Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
175 ping‘illadi Azazello. Shu payt mushukning darg‘azab pishqirgani eshitildi. Margarita esa: — Jodugarning tirnoqlarini tatib ko‘r! — deb chinqirganicha Aloiziy Mogarichning yuziga chang soldi. To‘s-to‘polon ko‘tarildi. — Nima qilyapsan? — iztirob bilan qichqirdi usta, — Margo, isnodga qo‘yma o‘zingni! — Men qarshiman, bu isnod emas, — deb baqirdi mushuk. Margaritani Korovyov ajratib oldi. — Men vanna o‘rnatganman, — deb chinqirardi afti-angori qonga bo‘yalgan Mogarich, tishlari takillab, keyin allaqanday bema’ni gaplarni javray boshladi, — bitta oqlashning o‘zi... keyin, kuporos... — Judayam yaxshi bo‘ptida vanna o‘rnatganing, — dedi Azazello ma’qullab. — U vanna olishi kerak, — so‘ng qichqirdi: — Daf bo‘l! Shunda Mogarichning oyog‘i osmondan keldiyu yotoqxonaning ochiq derazasidan uchib chiqib ketdi. Ko‘zlari baqrayib qolgan usta pichirlardi: — O, bunisi endi Ivan hikoya qilgan voqealardan ham g‘aroyibroq bo‘ldi-ku! — u tamomila hayratga kelib, atrofiga olazarak qararkan, nihoyat mushukka yuzlanib dedi: — Ma’zur tutasiz... sen... sizmidingiz... — u mushukni «sen»lashni ham, «siz»lashni ham bilolmay esankirab qoldi, — sizmidingiz tramvayga chiqqan o‘sha mushuk? — Men edim, — dedi mushuk mamnuniyat bilan va ilova qildi: — Mushuk zotiga shunday xushmuomalalik bilan murojaat qilishingiz qanday yaxshi. Odatda mushuklarni, negadir, «sen»lashadi, garchi dunyoda bironta ham mushuk hech bir kimsa bilan qiyomatli do‘st tutunmagan bo‘lsa ham. — Mening nazarimda siz mushukka unchalik o‘xshamayapsiz, — dedi usta ikkilanib, so‘ng Volandga o‘girilib qimtinibgina ilova qildi: — Baribir hali kasalxonada meni qidirib qolishadi. — Be, nega endi qidirishar ekan! — deb yupata boshladi Korovyov, shunda uning qo‘lida birdan qandaydir qog‘ozlar, daftarlar paydo bo‘ldi, — shu xastalik varaqasi siznikimi? — Ha. Korovyov qog‘ozlarni olov yonib turgan kaminga tashladi. — Hujjat yo‘q, demak, odam ham yo‘q, — dedi Korovyov mamnuniyat bilan, — bu — sizni ijaraga qo‘ygan odamning uy daftari bo‘lsa kerak. — Ha-a... — Kim qayd qilingan bu daftarga? Aloiziy Mogarichmi? — Korovyov uy daftarining sahifasiga pufladi, — vassalom, endi u yo‘q, keyin, shuni bilginki — bo‘lgan ham emas. Mabodo, uy sohibi sizni ko‘rib ajablangudek bo‘lsa, Aloiziy tushingizga kirgan, deb ayting unga. Mogarich? Qanaqa Mogarich? Hech qanaqa Mogarich bo‘lmagan. — Shu payt Korovyovning qo‘lidagi bog‘ichli uy daftari birdan g‘oyib bo‘ldi. — Mana endi u uy egasining stoli g‘aladonida yotipti. — Siz to‘g‘ri aytdingiz, — dedi Korovyovning bu qadar puxta ishlashidan hayratga kelgan usta, — baski hujjat yo‘q ekan, demak, odam ham yo‘q. Mana, aynan men yo‘qman, chunki menda hujjat yo‘q. — Meni kechirasiz, — deb chinqirib yubordi Korovyov, — qoraxayol 26 deganimiz xuddi mana shu bo‘ladi, mana sizning hujjatingiz, — shunday deb Korovyov ustaga hujjat uzatdi. So‘ng ko‘zlarini shiftga tikkancha Margaritaning qulog‘iga muloyim ohangda pichirladi: — Mana bu esa, sizning buyumlaringiz, Margarita Nikolaevna, — shunday deb u Margaritaga chetlari kuygan daftar, qovjiragan gul va fotografiya uzatdi, ayni paytda unga g‘oyat ehtiyotkorlik bilan omonat daftarcha ham berdi, — bu yerda o‘zingiz qo‘ygan o‘n ming so‘m, Margarita Nikolaevna. Bizga birovning haqi kerak emas. — Mening panjam shol bo‘lsa bo‘ladi, ammo birovning narsasiga aslo tegmayman, — dedi mushuk kekkaygancha va badbaxt romanning hamma nusxasini bosib toy qilmoqchi bo‘lganday, chamadon 26 Qoraxayol — yo‘q narsaning ko‘zga ko‘rinishi, gallyutsinatsiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling