Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
171 tutqazishmasa. Mushuk ko‘zlarini shiftga tikarkan, pishqirib xo‘rsindi, lekin bal paytida qulog‘i buralganini eslab, churq ham etmadi. — O‘sha ovsar Fridadan, — deb miyig‘ida kulgancha gap boshladi Voland, hech qanday pora olmasligingizga qat’iy ishonch hosil qilganim tufayli (zero bunday narsa sizning qirolichalik sha’ningizga mutlaqo nomuvofiqdir) nima qilishimni ham bilmay qoldim. Chamamda faqat bitta iloj bor — ko‘proq latta-puttalar topib kelib, xobxonamdagi hamma teshik, tirqishlarga tiqib tashlashim kerak. — Gapingizga tushunmadim, messir! — dedi hayron qolgan Margarita, u Volandning gaplariga chindanam tushunmagan edi. — Fikringizga to‘la-to‘kis qo‘shilaman, messir, — deb gapga aralashdi mushuk, — albatta latta bilan, — deb g‘ijingancha panjasini stolga «gurs» etib urdi. — Men rahm-shafqat haqida gapiryapman, — deb izohladi Voland o‘z gapini hamon Margaritadan o‘tli ko‘zlarini uzmay. — U narsa ba’zan mutlaqo kutilmaganda ayyorlik bilan eng tor tirqishlardan ham singib kiradi. Latta-putta haqida gapirishimning boisi shunda. — Men ham shuni aytyapman-da! — dedi mushuk va har ehtimolga qarshi, pushti rang krem yuqilik pan-jalari bilan uchli quloqlarini berkitgancha, o‘zini Margaritadan chetga oldi. — Pisht! Daf bo‘l! — dedi unga Voland. — Hali qahva ichganim yo‘q, — dedi mushuk, — qanaqasiga ketarkanman? Nahotki shunday bayram oqshomida ham, messir, bir dasturxon atrofida o‘tirgan mehmonlarni ikki navga bo‘lishsa? Birovlar birinchi nav-u, boshqalar, sho‘rtumshuq qurumsoq bufetchining ta’biri bilan aytganda, aynigan ikkinchi nav hisoblansa? — Jim bo‘l, — yeb buyurdi Voland, so‘ng Margaritaga yuzlanib, undan so‘radi: — Bu raftoringizga qaraganda, siz bag‘oyat saxovatli, kamoli xushaxloq odam bo‘lsangiz kerak-a? — Yo‘q, — qiynalib javob qildi Margarita, — bilaman, siz bilan faqat ochiqchasiga gaplashish kerak, shu bois men ham sizga gapning ochig‘ini aytaman: men yengiltak odamman. Frida uchun iltimos qilganimga sabab, ehtiyotsizlik qilib unga va’da berib qo‘yuvdim. Endi u kutadi, messir, u mening qudratimga ishonadi. Agar umidi puchga chiqsa, men nihoyatda mushkul ahvolga tushib qolaman. Umrbod ko‘nglim taskin topmaydi. Nachora? Shunday bo‘lib qoldi. — Ha, — dedi Voland, — bu tushunarli. — Demak, o‘shanday qilasiz-a? — qimtinibgina so‘radi Margarita. — Aslo, — deb javob qildi Voland, — gap shundaki, qimmatli qirolicha, bu o‘rinda andakkina chatoqlik yuz bergan. Har bir muassasa o‘z ishi bilan shug‘ullanmog‘i kerak. Oriy rost, bizning imkoniyatlarimiz benihoya ulkan, uzoqni ko‘rishga ko‘zlari ojiz bo‘lgan ayrim kaltabinlar tasavvuridan ko‘ra ancha kattaroqdir... — Ha, judayam katta, — deb luqma tashlashdan o‘zini tiya olmadi mushuk, chamasi u mana shu imkoniyatlardan mag‘rurlanardi. — Jim bo‘lsang-chi, jin urgur! — dedi unga Voland va Margaritaga o‘girilib gapida davom etdi: — Gapning sirasi, men muassasa deb ta’birlaganim boshqa shaxs qilishi lozim bo‘lgan ishga qo‘l urishdan nima hojat? Alqissa, men bu ishga aralashmayman, uni o‘zingiz bajarasiz. — Nahotki, mening istagim bajarilsa? Azazello istehzo bilan g‘ilay ko‘zini Margaritaga tikdi va mallasoch boshini salgina chayqab, pishqirib qo‘ydi. — Boshlang axir, azbaroyi shifo, — deb g‘o‘ldiradi Voland va globusni aylantirib, uning qaysiyam bir nuqtasiga tikilib qaray boshladi, chamasi u Margarita bilan suhbat qilgan paytida boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘lganini ko‘rsatmoqchi edi. — Qani, chaqiring Fridani, — deb o‘rgatdi Korovyov. — Frida! — deb ovozining boricha chinqirdi Margarita. Shunda eshik lang ochilib, xonaga sochlari parishon, yalang‘och, ammo sarxushligidan asar ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling