Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yigirma birinchi bob PARVOZ
www.ziyouz.com kutubxonasi
143 orqasiga o‘girildi, o‘girildiyu chiroqlar shu’lasidan lov-lov porlab turgan derazada Natashaning hayratdan burishgan yuzini ko‘rdi. — Alvido, Natasha! — deb qichqirdi u va cho‘tka boshini yuqori ko‘tardi, — ko‘rinmayapman, ko‘rinmayapman, — deb yana qattiqroq qichqirdi, so‘ng zarang daraxti novdalariga yuzini savalatib, uning shoxlari orasidan, keyin darvoza ustidan uchib o‘tib, ko‘chaga chikdi. Shunda jazava bilan chalingan vals sadosi uning orqasidan ergashdi. Yigirma birinchi bob PARVOZ Men ko‘rinmayapman, men erkin qushman! Men ko‘rinmayapman, men erkin qushman! Margarita o‘z ko‘chasi uzra uchib borib, uni kesib o‘tgan boshqa tor ko‘chaga chikdi. U kerosin va hasharotlarga qarshi suyuq dori bilan savdo qiluvchi, yerga cho‘kib qiyshayib qolgan neft do‘koni joylashgan bu yamoq-yasqoq, qing‘ir-qiyshiq uzun tor ko‘chadan ham bir zumda uchib o‘tdi va shundagina, garchi mutlaqo erkin va ko‘rinmas bo‘lsa ham, ehtiyot bo‘lish kerakligini fahmladi. U hoziroq muyulishdagi qiyshaygan fonus ustuniga urilib halok bo‘lishi mumkin edi, lekin cho‘tkani vaqtida to‘xtatib, bir o‘limdan qoldi. Margarita cho‘tkani mahkam changallab, ustunga chap berib o‘tdi va endi elektr simlari, trotuar uzra ko‘ndalang osilgan viveskalardan o‘zini ehtiyot qilib, sekinroq ucha boshladi. Uchinchi tor ko‘cha to‘g‘ri Arbatga olib chiqar edi. Margarita ham cho‘tkani boshqarishni endi puxta o‘rganib olgan edi, cho‘tka uning izmiga yurib, qo‘l va oyog‘ining xiyolgina harakatiga itoat etardi. Margaritaning o‘zi ham shahar uzra uchayotganda ehtiyot bo‘lish, ko‘pam bevoshlik qilmaslik kerakligini tushungan edi. Bundan tashqari, boya ko‘chaga uchib chiqqanidayoq odamlarga ko‘rinmayotganini fahmlagan edi. Hech kim boshini ko‘tarib osmonga qaramas, «voy, anavini qaranglar!» — deb qichqirmas, o‘zini panaga olib qochmas, dod solmas, hushidan ketmas, telbayona xaxolamas edi. Margarita taxminan ikkinchi qavat balandligida tovushsiz asta uchib borardi. Lekin shunda ham charog‘on Arbat ko‘chasiga chiqaverishda, xiyol yanglishib, qandaydir gardishsimon ko‘cha belgisiga kifti bilan urilib ketdi. Bu hol Margaritaning achchig‘ini chiqardi. U itoatkor cho‘tkani taqqa to‘xtatib, chetroqqa uchib bordi, so‘ng birdan o‘sha gardishga hamla qilib, cho‘tkaning uchi bilan uning oynasini chil-chil sindirdi. Oyna siniqlari pastga to‘kilib, odamlar o‘zlarini chetga olishdi, qaerdadir hushtak churilladi, ammo Margarita bu nokerak ishni bajarib bo‘lgach, qah-qah urib kuldi. «Arbatda juda ehtiyot bo‘lish kerak ekan, — deb o‘yladi u, — bu yerda hamma narsa shunaqayam ayqash-uyqash bo‘lib ketibdiki, pand yeb qolishim hech gapmas». U simlar orasidan sho‘ng‘ib uchib o‘tarkan, o‘z poyi ostida, pastda trolleybus, avtobus va yengil mashinalarning tomlarini ko‘rdi. Yo‘lkalarda esa yuqoridan qaragan Margarita xuddi kepkalar daryosi oqayotgandek tuyulardi. Bu daryolardan jilg‘alar ajralib chiqib, tungi magazinlarning olovli og‘ziga oqib kirardi. «Voy-bo‘, atala-ku! — deb o‘yladi Margarita achchig‘lanib, — qimir etishga imkoni yo‘q-a». U Arbatni kesib o‘tib, to‘rtinchi qavat balandligiga ko‘tarildi va muyulishdagi teatrning mash’aladek porlab turgan trubalari yonidan o‘tib, ikki tomonida baland-baland imoratlar qad ko‘targan juda tor bir ko‘chaga uchib kirdi. Bu yerdagi uylarning hamma derazalari lang ochiq bo‘lib, ularning hammasida radiodan muzika eshitilardi. Margaritaning sinchkovligi tutib, shu derazalardan biriga mo‘raladi. Oshxonaga ko‘zi tushdi. Plita ustida ikkita primus vag‘illab yonar, qo‘liga qoshiq ushlagan ikki ayol shang‘illab janjallashardi. — Hojatxonaga kirib chiqqandan keyin chiroqni o‘chirish kerak. Men sizga aytsam, Pelageya Petrovna, — dedi bug‘ chiqib turgan kastryul yonida turgan ayol, — bo‘lmasam, ariza berib, sizni ko‘chirtirib yuboramiz! — O‘zingizam qolishmaysiz, — deb javob qildi ikkinchi ayol. — Ikkovingiz ham bir-biringizdan qolishmaysiz, — dedi Margarita jarangdor ovoz bilan, deraza |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling