Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
qolmagan, ko‘zlari olazarak ayol yugurib kirib, qo‘llarini Margarita tomon cho‘zdi, Margarita esa unga 
ulug‘vorlik bilan dedi: 
— Seni kechirishdi. Endi senga ro‘molchangni tutqazishmaydi. 
Frida qattiq faryod qilib, Margaritaning oyog‘i ostiga, polga xoch shaklida yuz tuban yotdi. Voland 
bir qo‘l siltagan edi, shu zahoti Frida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. 
Minnatdorman sizdan, endi xayr, — dedi Margarita va o‘rnidan turdi. 
— Nima deysan, Begemot, — deb gapira boshladi Voland, — shunday bayram kechasida uquvsiz 
odamning raftoridan manfaat ko‘zlashimiz yaxshimasdir, — u Margaritaga o‘girildi, — bunisi hisob 
emas, chunki men hech nima qilganim yo‘q. Qani ayting, o‘zingiz uchun nima istaysiz? 
Hamma sukutga toldi, bu sukunatni Korvovyov buzdi: 
— Oltin donna, — dedi u Margaritaning qulog‘iga pichirlab, — bu gal sal mulohaza bilan ish 
ko‘ring! Yo‘qsa, baxtingiz qo‘lingizdan chiqib ketishi mumkin! 
— Men hozirning o‘zida, shu zahotiyoq o‘z mahbubim — ustani qaytarib berishlarini istayman, — 
dedi Margarita va qattiq asabiylashganidan yuzi burishib ketdi. 
Shu payt xonaga «g‘uv» etib shamol esib kirib, chil-chirokdagi shamlar alangasini bir tomonga 
yotqizdi, vazmin darpardalar yelpinib, deraza tavaqalari lang ochildi va juda olisda, samoda tonggi 
emas, tungi oyning porlab turgani ko‘rindi. Deraza etagida tungi oy shu’lasidan ko‘kish poyandoz 
yozilib, shu poyandoz ustida Ivanushkaning tungi mehmoni — o‘zini usta deb tanitgan odam paydo 
bo‘ldi. U kasalxona libosida (egnida xalat, oyog‘ida tufli) bo‘lib, hozir ham o‘sha qora qalpoqchasini 
boshidan qo‘ymagan edi. Uning soqol-mo‘ylovi olinmagan yuzi hadeb tortishar, jununvash ko‘zlari 
shamlarga zimdan cho‘chinqirab boqardi, oy shu’lasi uni tamomila qamrab olgan edi. 
Margarita bir qarashdayoq uni tanidi, qo‘llarini qisirlatib, oh urdiyu uning istiqboliga yugurib bordi. 
U ustaning peshonasidan, lablaridan o‘par, tikandek tuk bosgan yuziga yuzini qo‘yardi, shu paytgacha 
tiyib turgan ko‘z yoshlari endi uning yuzidan duv-duv oqa boshladi. U hadeb faqat bir so‘zni ma’nosiz 
ohangda takrorlardi: 
— Sen... sen, sen... 
Usta uni o‘zidan chetlatib, bo‘g‘iq ovoz bilan dedi: 
— Yig‘lama, Margo, yuragimni ezma. Men qattiq betobman. — U go‘yo derazaga sakrab 
qochmoqchi bo‘lganday, deraza tokchasiga chang soldi, tishlarini irshaytirgancha, xonada o‘tirganlarga 
bir-bir qarab chiqib, chinqirib yubordi: — Men qo‘rqyapman, Margo! Yana ko‘zimga allaqanday 
sharpalar ko‘rina boshladi. 
— Yo‘q, yo‘q, yo‘q, — deb pichirlardi entikib-entikib yig‘laganidan nafasi ichiga tushib ketgan 
Margarita, — hech nimadan qo‘rqma! Men yoningdaman! Yoningdaman! 
Korovyov epchillik bilan, sezdirmay ustaga stul surib qo‘ydi, u o‘tirdi, Margarita esa usta oldida tiz 
cho‘kib, yuzini uning biqiniga bosgancha qimir etmay qoldi. U hayajonlanganidan o‘zining endi 
yalang‘och emasligini ham sezmadi — uning egnida birdan qora shohi plash paydo bo‘lgan edi. Bemor 
boshini xam qilgancha, ma’yus va xasta ko‘zlarini yerga tikdi. 
— Ha, — deb gap boshladi Voland bir oz sukutdan keyin, — rosa surobini to‘g‘rilashipti uni. Qani, 
ritsar, — deb buyurdi u Korovyovga, — bu odamga ichgani biron nima ber. 
Margarita titroq ovoz bilan yolborardi. 
— Ich, ichvor. Qo‘rqyapsanmi? Yo‘q, yo‘q, gapimga ishon, yordam qilishmoqchi senga. 
Bemor stakanni olib, undagi suyuqlikni ichib yubordi, lekin qo‘li qaltirab, stakan oyog‘i ostiga 
tushib, chil-chil sindi. 
— Yaxshilikka! Yaxshilikka! — deb pichirladi Korovyov Margaritaning qulog‘iga, — qarang, u 
o‘ziga kela boshladi. 
Darhaqiqat, bemorning nigohidagi yovvoyilik va bejolik yo‘qola boshlagan edi. 
Senmisan, Margo? — deb so‘radi oy yog‘dusida namoyon bo‘lgan mehmon. 
— Albatta, menman, — deb javob qildi Margarita. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling