Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
168 yegan qoshig‘ini yalarkan. — Men bir narsaga tushunmayapman, — dedi Margarita ko‘zlarida billur qandilning zarrin uchqunlari o‘ynab, — nahotki bu yerda bo‘lgan muzikayu balning barcha gumbur-gumburi tashqariga eshitilmagan bo‘lsa? — Ha, eshitilmadi, qirolicha, — deb izohladi Korovyov, — o‘zi bunaqa balni eshitilmaydigan qilib o‘tkazish lozim. Ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rish kerak bo‘ladi. — Ha-da, ha-da... Aks holda bilasizmi, zinada turgan anavi odam... Boya Azazello bilan uning yonidan o‘tib ketdik-ku... o‘sha... Keyin eshik oldida turgan odam ham... Menimcha, u sizning kvartirangizni kuzatib turgan edi... — To‘g‘ri, to‘g‘ri! — deb qichqirdi Korovyov, — to‘g‘ri, qimmatli Margarita Nikolaevna! Siz mening gumonimni tasdiqlayapsiz. Ha, u kvartirani kuzatib turgan edi. O‘zim ham uni avvaliga bironta parishonxotir privat — dotsent yo ma’shuqasini intizor bo‘lib kutayotgan oshiq bo‘lsa kerak deb o‘ylagan edim, yo‘q, unday emas ekan! Ko‘rdimu ko‘nglim g‘ash bo‘la boshladi! Ah! Rostdanam, u kvartirani kuzatayotgan edi! Eshik oldida turgani ham! Yana bostirma tagida turgani ham! — Qiziq, sizlarni hibsga olgani kelisharmikin-a? — deb so‘radi Margarita. — Albatta kelishadi, latofatli qirolicha, albatta! — deb javob qildi Korovyov. — Ko‘nglim sezib turipti — kelishadi, lekin hozir emas, kezi kelganda, albatta, kelishadi. Ammo qiziqarli hech nima bo‘lmaydi menimcha. — Voy, biram hayajonlanib ketdimki, anavi baron yiqilib tushganida, — dedi Margarita, chamasi, u o‘z umrida birinchi marta ko‘rgan qotillikdan hamon o‘ziga kela olmayotgan edi. — Siz mo‘ljalga yaxshi tekkizsangiz kerak-a? — Binoyiday, — deb javob qildi Azazello. — Necha qadamdan? — deb Margarita sal mujmalroq savol berdi Azazelloga. — Hamma gap nimani mo‘ljalga olishda, — deb jo‘yali javob qiddi Azazello, — masalan, tanqidchi Latunskiyning derazasiga bolg‘a urish boshqayu uning yuragini mo‘ljalga olish butunlay boshqa. — Yuragini! — dedi Margarita, negadir o‘z yuragiga qo‘lini qo‘yib, — yuragini! — deb takrorladi u hirqiroq ovoz bilan. — Kim ekan o‘sha tanqidchi Latunskiy? — deb so‘radi Voland Margaritaga ko‘zini suzib qararkan. Azazello, Korovyov va Begemot istihola qilgandek yerga qaradilar, Margarita esa javob berarkan cho‘g‘dek qizarib ketdi: — Shunaqa bir tanqidchi bor. Bugun kechqurun men uning butun kvartirasini dabdala qilib tashladim. — Ana xolos! Nega endi? — U, messir, — deb tushuntira boshladi Margarita, — bir ustaning umriga zomin bo‘ldi. — Nima qilardingiz o‘zingiz urinib? — dedi Voland. — Menga ruxsat eting, messir, — deb sho‘x ohangda chinqirib yubordi mushuk, «dik» etib o‘rnidan turarkan. — E, o‘tirsang-chi, — deb to‘ng‘illadi Azazello o‘rnidan turarkan, — o‘zim hozir borib kelaman... — Yo‘q! — dedi Margarita, — yo‘q, o‘tinaman, messir, keragi yo‘q buning. — Ixtiyoringiz, ixtiyoringiz, -— dedn Voland, Azazello yana o‘z o‘rniga o‘tirdi. — Xo‘sh, biz nimaga kelib to‘xtagan edik, bebaho qirolicha Margo? — dedi Korovev, — e, ha, yurak. Yurakka anavi tekkizadi. — Korovyoz uzun barmog‘ini Azazello tomonga cho‘zib ko‘rsatdi, — buyurtma bo‘yicha yurakning xohlagan bo‘lmasiga yoki uning istagan qorinchasiga tekkizishi mumkin. Margarita avvaliga tushunmadi, tushungach, hayron bo‘lib dedi: — Axir o‘sha qorinchalar yopiq-ku! — Azizam, — dedi Korovyov xirqi ovoz bilan, — qizig‘iyam shunda-da! Ochiq narsaga hamma |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling