Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
g‘ayritabiiy tarzda o‘tkazgani uni aslo bezovta qilmas edi. Margaritaning shaytonlar bazmida bo‘lgani 
ham, qandaydir mo‘‘jizaviy tarzda ustani qaytarib berishgani ham, quyib kul bo‘lgan romanning qayta 
paydo bo‘lgani ham, podvaddagi ikki xonalik kvartiradan badkirdor Aloiziy Mogarich quvilib, hamma 
narsa yana o‘z joyida qaror topgani ham uni aslo hayajonga solmagan edi. Xullas, Voland bilan 
tanishuv unga hech qanday ruhiy ziyon yetkazmadi. Hamma narsa xuddi risoladagidek bo‘ldi. 
Margarita narigi xonaga o‘tib, ustaning orombaxsh, mast uyquda yotganini ko‘rdi, bekorga yonib 
turgan stol ustidagi chiroqni o‘chirdi-da, qarama-qarshi devor tagidagi ustiga eski va yirtiq choyshab 
yozilgan divanchaga cho‘zildi. Bir daqiqadan keyin uxlab ketdi, ammo o‘sha kuni ertalab u hech 
qanday tush ko‘rmadi. Podvaldagi ikki xona sukutda, podval ustidagi mo‘jazgina uy ham sukutga 
tolgan, xilvat tor ko‘cha ham suv quygandek jimjit edi. 
Ammo bu mahal, ya’ni shanbaga o‘tar kuni tong pallasida Moskvadagi bir muassasa joylashgan 
binoning butun bir qavati bedor edi, uning asfalt yotqizilgan keng maydonga (maxsus mashinalar 
ohista yurib suv sepayotgan va supurayotgan maydonga) ochiladigan derazalarida chiroqlar endigina 
bosh ko‘tarib kelayotgan quyosh shu’lasi bilan bas boylamoqchi bo‘lganday charaqlab yonib turardi. 
Butun qavat Voland ishi yuzasidan boshlangan tergov bilan mashg‘ul va bu yerdagi o‘nta xonaning 
hammasida tuni bilan chiroq yonib chiqqan edi. 
Sirasini aytganda, faqat kecha, juma kuni, Varete teatrining ma’murlari g‘oyib bo‘lish oqibatida 
hamda undan bir kun oldin o‘tkazilgan jodugarlik seansi paytida yuz bergan har xil noma’qulchiliklar 
tufayli teatrni yopishga to‘g‘ri kelgandan keyingina masala oydinlashdi. Lekin gap shundaki, shundan 
keyin ham idoraning uyg‘oq qavatiga yangidan-yangi materiallar to‘xtovsiz kelib turdi. 
Tergov olib borayotganlar endilikda g‘irt maynavozchilikning (yana allaqanday sehrli fokuslar va 
mutlaqo oshkora jinoyatlar bilan omixta bo‘lgan maynavozchilik) hidi kelib turgan bu o‘ta g‘aroyib 
ishga Moskvaning turli tomonida yuz bergan turli xil, chalkash ishlarni bog‘lab, yagona hodisa sifatida 
ish ko‘rishlari lozim edi. 
Elektr chiroqlari bilan charog‘on bu uyg‘oq qavatga birinchi bo‘lib chaqirilgan odam akustika 
komissiyasining raisi Arkadiy Appollonovich Sempleyarov bo‘ldi. 
Uning Toshko‘prik yaqipidagi uyga joylashgan kvartirasida juma kuni tushlikdan keyin telefon 
jiringlab, bir erkak ovozi Arkadiy Appollonovichni so‘radi. Telefon trubkasini ko‘targan Arkadiy 
Lpollonovichping xotini ma’yus ohangda erining betob bo‘lib yotgani va telefonga kela olmasligini 
aytdi. Lekin shunga qaramay Arkadiy Apollonovich trubkani olishga ajbur bo‘ldi. Arkadiy 
Apollononichni kim, qaerdan so‘rayapti, deb berilgan savolga telefonda juda qisqa javob qilishdi. 
— Mana, hozir... bir zumgina... bir daqiqa sabr qiling... — deb g‘o‘ldiradi akustika komissiyasi 
raisining odatda o‘ta takabbur xotini va Arkadiy Apollonovichni o‘rnidan turg‘azish uchun 
yotoqxonaga o‘qday otilib kirdi: Sempleyarov kecha teatrda berilgan  seans va seansdan so‘ng uyida 
kechasi boshlangan mash-mashadan (bu mashmasha bahonasi bilan saratovlik qiz-jiyani kvartiradan 
haydab chiqarildi) ichini it tirnab, iztirob chekib yotardi. 
To‘g‘ri, bir zumda ham emas, lekin bir daqiqada ham emas, balki chorak daqiqa deganda Arkadiy 
Apollononich ichki ko‘ylak-ishtonda, chap oyog‘ida bir poy tufli oilan telefon oddida paydo bo‘lgan 
va: 
— Ha, bu men... eshitaman, xo‘p bo‘ladi... — deb g‘o‘ldiray boshlagan edi. 
Bu mahal uning umr yo‘ldoshi, sho‘rlik Arkadiy Apollonovichnipg oshkor bo‘lgan jirkanch 
bevafoligini ham unutib yuborib, dahlizga ochiladigan eshikdan qo‘rqa-pisa mo‘ralarkan, erining bir 
poy tuflisini havoda silkigancha: 
— Tuflingni kiyib ol, tuflingni... Oyog‘ingdan zax o‘tadi, — deb pichirlardi, bunga javoban 
Arkadiy Aiollonovich yalangoyog‘i bilan shattalab xotinini haydar, unga o‘qrayib qo‘yarkan, trubkaga 
g‘o‘ldirab derdi: 
— Ha, ha, ha, bo‘lmasam-chi, tushunaman... Hozir yetib boraman. 
Arkadiy Apollonovich bugun oqshomni tergov borayotgan qavatda o‘tkazdi. Suhbat nihoyatda 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling