Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
146 Tor ko‘chadan Dramadab uyi tomon xalq chopib kelardi, uy ichida esa gangib qolgan odamlar zina va yo‘lkalarda sababsiz, maqsadsiz zir yugurishardi. Kvantning uy xodimasi zinadan chopib tushayotgan odamlarga, uyimizni suv bosdi, deb baqirardi, bir lahzadan keyin unga, Kvantning tagida, 80-kvartirada turuvchi Xustovning uy xodimasi jo‘r bo‘ldi. Chunki Xustovlarning oshxonasi bilan hojatxonasi shiftidan ham sharillab chakka o‘ta boshlagan edi. Nihoyat, Kvantlar oshxonasida shiftning suvog‘i palaxsa bo‘lib ko‘chib tushib, stolga uyilgan yuviqsiz idishlarning hammasini chil-chil sindirdi, shundan keyin suvoq orasiga katak-katak qilib terilgan, jiqqa ho‘l taxta toqilar orasidan suv seldek sharillab oqa boshladi. Endi birinchi pod’ezd zinasidan odamlarning dod-faryodi eshitildi. Margarita to‘rtinchi qavatdagi so‘nggi ikki deraza oldidan uchib o‘ta turib, ichkariga qaradi va shosha- pisha protivogaz kiyayotgan bir odamni ko‘rdi. Margarita deraza oynasini urib sindirib, u odamni qo‘rqitib yubordi, u xonadan qochib chiqib ketdi. Shu chog‘ kutilmaganda shafqatsiz vayrongarlik taqqa to‘xtadi. Margarita uchinchi qavatga suzib tushib, nafis qora parda tutilgan eng chekka derazadan ichkariga mo‘raladi. Xonani qalpoqcha kiydirilgap bitta chiroq g‘ira-shira yoritib turardi. Ikki yoniga to‘r tutilgan kichkina bir karavotchada to‘rt yoshlar cha-masidagi bola shovqinga quloq solib qo‘rqib o‘tirardi. Xonada kattalardan hech kim yo‘q edi. Chamasi, hamma tashqariga yugurib chiqib ketgan bo‘lsa kerak. — Oyna sindirishyapti! — dedi bola va: — Oyi! — deb chaqirdi. Hech kim javob bermadi, shunda u: — Oyi, qo‘rqaman, — dedi. Margarita pardani chetga surib derazadan uchib kirdi. — Qo‘rqaman, — deb takrorladi bola va dag‘-dag‘ titray boshladi. — Qo‘rqma, hech qo‘rqma, oblakay, — dedi Margarita shamol tegib xirillab qolgan ovozini mayinroq qilishga urinib. — Oyna sindirgan sho‘x bolalar edi. — Rogatka otishdimi? — deb so‘radi bola qaltirashdan to‘xtab. — Ha, rogatka otishdi, rogatka, — deb tasdiqladi Margarita, — sen yotib uxla! — Sitnik otgan, — dedi bola, — o‘shanda rogatka bor. — Ha, to‘g‘ri, o‘sha otdi! Bola quvlik bilan bir chetga qaradi-da, so‘radi: — Siz qaerdasiz, xola? — Men yo‘qman, — deb javob qildi Margarita. — Tushingga kiryapman. — O‘zimam shunaqa deb o‘ylovdim, — dedi bola. — Sen yuzingni kaftingga qo‘yib yot, — deb buyurdi Margarita, — men sening tushingga kiraman. — Ha, mayli, tushimga kira qoling, — deb rozi bo‘ldi bola va shu zahoti yuzini kaftiga qo‘yib yotdi. — Senga ertak aytib beraman, — dedi Margarita va qaynoq qo‘lini bolaning sochi olingan boshiga qo‘ydi, — bor ekan, yo‘q ekan, dunyoda bir xola bor ekan. U befarzand, yana, umuman bebaxt ham ekan. Mana shu xola nuqul yig‘layverib-yig‘layverib, oxiri badjahl jodugarga aylanipti... — Margarita jim bo‘lib, qo‘lini bolaning boshidan oldi — u uxlab qolgan edi. Margarita bolg‘achani astagina deraza tokchasiga qo‘yib, o‘zi tashqariga uchib chiqdi. Uy oddi to‘s-to‘polon edi. Oyna siniqlariga ko‘milib ketgan asfalt yo‘lkada odamlar bir nimalarni baqirishib, zir yugurishardi. Ular orasida endi militsionerlar ham paydo bo‘lgan edi. Birdan qo‘ng‘iroq bong chaldi va ustida narvoni bor o‘t o‘chiruvchi qizil mashina Arbatdan tor ko‘chaga burilib kirib keldi. Bundan keyingi voqealar endi Margaritani qiziqtirmas edi. U bironta simga tegib ketmaslik uchun eng avval qay tomonga uchishini ko‘zlab oldi-da, cho‘tka dastasini mahkamroq siqqan edi, bir zumda bu mash’um uydan ancha balandlab ketdi. Tor ko‘cha uning poyida bir tomonga og‘ib, keyin butkul pastlikka tushib ketdi. Endi shu bitta ko‘cha o‘rnida Margaritaning oyog‘i ostida g‘ij-g‘ij tomlar paydo bo‘ldi — ularni har yer-har yeridan charog‘on yo‘llar chor burchak qilib kesib o‘tgan edi. Bularning bari to‘satdan bir tomonga suzib ketdi, chiroqlar zanjiri surkalib, bir-biriga qorishib ketdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling