-o‘zi. 
— Xo‘p, salomat bo‘ling, messir, — dedi u eshittirib, o‘zi esa: «Ishqilib, bu yerdan tezroq chiqib 
ketsam bo‘lgani, keyin bir amallab daryo bo‘yiga boraman-u, o‘zimni suvga tashlayman», deb 
ko‘nglidan o‘tkazdi. 
— O‘tiring, — deb buyurdi Voland birdan qat’iy ohangda. Margaritaning rangi o‘chib ketib o‘tirdi. 
— Balki biron nima demoqchidirsiz xayrlashuv oldidan? 
— YO‘q, messir, gapim yo‘q, — dedi Margarita g‘urur bilan, — faqat shuki, agar sizga yana kerak 
bo‘lsam, barcha istaklaringizni bajonidil bajarishga doim tayyorman. Men hech charchaganim yo‘q, 
balda juda bahri-dilim ochildi. Shunga ko‘ra, agar u yana davom etgan bo‘lganida, yana tizzamni 
ming-minglab qatllaru qotillarga o‘pish uchun jonim bilan tutib bergan bo‘lardim. — Margarita 
Volandni go‘yo qalin parda orqali elas-elas ko‘rayotganday — ko‘zlari g‘ilt-g‘ilt yosh edi. 
— To‘g‘ri! Siz mutlaqo haqsiz! — dyodi Voland gumburlovchi ovoz bilan dahshatli hayqirib, — 
shunday bo‘lish kerak! 
— Shunday bo‘lish kerak! — deb takrorlashdi Volandning mulozimlari xuddi aks-sadodek. 
— Biz sizni sinab ko‘rdik, — deb davom etdi Voland, — hech qachon, hech nima so‘ramang! Hech 
qachon, hech nima, ayniqsa, o‘zingizdan kuchliroqlardan. O‘zlari tavsiya qilishib, o‘zlari istagan 
narsangizni berishadi! O‘tiring, takabbur ayol! — Voland Margaritaning yelkasidagi vazmin ridoni 
yulqib olib tashladi, shun-da u yana o‘zini Voland bilan yonma-yon uning to‘shagida o‘tirganini 
ko‘rdi. — Xo‘sh, Margo, — deb davom etdi Voland, endi ancha muloyim ovoz bilan, — bugun 
mening balimda bekalik qilganingiz uchun nima istaysiz? Ushbu balni yalang‘och holda 
o‘tkazganingiz evaziga mendan nima so‘raysiz? Tizzangiz xizmatini qanchaga baholaysiz? Hozir siz 
qatllar deb atagan mehmonlarim sizga qancha ziyon yetkazishdi? Gapiring! Mana endi hech 
tortinmasdan gapirishingiz mumkin. Zero, men so‘rayapman sizdan. 
Margaritaning yuragi qattiq-qattiq tepa boshladi, u chuqur xo‘rsinib qo‘yib, nimalarnidir o‘ylay 
boshladi. 
— Xo‘sh, qani, dadilroq! — deb dalda berardi Voland, — o‘z fantaziyangizni uyg‘oting, uni ishga 
soling! Anavi uchchiga chiqqan ablah — baronni qatl etish sahnasida ishtirok etishning o‘zi ham 
mukofotga loyiq, agar ishtirok etgan odam ayol kishi bo‘lsa — alalxusus. Qani, xo‘sh? 
Margaritaning nafasi qaytib ketdi, u dilida tayyorlab qo‘yilgan ezgu so‘zlarini aytishga endigina 
og‘iz juftlagan edi hamki, birdan rangi quv o‘chib, og‘zi lang ochilib, ko‘zlari baqraygancha qoldi. 
Uning qulog‘iga kimningdir bezovta qiluvchi, yolboruvchi ovozi: «Frida! Frida! Frida! — deb 
qichqirdi. — Mening ismim Frida!» — Shundan keyin Margarita duduqlanib gapira boshladi: 
— Demak, men sizdan bitta narsani iltimos qilishim mumkin-a? 
— Talab, talab qilishingiz mumkin, mening donnam, — deb javob qildi savolning ma’nosiga 
tushungan Voland jilmayib, — talab qilishingiz mumkin bitta narsani! 
O, Voland Margaritaning o‘z og‘zidan chiqqan «bitta narsa» so‘zini takrorlarkan, unga ustalik bilan 
va aniq urg‘u berib gapirdi. 
Margarita yana bir marta xo‘rsinib qo‘yib dedi: 
— Istardimki, Fridaga, o‘z chaqalog‘ini o‘ldirganda og‘ziga tiqqan o‘sha ro‘molchasini endi 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling