Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
141
Yeg‘upa uning nainki tashqi qiyofasini o‘zgartirdi. Endi uning butun vujudida, badanining har bir 
hujayrasida shodlik qulf urardiki, buni u butun a’zoi badanida xuddi uvishganda hosil bo‘ladigan 
jimirlash kabi his qildi. Margarita o‘zini hamma narsadan forig‘ bo‘lganday erkin his qildi. Bundan 
tashqari, u ertalab ko‘ngliga kelgan narsaning sodir bo‘lganligini, endi u bu xonadonni va sobiq 
turmush tarzini butkul tark etajagini juda aniq tushundi. Lekin mana shu sobiq turmush tarzini tark 
etish oldidan, uni yuqoriga, samoga da’vat etmoqchi bo‘lgan qandaydir yangi, g‘ayrioddiy quvvatga 
itoat etish arafasida faqat bitta, eng oxirgi burchni bajarishi shartligi ko‘ngliga keldi-yu, shu qip-
yalang‘och holicha havoga ucha-ucha erining kabinetiga otilib kirdi va chiroqni yoqib, yozuv stoli sari 
yugurdi. U bloknotdan bir varaq yirtib olib, unga qalam bilan yirik-yirik qilib bexato yozdi: 
«Meni kechir va tezroq unutib yuborishga harakat qil. Men seni mangu tark etmoqdaman. Qidirma 
meni, bundan foyda yo‘q. Men boshimga tushgan g‘am va musibatdan jodugarga aylandim. Men 
ketyapman. Alvido. Margarita». 
So‘ng u ruhi yengil tortib, yana yotoqxonaga uchib kirdi, uning orqasidan izma-iz olam-jahon 
buyumlarni ko‘garib Natasha yugurib kirdi. Kirdi-yu, qo‘lidagi buyumlar — ko‘ylak ilingan yog‘och 
kiyim osg‘ichu g‘ijim ro‘mollar, qolipga tortilgan ko‘k ipak tufliyu belbog‘ — hammasi yerga sochildi 
va hayron bo‘lganidan og‘zi lang ochilib qoldi. 
— Qalay, chiroylimanmi? — deb hirqiroq ovoz bilan qichqirdi Margarita Nikolaevna. 
— Voy, tavba-a! — deb pichirladi Natasha orqasiga tisarilib, — qanaqa qildingiz buni, Margarita 
Nikolaevna? 
— Bu — yog‘upa! Yog‘upa, yog‘upa, — dedi Margarita o‘zini ko‘zguga solib har tomonga 
aylanarkan, yaraqlab turgan oltin qutichaga ishora qildi. 
Natasha ko‘ylakning oyoq ostida g‘ijimlanib yotganiga ham parvo qilmay, toshoyna oldiga yugurib 
borib, quticha tagida qolgan yog‘upaga mahliyo bo‘lib tikilib qoldi. Uning lablari qimirlab bir 
nimalarni pichirlardi. So‘ng u Margaritaga o‘girilib, benihoya izzat-ehtirom bilan dedi: 
— Badaningizni qarang! Bu qanaqasi? Badaningizdan nur yog‘ilyapti-ya, Margarita Nikolaevna. — 
Shundan keyin u birdan hushini yig‘ib darrov yerda yotgan ko‘ylakni oldi-da, uning changini qoqa 
boshladi. 
— Tashlang uni! Tashlang! — deb chinqirdi Margarita. — Qurib ketsin hammasi, otib yuboring! 
Yo‘q, yaxshisi, o‘zingizga oling uni, mendan esdalik. Esdalik uchun oling deyapman. Shu xonada 
nima bo‘lsa, hammasini olavering. 
Hang-mang bo‘lib qolgan Natasha xuddi telba odamdek anchagacha Margaritadan ko‘z uzmay 
baqrayib qoddi, so‘ng uning bo‘yniga osilib, ustma-ust o‘parkan: 
— Siz atlassiz! Munavvarsiz! Atlasday tovlanyapsiz! Voy, qoshlaringizni qarang! 
— Opketing hamma latta-puttalarimni, atirlarimniyam olib sandig‘ingizga solib yashirib qo‘ying, 
— derdi Margarita, — lekin qimmat buyumlarga tegmang, sizni o‘g‘ri deb ayblashlari mumkin. 
Natasha qo‘liga tushgan ko‘ylagu tufli, paypog‘u ichki kiyimlarni hammasini yig‘ib bir bo‘g‘cha 
qildi-da, yotoqxonadan o‘qday otilib chiqib ketdi. 
Shu mahal tor ko‘chaning narigi tomonidagi qaysiyam bir ochiq derazadan mohirona ijro etilgan 
vals sadosi gumburladi va ayni paytda bir mashinaning darvoza oldiga kelib to‘xtagani eshitildi. 
— Hozir Azazello qo‘ng‘iroq qiladi! — dedi Margarita tor ko‘chada yangrayotgan valsga quloq 
solarkan, — u qo‘ng‘iroq qiladi! Ajnabiydan esa qo‘rqmasligim kerak. Ha, endi tushundim, u bexatar 
odam! 
Mashina g‘uvillab darvozadan uzoqlasha boshladi. Ko‘cha eshik «qars» etib yopiddi va hovlidagi 
yo‘lkadan oyoq tovushi eshitildi. 
«Bu Nikolay Ivanovich, oyoq olishidan bilaman, — deb o‘yladi Margarita, — vidolashuv oldidan 
bironta juda alomat, kulgili ish qilishim kerak». 
Margarita darpardani «shir» ettirib bir tomonga surdi-da, derazaga bir tizzasini quchoqlab 
yonlamasiga o‘tirdi. Oy shu’lasi uning o‘ng tomonini yoritdi. Margarita boshini ko‘tarib oyga tikildi-


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling