Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
149 Shunda Margarita: — Yaxshi, so‘z beraman! — deb javob qildi. — Rahmat! — deb chinqirdi Natasha va birdan shiddatli va allaqanday mahzun ohangda baqirdi: — Hey! Hey! Tezroq! Tezroq! Qani bir shataloq ot-chi! — U to‘ng‘izning jon holatda yelib-yugurish oqibatida ich-ichiga botib ketgan biqiniga tovonlari bilan niqtagan edi, to‘ng‘iz yana havoni chok qilib yashinday olg‘a otildiki, bir lahza o‘tar-o‘tmas Natasha olisda qora bir nuqta bo‘lib ko‘rindi, keyin esa mutlaqo ko‘zdan g‘oyib bo‘lib, sharpasi ham o‘chdi. Margarita huvillagan, notanish joylarda, tepaliklar uzra boyagi-boyagicha asta-sekin uchib borardi: bu tepaliklarda o‘sgan siyrak azim qarag‘aylar orasida u yer-bu yerda xarsangtoshlar yotardi. Margarita uchib borarkan, hozir Moskvadan juda ham olislab ketgan bo‘lsam kerak, deb o‘ylardi. U mingan cho‘tka endi qarag‘aylar ustidan emas, balki bir tomoni oy shu’lasidan kumush rangda tovlanayotgan daraxtlar orasidan uchib borardi. Uning yengil soyasi yerda, o‘zidan ancha oldinda o‘rmalab borardi — endi oy Margaritaning yelkasiga yog‘du sochardi. U suv yaqinligini sezdi, demak manzil shu o‘rtada. Margarita qarag‘aylar orasidan uchib chiqib, bo‘rjar labiga ohista uchib keldi. Jarning oy shu’lasi tushmagan tubida daryo oqardi. Bu tikka jar etagida tuman butalar shoxiga ilinib turar, daryoning narigi sohili esa yassi va past edi. U yerda bir to‘p bo‘lib o‘sgan allaqanday sershox daraxtlar ostida yonayotgan gulxandan uchqunlar chatnar va qandaydir sharpalarning izg‘ib yurgani ko‘rinardi. Margaritaning qulog‘iga o‘sha yoqdan g‘ashga teguvchi allaqanday sho‘x muzika eshitilganday bo‘ldi. Undan narida — to ko‘z yetgungacha oyning kumush shu’lasiga g‘arq bo‘lgan tekis dashtda na biron kulba, na qilt etgan jonzod ko‘rinardi. Margarita jar yoqasidan pastga sakrab, zum o‘tmay o‘zini daryo bo‘yida ko‘rdi. Samoviy parvozdan so‘ng uning cho‘milgisi keldi. U cho‘tkani bir chetga otib yuborib, yugurib kelib suvga sho‘ng‘idi. Uning qushday yengil jismi mavjlarga misoli kamon o‘qiday botib, olamjahon suv ustunini deyarli oyga qadar sachratdi. Suv xuddi hammomdagidek iliq ekan, Margarita suv qa’ridan ko‘tarilib, daryoda hech zog‘ yo‘qligidan foydalanib, rosa miriqib suzdi... Margarita oxiri sohilga chiqdi. Uning badani cho‘milish oqibatida qizib ketgan edi. Endi u hech qanday charchoq sezmay, jiqqa ho‘l maysa ustida shodlikdan o‘yin tusha boshladi... Keyin u qattiq hushtak chalgan edi, oldiga cho‘gkasi uchib keldi, u cho‘tkaga minib olib, daryo ustidan narigi sohilga uchib o‘tdi. Bo‘r tog‘ining soyasi bu yerga yetmagan, shu bois butun sohil oy yog‘dusiga g‘arq bo‘lib yetardi. Margaritaning oyog‘i shudring ingan o‘tloqqa tegishi bilan sambittollar ostida chalinayotgan muzika balandroq yangradi va gulxan uchqunlari shoda-shoda bo‘lib yanada sho‘xroq chatnadi. Navdalariga nafis va momiq kuchalalar osilgan sambittollar ostida ikki qator tizilishib o‘girgan lunjdor baqalar xuddi rezinkadan yasalganday, goh shishib, goh puchayib, yog‘och surnaylarda sho‘x bir marshni chalardilar. Bu mashshoqlar qarshisida tol navdalariga osilgan yaltiroq cho‘kaklar notalarni yoritar, baqalarning basharalarida gulxanning sarosimali shu’lasi o‘ynardi. Marsh Margarita sha’niga chalinayotgan edi. U nihoyatda zo‘r tantana bilan kutib olindi. Daryo sathida davra qurib o‘ynayotgan tiaffof badan suv parilari o‘yinni to‘xtatib, suv o‘tlarini silkib Margaritapi qutlay boshladilar, shunda huvillagan nimyashil sohilda ularning ingrovchi saslari yangrab, aks-sadosi juda olislarga zshitildi. Yalang‘och alvastilar sambittol orqasidan yugurib chiqib, bir qatorga tizilishdi va saroy xonimlariga xos tavoze bilan tiz bukib ta’zim qila boshlashdi. Bitta takatuyoq jonzod yelib kelib, Margaritaning qo‘lidan o‘pdi, darhol yerga shohi poyondoz yozib, qirolicham cho‘milib yengil tortdilarmi, deb so‘radi va yonboshlab hordiq chiqarishni taklif qildi unga. Margarita ham taklifni qabul etdi. Shunda takatuyoq unga bir qadah shampan vinosi tutdi. Margarita vinoni ichib yuborgan edi, darhol ko‘ngli gulday yashnab ketdi. U Natashani surishtirgan edi, uning cho‘milib bo‘lib, o‘z to‘ng‘iziga mingancha yana Moskvaga uchib ketganini aytishdi: u tezroq borib, Margaritaning kelayotgani haqida darak berishi va uning uchun libos hozirlashda ko‘maklagaishi lozim ekan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling