Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
155 qil quruq safsatabozlikni. — Men o‘tiraman, — deb javob qildi mushuk o‘tirarkan, — lekin oxirgi fikringizga e’tiroz bildiraman. Kaminaning nutqlari, siz bu xonim oldida meni kamsitib aytganingizdek, safsata emas aslo, balki aniq sillogizmlar majmuasidirki, Sekst Empirik Martsian Kapella va hattoki Aristoteldek donishmandlar ham ularni yuksak baholagan bo‘lardilar. — Shoh! — dedi Voland. — Mayli, mayli, — dedi mushuk va shaxmat taxtasiga durbin orqali qaray boshladi. — Shunday qilib, — deb yuzlandi Voland Margaritaga, — tanishing, donna, mening mulozimlarim bilan. Manavi jinnilik qilayotgan mushukning ismi — Begemot. Azazello va Korovyov bilan tanishib olgansiz, endi, marhamat, xodimam Gella bilan tanishing. Ishga chechan, farosatli, qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q. Go‘zal Gella kaftlab malham olib, sohibining tizzasiga surishdan to‘xtamagan holda, ko‘k ko‘zlarini Margaritaga tikib jilmaydi. — Ana, bo‘ldi, — deb tanishtirishni yakunladi Voland va Gella tizzasini qattiqroq ezganidan afti burishib ketdi, — jamoamiz, ko‘rib turibsizki, ozchilik, qurama va odmi. — U jim qolib, o‘z oldida turgan globusni aylantira boshladi. Globus shu qadar zo‘r mahorat bilan ishlangan ediki, undagi moviy okeanlar mavjlanar, qutb esa haqiqiy muz va qor bilan burkangandek ko‘rinardi. Bu mahal shaxmat taxtasi ustida besaranjomlik boshlangan edi. Oq rido kiygan shoh o‘z katagida ko‘ngli g‘ash bo‘lib tipirchilarkan, mushkul ahvolga tushganidan qo‘llarini ko‘kka ko‘tarardi. Oyboltalar bilan qurollangan uchta oq piyoda oq ofitserga baqrayib qarab turardi, ofitser shamshirini o‘ynatib, piyodalarni olg‘a, ya’ni Volandning ot mingan ikki suvorisi turgan kataklar sari undardi. Shaxmat donalarining jonli ekanligi Margaritani nihoyatda qiziqtirib, hayratga soldi. Mushuk durbinini ko‘zidan olib, o‘z shohining orqasiga ohista turtib qo‘ydi. Shoh mushkul ahvolga tushganini sezib, yuzini qo‘llari bilan berkitdi. — Ishing chakki ko‘rinadi, azizim Begemot, — ohista dedi Korovyov zaharxanda bilan. — Vaziyat jiddiy, lekin umid yo‘q emas yutishdan, — dedi Begemot, — sirasini aytganda: men g‘alaba qilishimga qat’iy ishonaman. Faqat vaziyatni yaxshilab tahlil qilib ko‘rish kerak. Tahlilni u juda antiqa tarzda boshladi: o‘z shohiga allaqanday imo-ishoralar qilib ko‘z qisa boshladi. — Hech nima kor qilmayapti-ku, — dedi Korovyov. — Ie, voy! — deb qichqirib yubordi shunda Begemot, — to‘tilar uchib ketishibdi-yu — ogohlantirgan edim-a! Darhaqiqat, olisdan behisob qush qanotlarining patirlagani eshitildi. Korovyov bilan Azazello yugurib chiqib ketishdi. — E, jin ursin nayranglaringni! — deb g‘o‘ldiradi Voland o‘z globusidan ko‘z uzmay. Korovyov bilan Azazello chiqib ketishgan hamonoq Begemotning ko‘z qisishi avjga chiqdi. Nihoyat, oq shoh imo-ishoraning ma’nisiga tushundi-yu, yelkasidagi ridoni o‘zi turgan katakka yechib tashlab, shaxmat taxtasidan chopib chiqib ketdi. Ofitser esa uning o‘rniga o‘tib, shoh libosini o‘z yelkasiga tashlab oldi. Korovyov bilan Azazello qaytib kelishdi. — Yana aldabsanda bizni, — deb to‘ng‘illadi Azazello Begemotga o‘qrayib. — Qaydam, qulog‘imga chalinuvdi, — deb javob qildi mushuk. — Xo‘sh, tokaygacha kutaman? — dedi Voland, — shoh! — Eshitmabman, messir, — dedi mushuk, — shoh bo‘lishi mumkin emas. — Takror aytaman — shoh! — Messir, — dedi mushuk soxta vahima bilan, — siz juda charchagan ko‘rinasiz: shohga shoh yo‘q axir! — Shoh G ikki katagida turipti, — dedi Voland shaxmat taxtasiga qaramasdan. — Messir, kamina hayratdaman, — deya ingradi mushuk basharasini dahshatli bujmaytirib, — bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling