Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
158
aylanib ketdi. Keyin uni billur chorpoyaga yotqizishib, badanini allaqanday yirik-yirik yashil yaproqlar 
bilan to yaraqlaguncha ishqalashdi. Shu payt mushuk yugurib kirib, ko‘maklasha boshladi. U 
Margaritaning oyoq tomoniga chordana qurib o‘tirib olib, ko‘cha-ko‘ydagi etik moylovchilarga 
o‘xshab, uning tovonini ishqalay boshladi. Margarita och-pushti atirgul barglaridan kim unga tufli 
tikkanini ham, ularning oltin tasmalari qanday qilib o‘z-o‘zidan tugmalanib qolganini ham eslolmasdi. 
Qandaydir bir kuch Margaritani shaxt ko‘tarib, ko‘zgu ro‘parasiga qo‘ydi, shunda uning boshida 
shohona olmos toj yaraqlab ketdi. Shu payt qayoqdandir paydo bo‘lgan Korovyov Margaritaning 
bo‘yniga og‘ir zanjirga ilingan qora baroq itning cho‘zinchoq ramkadagi zalvar tasvirini osib qo‘ydi. 
Bu bezak qirolichaga nihoyatda malol keldi. Zanjir shu zahotiyoq uning bo‘ynini ishqalab 
qizartirvordi, zilday tasvir esa uning qadadshi bukardi. Biroq bu o‘ng‘aysizlik evazi-ga Margarita ba’zi 
bir imtiyozga musharraf bo‘ldi. Bu imtiyoz — Korovyov bilan Begemotning unga izzat-ehtiromi edi. 
— Hechqisi yo‘q, aslo aziyat chekmang! — deb g‘o‘ldirardi Korovyov hovuzchali xona eshigi 
oldida turib, — o‘zga iloj yo‘q, shu narsa kerak, kerak, kerak. Ijozatingiz bilan, qirolicha, sizga oxirgi 
maslahatim. Mehmonlar orasida turli toifadagi shaxslar bo‘ladi, o, juda-juda ko‘p ular, ammo hech 
kimga, qirolicha Margo, hech qanday imtiyoz berilmasligi kerak! Agar bordi-yu birontasi didingizga 
yoqmasa... aminmanki, siz buni o‘z chehrangizda ifoda etmaysiz, albatta... Yo‘q, yo‘q, bunday o‘ylash 
mumkin emas! U sezadi, o‘sha zahoti sezib qoladi. Unga mehr qo‘yish, sevish kerak, qirolicha. Buning 
evaziga bal bekasi yuz hissa ko‘proq mehrga sazovor bo‘lajak! Yana: hech kimni e’tiborsiz 
o‘tkazvormaysiz. Agar luqma tashlab gaplashishga vaqtingiz bo‘lmasa, yo‘q deganda, jilvali nigoh 
tashlaysiz yo salgina qiyo boqib qo‘yasiz. Nima qilsangiz qiling, ammo hech kimni e’tiborsiz 
qoldirmang. Ular shu e’tiborsizlikdan zavolga uchraydilar... 
Shundan keyin Margarita Korovyov bilan Begemot kuzatuvida zim-ziyo qorong‘ilikka qadam 
qo‘ydi. 
— Men, men, — deb pichirladi mushuk, — men signal beraman! 
— Mayli! — dedi Korovyov qorong‘ida. 
— Bal! — deb qattiq chiyilladi mushuk, shu zahoti Margarita chinqirib yuborib, ko‘zlarini bir 
necha lahzaga chirt yumib oldi. Chunki bal uning ko‘ziga charog‘on shu’la hamda har xil hidu 
tovushlar timsolida namoyon bo‘lgan edi. Korovyov qo‘ltiqlab olib ketayotgan Margarita o‘zini tropik 
o‘rmonda ko‘rdi. Qizilto‘sh , yashildum to‘tiqushlar lianalarga osilishar, ular ustidan sakrashar va: 
«Men g‘oyat mamnunman!» — deb shang‘illashardi. Lekin o‘rmon bir zumda tugab, hammomona 
dimlik bal zalining salqin havosi bilan almashdi. Bu zal ham o‘rmon singari huvillagan edi, faqat 
sarg‘ish yaltiroq toshlardan tiklangan ustunlar poyida boshlariga oppoq salla o‘ragan yarim-yalang‘och 
negrlar qimir etmay turardilar. Margarita o‘z mulozimlari bilan (ular safiga endi Azazello ham 
qo‘shilgan edi) zalga uchib kirganida negrlarning yuzlari hayajondan xira-qo‘ng‘ir rangga kirdi. Shu 
yerda Korovyov Margaritaning qo‘lini qo‘yib yuborib, qulog‘iga pichirladi: 
— To‘g‘ri lolazor tomon yuring! Margaritaning ro‘parasida uncha baland bo‘lmagan oq lolalar zich 
bo‘lib qad ko‘targan edi, ular ortida esa ustiga qalpoqcha o‘rnatilgan son-sanoqsiz chiroqlar, chiroqlar 
qarshisida qora frak kiygan odamlar ko‘rindi. Margarita bal muzikasining qaerda chalinayotganini 
shundagina tushundi... Yuz elliktacha odamdan iborat orkestr polonez kuyini chalardi. 
Orkestr oldidagi supachada turgan, frak kiygan odam Margaritani ko‘rib oqarib ketdi, bir amallab 
jilmaydi va birdan qo‘l siltab, butun orkestrni oyoqqa turg‘azdi. Orkestr bir zum ham chalishdan 
to‘xtamay, tik turgancha, Margarita boshidan muzika sadosini yog‘dira boshladi. Mis karnaylar ovozi 
orqasidan faryoddek eshitilgan skripkalar sasi uning boshidan, boya hovuzchada yuz berganidek, 
quyuq qon bo‘lib quyildi. Dirijyor orkestrga orqa o‘tirib, qo‘llarini keng yoygancha, ikki bukilib ta’zim 
qildi, shunda Margarita jilmayib turib, unga qo‘l silkitdi. 
— Yo‘q, bu oz, kam, — deb pichirladi Korovyov, — u kechasi bilan mijja qoqmay chiqadi. «Salom 
sizga, o valslar qiroli!» — deb qichqiring unga. 
Margarita shunday deb qichqirgan edi, ovozi xuddi qo‘ng‘iroq sadosidek butun orkestr ovozini 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling