Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
204 solmay qo‘ygan edi. — Ayting-chi, Ivan Nikolaevich, Berlioz tramvay tagiga yiqilib tushganida siz turniketdai uzoqdami-dingiz ? Ivan negadir beparvolik bilan sezilar-sezilmas jilmayib qo‘ydi-da, javob qildi: — Men uzoqda edim. — Anavi katak kamzul kiygan turniket oldida turganmidi? — Yo‘q, u sal nariroqdagi skameykada o‘tirgan edi. — Berlioz yiqilib tushganida uning turniket oldiga bormaganini aniq eslaysizmi? — Eslayman. Borgani yo‘q. U yastanib o‘tirgan edi. Tergovchi boshqa savol bermadi. U Ivanushka bilan qo‘l berib xayrlasharkan, tezroq tuzalib keting, dedi va tez kunlarda uning yangi she’rlarini o‘qishiga umid bildirdi. — Yo‘q, — ohista javob qildi Ivan, — men endi hech qachon she’r yozmayman. Tergovchi muloyim jilmayib qo‘yib dedi: — Hozir siz bir oz ruhan siqilgansiz, lekin aminmanki, bu hol hademay o‘tib ketadi. — Yo‘q, — dedi Ivan tergovchiga emas, so‘nib borayotgan olis ufqqa tikilib, — bu hol endi hech qachon tugamaydi. Men yozgan she’rlar — yomon she’rlar, buni men endi tushundim. Tergovchi g‘oyat muhim dalillar olib jo‘nab ketdi. Yuz bergan voqealar tizmasining oxiridan boshiga qarab birma-bir tekshirish natijasida, nihoyat hodisalarning sarchashmasi topildi. Bu hodisalarning hammasi Patriarx ko‘lida yuz bergan qotillikdan boshlanganiga endi shubha qolmagan edi. To‘g‘ri, Ivanushka ham, anavi katak kamzulli ham MASSOLITning baxtiqaro raisini tramvay tagiga itarib yubormagan, xullas, hech kim uning tramvay ostiga dumalab tushishida jismoniy hissa qo‘shmagan edi. Lekin tergovchi, Berlioz gipnoz qilingan bo‘lgani uchun o‘zini tramvay tagiga tashlagan (yoki yiqilib tushgan) deb qat’iy ishonardi. Ha, material yetarli darajada edi, endi kimlarni qaerdan tutish kerakligi ham ma’lum edi. Biroq hamma balo shundaki, aybdorlarni hech tutib bo‘lmayotgan edi. O‘sha xudo qarg‘agan 50-kvartirada, shubhasiz, kimlardir bor edi. Ba’zi-ba’zida telefon qo‘ng‘irog‘iga u kvartiradan kimdir g‘ijirlovchi manqa ovoz bilan javob qilardi, ahyon-ahyonda kvartiraning derazalari ochilib qolar, hattoki, u yerdan patefon ovozi ham eshitilardi. Lekin har gal tekshirgani borishganda, u kvartirada zog‘ni ham uchrata olmasdilar. Holbuki, u yerga bir emas, bir necha marta, kunduzi ham, kechasi ham borib ko‘rishgan edi. Buning ustiga, kvartira ichida to‘r ko‘tarib yurishib, uning burchak-burchaklarini ham sinchiklab tekshirishdi. Bu kvartira o‘zi ko‘pdan shubha ostiga olingan edi. Shu bois nainki darvozaxona va hovli orqali unga kiradigan yo‘lni, shuningdek, orqa eshikni ham qo‘riqlay boshlashdi, bundan tashqari, tomdagi mo‘rkon og‘ziga ham soqchi qo‘yildi. Ha, 50-kvartira beboshlik qilar, ammo uning tanobini tortib qo‘yishning hech iloji bo‘lmayotgan edi. Vaziyat hech o‘zgarishsiz, shunday qolaverdi, nihoyat, jumadan shanbaga o‘tar kechasi qoq yarim tunda egniga bazm libosi, oyog‘iga loklangan tufli kiygan baron Maygel 50-kvartiraga tantanali vaziyatda mehmon bo‘lib keldi. Eshikni ochib, baronni kvartiraga kiritishgani eshitildi. Shu voqeadan so‘ng rosa o‘n daqiqa o‘tgach, hech qanday qo‘ng‘iroq qilmay, kvartiraga bostirib kirishdi, ammo u yerda nainki uy sohiblarini uchratishdi, balki (bunisi endi aql bovar qilmaydigan hol edi) baron Maygelning arvohi ham qolmaganiga shohid bo‘lishdi. Shunday qilib, yuqorida aytganimizdek, vaziyat shanba kunning sahariga dovur hech o‘zgarishsiz qolaverdi. Bu paytga kelib, yangi va juda qiziqarli ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Moskva aerodromiga Qrimdan uchib kelgan olti o‘rinli passajir samolyoti qo‘ndi. Boshqa yo‘lovchilar qatori undan juda antiqa yo‘lovchi ham tushdi. Bu uch-to‘rt kundan beri yuziga suv tegmagan, soqol-mo‘ylovi o‘sib tikanak bo‘lgan, yallig‘langan ko‘zlari olazarak boquvchi, qo‘lida hech qanday yuki yo‘q va nihoyatda alomat kiyingan yigit edi. U boshiga papoq, egniga tungi ko‘ylagi ustidan charm chakmon, oyog‘iga ko‘k rangli, endigina sotib olingan yap-yangi shippak kiygan edi. Samolyot zinasidan tushib ikki qadam yurar-yurmas uni kutib olishdi va yana bir oz vaqtdan so‘ng Varetening butun Moskvaga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling