Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
Savol xayrixohlik bilan berildi, lekin shunday bo‘lsa ham, uni qaltis emas deb bo‘lmasdi. Bufetchi 
dovdirab qoldi. 
— Beshta omonat kassada ikki yuz qirq to‘qqiz ming so‘m puli bor, — dedi qandaydir qaltiroq 
ovoz qo‘shni xonadan, — yana uyida pol tagiga ikki yuzta o‘n so‘mlik oltin tanga ko‘mgan. 
Bufetchi o‘zini go‘yo kursiga qapishib qolgandek his qildi. 
— Ha, albatta, arzimagan iul bu, — dedi Voland mehmonga muruvvat qilib, — lekin, darvoqe, 
sirasini aytganda, jamg‘armangiz sizga kerak ham bo‘lmaydi. O‘zi qachon o‘lasiz? 
Ana endi bufetchining achchig‘i chiqib ketdi. 
— Buni hech kim bilmaydi, o‘lishimning hech kimga daxli ham yo‘q, — deb javob qildi u. 
— Nega endi hech kim bilmas ekan, — kabinetdan yana boyagi xunuk ovoz eshitildi, — o‘rgildim 
Nyuton binomidan! U to‘qqiz oydan keyin, kelasi yilning fevralida birinchi MGU kasalxonasining 
to‘rtinchi palatasida jigar rakidan o‘ladi. 
Bufetchining rangi za’faron bo‘lib ketdi. 
— To‘qqiz oy, — deb o‘ychanlik bilan hisoblay boshladi Voland, — ikki yuz qirq to‘qqiz ming... 
yaxlitiga hisoblaydigan bo‘lsak, oyiga yigirma yetti ming so‘mdan to‘g‘ri keladimi? Sal kamroq, lekin 
kamtarona kun kechiriladigan bo‘lsa, yetib qoladi. Yana oltin tangalar ham bor. 
— Oltinlarni sarflashga ulgurmaydi, — deb yana boyagi ovoz gapga aralashdi (bufetchining yuragi 
«shuv» etib ketdi). — Andrey Fokich vafot etgan zahoti uyi buziladi, o‘n so‘mlik oltinlar Davlat 
bankiga topshiriladi. 
— Ha, kasalxonaga yotishingizni maslahat ko‘rmagan bo‘lardim, — deb davom etdi artist. — Og‘ir 
kasallar tinimsiz ingrab, xirillab yotgan palatada jon berishning nima xosiyati bor. Undan ko‘ra, o‘sha 
yigirma yetti mingga yaxshi bir ziyofat uyushtirib, so‘ng og‘u ichib, muzika sadolari ostida sarmast 
sohibjamollaru o‘ktam do‘stlar kuzatuvida dorilbaqoga rihlat etgan ma’qul emasmi? 
Bufetchi qimir etmay o‘tirar, u judayam qarib ketgan edi. Ko‘zlari atrofida qora gardish paydo 
bo‘lgan, ikki lunji shalvirab, jag‘i osilib qolgan edi. 
— Buni qarang-a, xayolga berilib ketibmiz, — de-di mezbon, — maqsadga o‘taylik. Qani, 
ko‘rsatingchi o‘sha qirqilgan qog‘ozlaringizni. 
Bufetchi hayajonlangancha, cho‘ntagidan gazeta o‘ralgan bir dasta qog‘oz olib, uni ochdi, ochdiyu 
dong qotib qoldi. Gazetaga chervon pullar o‘ralgan edi. 
— Azizim, siz chindanam betobsiz, — dodi Voland kiftlarini uchirib. 
Bufetchi tirajygancha o‘rnidan turdi. 
Bordi-yu, — dedi duduqlanib u, — bular yana haligiday... 
— Hm... — o‘ylanib qoldi artist, — unda yana huzurimizga keling. Siz uchun doim eshigimiz 
ochiq. Tanishganimizdan xursandman. 
Shu choq kabinetdan Korovyov otilib chiqib, bufetchining qo‘liga yopishdi va uni to‘xtovsiz silkib 
xayrlasharkan, hammaga ko‘pdan-ko‘p salom aytishni qayta-qayta iltimos qila boshladi. Gangib 
qolgan bufetchi dahliz tomon yurdi. 
— Gella, kuzatib qo‘y! — deb chinqirdi Korovyov. Bufetchi dahlizda yana o‘sha mallasoch, 
yalang‘och behayo qizga ro‘para keldi. U qiya ochilgan eshikdan yonlab chiqarkan, g‘ing‘illab «xayr» 
dedi va mast odamlardaxg gandiraklab yura boshladi. U zinadan bir qavat pastga yurib tushib to‘xtadi, 
pillapoyaga o‘tirib, cho‘ntagidan o‘rog‘liq pulni olib ochdi — chervonlar joyida edi. 
Shu payt bu yerdagi kvartiradan yashil sumka ko‘tagan bir ayol chiqdi. U iillapoyada chervonlarga 
ma’nosiz tikilib o‘tirgan odamni ko‘rib jilmaydi-da, o‘zicha dedi: 
— Qanaqa uy bo‘ldi o‘zi bu! Mana, buyam ertalabdan zahariga otib olipti. Ana, deraza oynasini 
yana sindirishipti, — keyin u bufetchiga tikilibroq qarab, ilova qildi: — Voy bo‘-o‘, grajdanin, 
chervonlaringiz muncha ko‘p. Mengayam ozrog‘ini bersangiz-chi! A? 
— Meni tinch qo‘ying. Azbaroyi xudo, — dedi cho‘chib ketgan bufetchi va pulni azza-bazza 
yashira boshladi. Ayol kulib yubordi: 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling