Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
176 ustida raqs tusha boshladi. — Mana, sizning ham hujjatingiz, — deb gapida davom etdi Korovyov Margaritaga hujjat uzatarkan, so‘ng Volandga murojaat qilib, ehtirom bilan dedi: — Mana, bo‘ldi, messir! — Yo‘q, hali bo‘lgani yo‘q, — dedi Voland globusdan yuz o‘girib. — Mulozimlaringizni nima qilaylik, mening qimmatli donnam? Shaxsan menga ularning keragi yo‘q. Shu chog‘ ochiq turgan eshikdan o‘sha-o‘sha yalang‘och holicha Natasha otilib kirdi, qo‘llarini bir- biriga urgancha Margaritaga chinqirib dedi: — Voy, baxtli bo‘ling, Margarita Nikolaevna! — U bosh irg‘ab usta bilan salomlashdi, so‘ng yana Margaritaga yuzlandi: — Men bilardim qayoqqa qatnaganingizni. — Uy xodimlari hamma narsani bilishadi, — dedi mushuk panjasini ma’noli tarzda yuqori ko‘tarib, — ular hech nima ko‘rmaydilar deyish — xato. — Nima istaysan, Natashaa? — deb so‘radi Margarita, — uyga qayt. — O‘rgilib ketay sizdan, Margarita Nikolaevna, — dedi Natasha tiz cho‘kib yolborarkan, — ulardan iltimos qiling, — u ko‘z qiri bilan Volandga ishora qildi, — meni o‘zlarida jodugar qilib olib qolishsin. O‘sha uyga qaytib borishni istamayman sira! Injenerga ham, texnikka ham tegmayman! Kecha bal paytida janob Jak menga muhabbat izhor qiddi. — Natasha kaftini yoyib, allaqanday oltin tangalarni ko‘rsatdi. Margarita, siz nima deysiz, degandek Volandga qaradi. U bosh irg‘atib qo‘ydi. Shunda Natasha Margaritaning bo‘yniga osilib, uni cho‘lpillatib o‘pdi-da, tantanavor chinqirgancha, derazadan uchib chiqib ketdi. Endi Natashaning o‘rnida Nikolay Ivanovich paydo bo‘ldi. U yana o‘zining odamiylik qiyofasiga kirgan, lekin nihoyatda g‘amgin, hatto darg‘azab desa ham bo‘lardi. — Mana bu nusxani mamnuniyat bilan qo‘yib yuboraman, — dedi Voland Nikolay Ivanovichga nafratlanib qararkan, — benihoya zo‘r mamnuniyat bilan, zero bu yerda u mutlaqo ortiqcha. — Menga guvohnoma berishlaringni o‘tinib so‘rayman, — tilga kirdi Nikolay Ivanovich atrofga qo‘rqa-pisa boqarkan, lekin bu gapini juda o‘jarlik bilan gapirdi, — bu kechani qaerda o‘tkazganim haqida. — Nima qilasiz uni? — keskin ohangda so‘radi mushuk. — Militsiyaga va xotinimga ko‘rsataman, — deb shaxt gapirdi Nikolay Ivanovich. — Biz odatda guvohnoma bermaymiz, — deb javob qildi mushuk manglayini tirishtirib, — lekin siz uchun, mayli, istisno qilamiz. Nikolay Ivanovich ko‘z ochib-yumishga ham ulgurmay, Gella yozuv mashinkasi yoniga o‘tirib, mushuk aytgan gaplarni yoza boshladi. — Guvohlik beramankim, ushbuni ko‘rsatuvchi Nikolay Ivanovich mazkur tunni shayton uyushtirgan balda o‘tkazdi, u balga odam tashuvchi vosita... qo‘shtirnoq och, Gella! Qo‘shtirnoq ichida yoz — «to‘ng‘iz» sifatida jalb etilgan edi. Imzo — Begemot. — Chislochi? — deb chiyilladi Nikolay Ivanovich. — Biz chislo qo‘ymaymiz, chislo qo‘yilgan hujjat kuchini yo‘qotadi, — dedi mushuk qog‘ozga imzo chekarkan, so‘ng qaerdandir muhr olib, qoidasini keltirib, unga huhladi-da, qog‘ozga «to‘langan» degan so‘zni bosib, uni Nikolay Ivanovichga tutqazdi. Shundan keyin Nikolay Ivanovich benomu nishon g‘oyib bo‘ldi, ammo uning o‘rnida kutilmagan yangi odam paydo bo‘ldi. — Bu yana kim bo‘ldi? — ijirg‘anib so‘radi Voland, sham yorug‘idan yuzini kafti bilan to‘sarkan. Varenuxa (bu o‘shaydi) boshini egib xo‘rsinib qo‘ydi va eshitilar-eshitilmas dedi: — Qo‘yib yuboringlar. Men qon so‘ruvchi ko‘rshapalak bo‘lolmayman. O‘shanda Gellaning yordamida Rimskiyni o‘ldirib qo‘yishimga sal qoluvdi. Lekin men qonxo‘r emasman. Qo‘yvoringlar meni. — Nima deb javrayapti uzi? — aftini bujmaytirib so‘radi Voland. — Yana qanaqa Rimskiy? Nima balo, alahlayaptimi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling