Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
154 U to‘shakda yotgan uzun qilichni oldi-da, karavot ostiga tiqib kavlarkan, dedi: — Bo‘ldi, chiq! O‘yin bekor qilinadi. Mehmon keldi. — Zinhor bekor qilmang, — deb suflyorga o‘xshab pichirladi Korovyov Margaritaning qulog‘iga. — Zinhor bekor qilmang... — deb gap boshladi Margarita. — Messir... — deb pichirladi yana Korovyov uning qulog‘iga. — Zinhor bekor qilmang, messir, — dedi o‘zini tutib olgan Margarita ohista, ammo aniq qilib, so‘ng jilmayib turib ilova qildi: — O‘yinni to‘xtatmasligingizni iltijo qilaman. O‘ylaymanki, shaxmat jurnallari shu partiyangizni chop qilgudek bo‘lsalar, durustgina gonorar to‘lagan bo‘lardilar sizga. Azazello uning gapini ma’qullab, ohista tomoq qirib qo‘ydi, Voland esa Margaritaga diqqat bilan tikilib turib, qo‘lini cho‘zdi va uni imlab o‘z yoniga chaqirdi. Margarita yalangoyoqlari ostida polni sezmay unga yaqin bordi. Voland o‘zining zidday og‘ir, ayni paytda cho‘g‘dek qaynoq qo‘lini Margaritaning yelkasiga qo‘yib, uni o‘ziga tortdi va yoniga, karavotga o‘tqazdi. — Baski, bizga bunday kamoli iltifot ko‘rsatayotgan ekansiz, — deb gapira boshladi u, — o‘zim ham shunday bo‘ladi deb o‘ylagan edim, unda biz takallufni yig‘ishtirib qo‘yamiz. — U yana karavot ostiga engashib qichqirdi: — Tokaygacha davom etadi bu karavot ostidagi maynavozchilik? Qani chiq, badbaxt masxaraboz! — Aspni topa olmayapman, — deb bo‘g‘iq soxta ovoz bilan javob qildi karavot ostidan mushuk, — qayoqqadir qochib ketipti, uning o‘rniga allaqanday qurbaqa qo‘limga ilindi. — Bu yer senga bozor emas — bas qil masxarabozlikni! — dedi Voland go‘yo achchig‘lanayotganday bo‘lib. — Karavot ostida hech qanaqa qurbaqa yo‘q edi! Bu uch pulga qimmat nayrangbozligingni Varete uchun asrab qo‘y. Agar hoziroq chiqmasang, seni yutqazdi deb hisoblaymiz, la’nati qochoq. — Taslim bo‘lish yo‘q, messir! — deb baqirib yubordi mushuk va shu zahoti panjasida asp donasini ushlagancha karavot ostidan chikdi. — Marhamat, tanishing... — deb gap boshladi Voland, ammo o‘z so‘zini bo‘lib dedi: — Yo‘q, ko‘rgani ko‘zim yo‘q bu taviyani, qarang, ne ko‘yga solib chiqipti o‘zini karavot tagidan. Bu asnoda boshdan-oyoq changa belangan mushuk orqa oyoqlarida turib, Margaritaga ta’zim bajo qilardi. Endi uning bo‘yniga frak bilan taqiladigan oq galstuk bog‘langan, ko‘kragiga ayollarning sadaf durbini osilgan edi. Bundan tashqari, mushukning mo‘ylovi zarrin rangga bo‘yalgan edi. — Axir bu nima qilganing? — dedi Voland, — nega endi mo‘ylavingni zarhallading? Keyin, galstukka balo bormi, egningda ishtoning bo‘lmagandan keyin? — Mushuk ishton kiymaydi, messir, — viqor bilan javob qildi mushuk, — hali yana menga etik kiygin deb ham aytarsiz? Etik kiygan mushuk faqat ertaklarda bo‘ladi, messir. Lekin biron-bir jonzodning balga galstuk taqmay kelganini ko‘rganmisiz? Men jamoa oldida sharmanda bo‘lishni ham, gardanimga mushtlab baldan quvib chiqarishlarini ham istamayman! Har kim baholi qudrat yasanadi. Bu gapimni durbinga ham daxldor deb hisoblayvering, messir! — Axir mo‘yloving-chi?... — Hayronman, — deb quruqqina e’tiroz bildirdi mushuk, — nega endi Azazello bilan Korovyov soqol-mo‘ylovlarini olishganidan keyin oq upa se-pishlari mumkin-u, xmen mo‘ylovimga oltin upa sepishim mumkin emas, bundan oq upaning nimasi afzal? Agarda men mo‘ylovimni ustarada qirsam edi, unda gap qilishinglar mumkin edi! Chunki mo‘ylovi qirilgan mushuk — chindanam g‘irt bema’nilik, buni ming karra e’tirof etishga ham tayyorman. Lekii, umuman olganda, — shu yerga kelganda mushukning xo‘rligi kelib, ovozi qaltirab ketdi, — ko‘rib turibman, menga tirg‘iladigan bo‘lib qolishdi, binobarin, oldimda, umuman men balda bo‘lishim kerakmi o‘zi, degan jiddiy masala turipti. Xo‘sh, siz bunga nima deysiz, messir? Shunday deb mushuk sal bo‘lmasa yorilib ketgudek shisha boshladi. — Voy, qallob-e, voy firibgar-e, — derdi Voland boshini sarak-sarak qilib, — har safar shu — yutqazayotganini sezsa, eng razil aldoqchiga o‘xshab, gapni chalg‘itishga tushadi. Qani, tez o‘tir-u, bas |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling