Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
156 katakda shoh yo‘q. — Nima deding? — dedi hayron bo‘lgan Voland va taxtaga tikilib qaradi. Shoh katagida turgan ofitser teskari o‘girilib, yuzini qo‘li bilan pana qilib olgan edi. — Obbo kasofat-e, — dedi o‘ychanlik bilan Voland. — Messir! Men yaia mantiqqa murojaat qilaman, — deb gap boshladi mushuk ikki panjasini ko‘ksiga qo‘ygancha, — agar raqib shohga shoh deb e’lon qilsa-yu, aslida shaxmat taxtasida shohning soyasi ham bo‘lmasa, bunday shoh — shoh hisoblanmaydi. — Taslim bo‘lasanmi yo yo‘qmi? — deb baqirdi Voland dag‘dag‘a qilib. — Ruxsat eting, o‘ylab ko‘ray, — yuvoshgina dedi mushuk, tirsaklarini stolga qo‘yib va panjalari bilan quloqlarini changallagancha o‘ylay boshaldi. U uzoq vaqt o‘ylab, nihoyat dedi: — Taslimman. — Bu o‘jar maxluqni o‘ldirsang ham oz, — dedi Azazello g‘ijinib. — Ha, taslim bo‘ldim, — dedi mushuk, — lekin aytib qo‘yay, faqat hasadgo‘ylar ta’qib qilgan muhitda o‘ynay olmasligim sababli taslim bo‘lyapman! — U o‘rnidan turdi. Shaxmat donalari o‘zlari qutiga borib tushishdi. — Gella, vaqt bo‘ldi, — dedi Voland, shunda Gella xonadan chiqib ketdi. — Aksiga yurib, bal bo‘ladigan kun oyog‘im og‘rib qolsa-ya, — deb gapida davom etdi Voland. — Ruxsat eting, men uqalay, — deb ohista iltimos qildi Margarita. Voland Margaritaga qattiq tikilib qaradi, so‘ng tizzasini unga tomon surdi. Lavadek qaynoq balchiq Margaritaning qo‘lini kuydirardi, ammo u aftipi burishtirmay, Volandning tizzasini og‘ritmaslikka urinib uqalayverdi. — Muqarriblarim buni bod deb aytishyapti, — derdi Voland ko‘zini Margaritadan olmay, — lekin mei qat’iy ishonch bilan aytamanki, tizzamning og‘rig‘i, bir ming besh yuz yetmish birinchi yilda Broken tog‘ida Shayton kafedrasida bitta ketvorgan alvasti xonim bilan yaqin muloqotda bo‘lganim asorati bo‘lishi kerak, menimcha. — O, aql bovar qilmaydi! — dedi Margarita. — Parvo qilmapg! Yana uch yuz yillardan keyin tuzalib ketadi. Menga ko‘p dori-darmon tavsiya qilishdi, lekin eski odatim bo‘yicha buvimning davolash vositalariga amal qilaman. Bag‘oyat antiqa giyohlarni meros: qilib qoldirib ketgan menga o‘sha kampirsho, ya’ni buvim. Darvoqe, sizning hech bir dardingiz yo‘qmi? Balki qalbingizni kemiruvchi biron hasrat, g‘ussa bordir sizda ham? — Yo‘q, messir, unday narsalar yo‘q menda, — deb javob berdi oqila Margarita, — endilikda, sizning huzuringizda esa o‘zimni judayam yaxshi his qilyapman. — Nazarimda, — dedi Voland birdan quvnoq ohangda, — sizni mening globusim qiziqtirayotganga o‘xshaydi. — O, rost, men hech qachon ko‘rmaganman bunday buyumni. — Ajoyib buyum. Ochig‘ini aytganda men so‘nggi axborotni radio orqali eshitishni yoqtirmayman. Odatda, axborotni qandaydir qizlar o‘qishadi, ular joylarning nomlarini aniq talaffuz qilishmaydi. Bundan tashqari, ularning har uchtadan biri yo duduq, yo tili chuchuk — ataylab shunaqalarni tanlashadimi, hayronman. Mening globusim ancha qulayroq, buning ustiga, men yuz berayotgan voqealarni aniq bilishim kerak. Mana, masalan, sohilini okean yuvib yotgan mana bu yerni ko‘ryapsizmi? Qarang, ana, u o‘t olyapti. U yerda urush boshlandi. Agar ko‘zingizni yaqinroq olib borsangiz, tafsilotlarini ham ko‘rasiz. Margarita globusga yaqinroq engashgan edi, kvadrat ichidagi yer tasviri kengayib, rapg-barang bo‘yoqlarga bo‘yaldi va bo‘rtma xaritaga o‘xshab ketdi. Shunda Margarita lentasimon daryoni ham, uning bo‘yiga joylashgan qandaydir bir qishloqni ham ko‘rdi. No‘xatdakkina bir uycha kattalashib gugurt qutisidek bo‘ldi. Birdan bu uyning tomi qop-qora tutun bilan birga osmonga ko‘tarildi, uning devorlari qulab tushdi, oqibat, ikki qavatli bu qutichadan hsch vaqo qolmadi — u qora tutun burqsab chiqayotgan bir to‘p axlatga aylangan edi. Margarita ko‘zini globusga yana ham yaqinroq olib borib, yerda yotgan kichkinagina bir ayolni va uning yonida qo‘llarini yoyib qonga botib yotgan go‘dakni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling