Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
da, chehrasida shoirona o‘ychanlik kashf etdi. Oyoq tovushlari yana bir-ikki marta eshitilib, keyin 
birdan jim bo‘lib qoldi. Margarita yana bir oz oyga mahliyo bo‘lib o‘tirib, holatni bo‘rttirish uchun 
xo‘rsinib ham qo‘ydi-da, bog‘ tomonga o‘grilib, chindanam uyning pastki qavatida yashovchi Nikolay 
Ivanovichni ko‘rdi. Oy Nikolay Ivanovichni o‘z nuriga g‘arq qilgan edi. U skameykada o‘tirar, ammo 
bexosdan o‘tirib qolgani yaqqol ko‘rinib turardi. Pensnesi bir tomonga og‘ib ketipti, portfelini esa 
mahkam changallab olipti. 
— A, salom, Nikolay Ivanovich, — ma’yus ovoz bilan dedi Margarita, — xayrli oqshom! 
Majlisdan kelyapsizmi? 
Nikolay Ivanovich bu savolga churq etib ham javob qilmadi. 
— Men bo‘lsam, — deb davom etdi Margarita, gavdasini ko‘proq tashqariga chiqarishga urinib, — 
o‘zingiz ko‘ryapsiz, yolg‘izlikdan zerikib, nima qilarimni bilmay, oyga boqib, vals tinglab o‘tiribman. 
Margarita chap qo‘lini ko‘tarib chakkasiga tushgan soch tolasini to‘g‘riladi, so‘ng achchig‘lanib 
dedi: 
— Bu hurmatsizlik, Nikolay Ivanovich! Har qalay, men ayol kishiman-ku! Siz bilan 
gaplashayotgan odamga javob bermaslik — bu odobdan emas! 
Kul rang nimchasining hatto tugmachalarigacha oq-sariq, cho‘qqi-soqolidagi har bitta tukkacha oy 
nurida yaqqol ko‘rinib turgan Nikolay Ivanovich birdan xunuk tirjaydi, skameykadan turib, xijolatdan 
hushi og‘ib qoldi shekilli boshidan shlyapasini olib salomlashish o‘rniga, qo‘lida portfel bilan 
qulochini kerdi va oyoq o‘yiniga raqs tushmoqchi bo‘lgandek, tizzalarini bukdi. 
— Voy, muncha tund bo‘lmasangiz, Nikolay Ivanovich, — davom etdi Margarita, — umuman, 
hammanglar jonimga shu qadar tegdinglarki, buni ta’riflashga tilim lol, shuning uchun sizlar bilan 
vidolashayotganimdan benihoya shodman! E, jin ursin hammanglarni! 
Shu mahal Margaritaning orqasida — yotoqxonada telefon jiringladi. U derazadan sakrab tushib
Nikolay Ivanovichni ham unutib, trubkaga chang soldi. 
— Azazello gapiryapti, — degan ovoz eshitildi trubkadan. 
— Azizim Azazello! — dedi Margarita chinqirib. 
— Vaqt bo‘ldi! Uchib chiqavering, — dedi Azazello, Margaritaning samimiy, shodiyona 
kayfiyatidan mamnunligi uning ovozidan sezilib turardi. — Darvoza ustidan uchib o‘tayotganingizda: 
«Ko‘rinmayapman!» — deb qichqiring. Keyin ko‘nikib olish uchun bir oz shahar ustida uchib yuring-
da, so‘ng janub tomon uchib, shahardan chiqib keting, to‘g‘ri daryo bo‘yiga boring. Sizni u yerda 
kutishyapti! 
Margarita trubkani ildi, shu payt qo‘shni xonada qandaydir yog‘och buyum eshikka «taq-taq» urila 
boshladi. Margarita borib eshikni lang ochgan edi, pol artadigan cho‘tka raqs tushib kirib keldi. Uning 
cho‘tka tomoni balandda bo‘lib, dastasi bilan goh tepinar, goh o‘yin tusharkan, nuqul deraza tomon 
otilardi. Margarita sevinganidan chinqirib, cho‘tkaga minib oldi. Ana shundagina suvoriy ayol bu to‘s-
to‘polonda kiyinib olishni unutganini esladi. U «ot»ni karavot oldiga uchirib borib, qo‘liga birinchi 
bo‘lib ilingan havo rang ko‘ylakni oldi. Keyin uni xuddi bayroqdek hilpiratib, derazadan uchib chiqib 
ketdi. Vals sadosi endi bog‘ uzra balandroq yangray boshladi. 
Margarita derazadan pastga uchib tushib, skameykada o‘tirgan Nikolay Ivanovichni ko‘rdi. U 
toshdek qotib qolgan va yuqori qavatdagi yop-yorug‘ xonadan kelayotgan shovqin va taraq-turuqlarga 
quloq solib, esankirab qolgan edi. 
Yaxshi qoling, Nikolay Ivanovich! — deb qichqirdi Margarita uning qarshisida raqs tusharkan. 
U «voy» deb yuborib, skameyka ustida emaklarkan, portfelini yerga tushirib yubordi. 
— Alvido! Men butkul uchib ketyapman, — dedi Margarita vals sadosini bosib ketgudek chinqirib. 
Shu payt u qo‘lidagi ko‘ylakning hech keragi yo‘qligini anglab, xunuk xaxoladi-da, uni Nikolay 
Ivanovichning boshiga yopdi. Ko‘zi hech nima ko‘rmay qolgan Nikolay Ivanovich skameykadan 
g‘ishtin yo‘lkaga ag‘anab tushdi. 
Margarita o‘zi uzoq muddat iztirob chekib yashagan uyga so‘nggi marta nazar tashlapg uchun 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling