Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
Nusxasi ikkinchidan, demakki, birinchidan ham, olingan uchinchi odam uchinchi qavatdagi 
maydonchada navbatchilik qilardi. U tutuni achchiq papiros chekib o‘tirardi, shu bois Margarita uning 
yonidan o‘tayotganda yo‘talib yubordi. Kashanda xuddi bir nima chaqqandek o‘rindiqdan sapchib turib 
ketdi, sarosimada atrofiga alang-jalang qaray boshladi, zina panjarasi osha engashib pastga ko‘z 
tashladi. Bu mahal Margarita o‘z hamrohi bilan 50-kvartiraning eshigi oldiga yetib olgan edi. 
Qo‘ng‘iroq qilib o‘tirishmadi, Azazello o‘z kaliti bilan eshikni tovushsiz ochdi. 
Margaritani hayratga solgan birinchi narsa zulmat bo‘ldi. Dahliz xuddi yer qa’ri bilan zim-ziyo edi
shuning uchun Margarita qoqilib ketishdan qo‘rqib, beixtiyor Azazelloning plashidan mahkam ushlab 
oldi. Lekin shu payt juda olisda, yuqorida bir shamchiroqning milt-milt yonayotgani ko‘rindi, keyin u 
shu’la yaqinlashib kela boshladi. Azazello keta turib Margaritaning qo‘ltig‘idan cho‘tkani tortib oldi, 
cho‘tka shu zahoti zulmat qo‘ynida tovushsiz g‘oyib bo‘ldi. Endi ular qandaydir keng pillapoyalardan 
yuqoriga ko‘tarila boshladilar, Margaritaga bu pillapoyaning oxiri yo‘qdek tuyulardi. Moskvadagi 
oddiy bir kvartiraning dahliziga bu ko‘rinmas, ammo mavjudligi aniq his etib turilgan g‘ayrioddiy va 
hududsiz zinaning sig‘gani Margaritani hayratga solardi. Biroq shu payt zina tugab, Margarita o‘zini 
uning yuqori maydonchasida turganini sezdi. Boyagi chiroq shundoqqina Margaritaning yuzi oldiga 
yaqinlashib keldi-yu, u qo‘lida shamchiroq ushlab turgan qora va daroz bir odamning yuzini ko‘rdi. 
Shu keyingi kunlarda bu odamga ro‘para kelgan sho‘rpeshonalar hatto shu zo‘rg‘a miltillab 
yonayotgan shamchiroq yorug‘ida ham uni ganigan bo‘lardilar, albatta. Bu Korovyov, ya’ni Fagot edi. 
To‘g‘ri, hozir uning tashqi qiyofasi juda o‘zgargan edi. Allaqachon axlatga tashlab yuborish lozim 
bo‘lgan shishasi siniq pensne o‘rniga u endi monokl taqib olgan edi, ammo bu ham darz ketgan bo‘lib, 
shamchiroq shu’lasi shu shishada aks etardi. Bu sulloh mo‘ylabini gajak qilib buragan va moylagan 
edi, uning qoraligiga kelsak, egniga frak kiyganligidan shunaqa edi, xolos. Faqat ko‘kragigina oqarib 
ko‘rinardi. 
Bu sehrgar, regent, jodugar, tarjimon — xullas, aslida kimligini shayton ham bilmaydigan 
Korovyov shamchiroq ushlagan qo‘lini keng yoyib Margaritaga ta’zim qildi va uni o‘zi bilan yurishga 
da’vat edi. Azazello g‘oyib bo‘ldi. 
«Odam hayron qoladigan oqshom, — deb o‘ylardi Margarita, — bunaqa bo‘lishini hech tasavvur 
qilmagan edim! Nima balo, elektrlari o‘chib qolganmi deyman? Lekin hammadan ham xonaning hajmi 
meni hayron qoddiryapti. Shu narsalarning hammasi qanday qilib Moskvaning oddiy kvartirasiga 
sig‘ishi mumkin? Bunga sira-sira aql bovar qilmaydi». 
Korovyovning qo‘lidagi shamchiroq juda xira yopayotgan bo‘lsa ham, Margarita o‘zining 
nihoyatda ulkan zalda, yana behisob mahobatli qora ustunlari ko‘z ilg‘amas yergacha tizilib ketgan 
zalda turganligini tushundi. Korovyov kichkina bir divan oldida to‘xtab, shamchiroqni shu yerdagi 
baland kursi ustiga qo‘ydi, imo bilan Margaritani o‘tirishga taklif qilib, o‘zi ham uning yoniga o‘tirdi 
va xuddi suratga tushayotgan odamday savlat bilan tirsagini kursiga qo‘ydi. 
— Ijozatingiz bilan sizga o‘zimni tanitsam, — dedi Korovyov beo‘xshov ovoz bilan, — 
Korovyovman. Chiroq yo‘qligidan hayron bo‘lyapsizmi? Iqtisod deb o‘ylagan bo‘lsangiz kerak? Yo‘-
yo‘-yo‘q, aslo. Agar shunaqa bo‘lsa, birinchi to‘qnash kelgan jallod, chunonchi, bugun, hali bir ozdan 
keyin sizning tizzangizni o‘pishga musharraf bo‘ladigan jallodlardan biri shu kursi ustida boshimni 
tanamdan judo qilsin. Sabab, messir xush ko‘rmaydilar elektr nurini, biz uni eng oxirgi damda 
yoqamiz. Ana unda, ishonchingiz komil bo‘lsin: hammayoq keragidan ortiq yoritilib yuboriladi. 
Korovyov Margaritaga yoqdi, shang‘i javrashi uning ko‘ngliga taskin berdi. 
— Yo‘q, — deb javob qildi Margarita, — mana shuncha narsaning (u qo‘lini cho‘zib, zalning 
bepoyonli-gini ifodaladi) oddiy bir kvartiraga qanday siqqani ko‘proq hayratga solyapti meni. 
Korovyov yoqimli jilva qilgan edi, burni atrofidagi soyalar qimirlab ketdi. 
— Bundan oson narsa yo‘q! — deb javob qildi u. — Beshinchi o‘lchov nazariyasidan boxabar 
bo‘lganlar uchun o‘z xonasini ko‘ngli tusagan hajmda kengaytirish xamirdan qil sug‘urishday gap. Ha, 
ha, muhtarama sohibam, aql bovar qilmaydigan darajada kengaytirish mumkin! Darvoqe, men, — deb 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling