Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
ko‘rdi. 
— Tamom, — dedi jilmayib Voland, — gunoh qilishga ham ulgurmadi. Abadonnaning ishi 
hamisha puxta. 
— Men o‘sha Abadonnaga qarshi bo‘lgan tomonda bo‘lishni istamasdim, — dedi Margarita. — 
Kim tomonda o‘zi u? 
— Siz bilan uzoqroq suhbatlashganim sari, — nazokat bilan dedi Voland, — g‘oyat oqila 
ekanligingizga ko‘proq ishonch hosil qilyapman. Siz xotirjam bo‘ling. Abadonna mutlaqo xolis ish 
ko‘radi va kurashayotgan ikkala tarafga ham birday xayrixoxdir. Shunga ko‘ra, ikkala taraf kurashining 
oqibati bir xil bo‘ladi doim. Abadonna, — deb Voland ohista chaqirdi, shu zahotiyoq qora ko‘zoynak 
taqqan qandaydir ozg‘in odam devor ichidan chiqib keldi. Uning ko‘zoynagi Margaritaga shu qadar 
kuchli ta’sir qildi-ki, u ohista chinqirib yuborib, yuzini Volandning oyog‘iga bosdi. — Bas qiling, — 
deb o‘shqirdi Voland, — muncha asabiy bo‘lib ketishgan-a bu zamonning odamlari. — U 
Margaritaning yelkasiga «shap» etib shapaloq urgan edi, uning butun vujudi jaranglab ketdi. — 
Ko‘ryapsiz-ku, u ko‘zoynaqda. Bundan tashqari, Abadonna hech qachon biron kimsaning huzurida 
bemavrid paydo bo‘lgan emas, bo‘lmaydi ham. Undan keyin, bu yerda men borman. Siz esa, mening 
mehmonimsiz! Shunchaki uni sizga ko‘rsatmoqchi edim, xolos. 
Abadonna qimir etmay turardi. 
— Bir lahzaga ko‘zoynagini olsa bo‘ladimi? — deb so‘radi Margarita Volandning pinjiga kirib
endi qo‘rquvdan emas, sinchkovlikdan qalt-qalt titrarkan. 
— Bu endi mumkin emas, — jiddiy ohangda dedi Voland va bir qo‘l siltagan edi Abadonnaning 
qorasi o‘chdi. — Menga bir nima demoqchimisan, Azazello? 
— Messir, — deb javob qildi Azazello, — gapirishga ruxsat eting. Bizda ikkita begona bor: hiqil-
lab, o‘z sohibasi huzurida qoldirishni iltijo qilayotgan sohibjamol qiz bilan uning ixtiyoridagi, ma’zur 
ko‘rasiz, to‘ng‘iz. 
— Sohibjamollar o‘zlarini juda antiqa tutadilar-da, — dsdi Voland. 
U Natasha, — deb yubordi Margarita. 
— Mayli, sohibasi qoshida qoldiringlar. To‘ng‘izni esa oshpazlarga jo‘nating! 
— Uni so‘yishadimi? — chinqirib yubordi qo‘rqib ketgan Margarita, — shafqat qiling, messir, u 
pastki qavatda yashovchi Nikolay Ivanovich. Anglashilmovchilik sodir bo‘lgan. Natasha bexosdan 
unga ham yog‘upa surib qo‘yipti... 
Afv etasiz, — dedi Voland, — kim so‘yar ekan o‘sha dahmazani? Vaqtincha oshpazlar bilan 
o‘tirib tursin, vassalom! Axir uni bal bo‘layotgan zalga kirita olmayman-ku! 
— Ha-da... — deb ilova qildi Azazello va davom etdi: — Hademay yarim kecha bo‘ladi, messir. 
— A, juda soz, — deb Voland endi Margaritaga yuzlandi: — Xullas, marhamat qilsinlar! Oldindan 
minnatdorchilik bildiraman sizga. O‘zingizni yo‘qotmang, hech nimadan qo‘rqmang. Suvdan boshqa 
hech nima ichmang, bo‘lmasa lohas bo‘lib, qiynalib qolasiz. Vaqt bo‘ldi! 
Margarita o‘rnidan turdi, shu payt eshik oldida Korovyov paydo bo‘ldi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling