Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
Andrey Fokich og‘ir xo‘rsinib yuborib, ko‘zlarini «pir-pir» uchirdi va boshidan shlyapasini olib
dahlizga qadam qo‘ydi. Xuddi shu mahal dahlizdagi telefon jiringlab qoldi. Behayo xodima bir 
oyog‘ini stulga qo‘yib, trubkani olib dedi: 
— Allo! 
Bufetchi xijolatdan o‘zini qayoqqa urishni bilmay, yer tepinib turarkan: «Ana senga ajnabiylarning 
xodimasi! Voy maraz-e!» — deb o‘ylardi. Keyin u shu marazdan ko‘zini olib qochish uchun har 
tomonga alanglay boshladi. 
Bu kattakon, nimqorong‘i dahlizning hammayog‘ida g‘ayrioddiy buyumlar va liboslar qalashib 
ketgan edi. Chunonchi, stulning suyanchig‘ida alvonrang astarli motam plashi, ko‘zgu tagidagi 
stolchada esa yaraqlagan oltin banddi uzun shamshir yotardi. Yana kumush sopli uchta shamshir xuddi 
zontik yo hassa singari burchakka tirab qo‘yilgan edi. Devorga qoqilgan kiyik shoxiga esa burgut patli 
beretlar ilingan edi. 
— Eshitaman, — dedi xodima telefonga, — nima? Baron Maygel? Qulog‘im sizda. Ha! Janob artist 
bugun uydalar. Ha, bajonidil uchrashadi u siz bilan. Ha, mehmonlar... Yo frak, yo qora kamzul. Nima? 
Tungi soat o‘n ikkiga. — Xodima telefonda gaplashib bo‘lib, trubkani qo‘ydi, so‘ng bufetchiga 
yuzlandi: — Xo‘sh, xizmat? 
— Men grajdanin artistni ko‘rmoqchi edim. 
— Yo‘g‘-e? Albatta, shaxsan o‘zinimi? 
— Ha, — dedi ma’yus ohangda bufetchi. 
— So‘rab ko‘raman, — dedi xodima (chamasi, u taraddudda edi) va marhum Berlioz kabinetining 
eshigini qiya ochib dedi: — Ritsar, bu yerga jikkakkina bir odam kelib, messirni so‘rayapti. 
Kabinetdan Korovyovning hirqiroq ovozi eshitildi: 
— Mayli, kirsin. 
— Mehmonxonaga kiring, — deb eshikni ochdi behayo qiz xuddi odamlarga o‘xshab kiyingandek 
soddagina qilib, so‘ng o‘zi dahlizni tark etdi. 
Bufetchi taklif qilingan xonaga kirdiyu o‘zining nima ish bilan kelganini ham unutib qo‘ydi. Bu 
yerning jihozlarini ko‘rib u hang-mang bo‘lib qolgan edi. Ulkan derazalarga qo‘yilgan rang-barang 
oynalardan (dom-daraksiz g‘oyib bo‘lgan zargar bevasining orzu-havasi) xuddi cherkovlarda 
bo‘lganidek g‘ayritabiiy nur yog‘ilardi. Bahor payti, kunlar issiq bo‘lishiga qaramay, qadimiy 
mahobatli kaminda o‘tin lang‘illab yonib turardi. Ammo xona hech ham issiq emas, aksincha, bu yerga 
kirib kelgan bufetchiga «gup» etib yerto‘la zaxi ufurdi. Kamin oldiga yoyilgan yo‘lbars terisi ustida 
xirsday keladigan timqora mushuk ko‘zlarini halovatli suzgancha olovga tikilib o‘tirardi. Bu yerda 
shunday bir stol ham bor ediki, xudojo‘y bufetchining ko‘zi unga tushishi bilan butun vujudi seskanib 
ketdi: stol ustiga cherkov kimxobi yozilgandi. Mana shu kimxob dasturxon ustida mog‘or va chang 
bosgan qorindor shishalar qalashib ketgan edi. Shishalar orasida bitta lagan yaraqlab ko‘rindi, uning 
sof oltindan yasalgani bir qarashdayoq ma’lum edi. Kamin oldida kamariga pichoq qistirgan pak-
pakana malla odam uzun shamshirni six qilib, olovda kabob pishirar, go‘shtning seli olovga chak-chak 
tomar, tutun esa mo‘rkon orqali chiqib ketayotgan edi. Bu yerda nafaqat kabob hidi, shuningdek, 
allaqanday juda o‘tkir atir bilan ladan
17
 hidi ham bor ediki, Berliozning halok bo‘lgani haqida 
gazetadan o‘qigan va uning qaerda istiqomat qilganini bilgan bufetchining miyasida, tag‘in bu yerda 
Berliozga janoza o‘qishgan bo‘lsa-ya, degan fikr paydo bo‘ldi, ammo shu zahoti buni g‘irt bema’nilik 
deb bilib, ko‘nglidan faromush qiddi. 
Esankirab qolgan bufetchi kugilmaganda kimningdir do‘rillagan salmoqli ovozini eshitdi: 
— Xo‘sh, nima gapingiz bor edi menda? 
Shunda bufetchi o‘ziga kerak bo‘lgan odamni ko‘rdi. 
Jodugar hammayog‘iga yostiqlar yoyib tashlangan allaqanday judayam keng va pastak divanda 
                                                      
17
 Ladan — diniy marosimlarda, shuningdek janoza paytlarida tutatiladigan ayrim o‘simliklarning xushbo‘y moyi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling