Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
olgani bo‘lsa? O! Palto o‘g‘irlagani kelgan! — Shundan keyin u xalatining bir yengini yechgancha 
dahlizga otildi, — Kseniya Nikitishna! — deb chinqirdi u ostonada turib, — qarang-chi, paltolar 
joyidamikin? 
Hamma palto joyida ekan. Lekin professor axiyri yo‘l-yo‘lakay xalatni yechib stol oldiga 
yaqinlashdi-yu, birdan stol sathidan ko‘zini uzolmay, xuddi parket polga ildiz otganday tosh qotib turib 
qoldi. Haligina etiketkalar yotgan yerda sut quyilgan likopcha, likopcha yonida sho‘rpeshona bir qora 
mushukcha g‘aribona miyovlab turardi. 
— Bu qanaqa bema’nigarchilik yana?! Axir bu... — professor gardanining muz bo‘lib qotib 
qolganini his qildi. 
Uning zaif va ayanchli chinqirig‘ini eshitib yugurib kelgan Kseniya Nikitishna, mushuk bolani 
bironta patsient tashlab ketgan bo‘lishi kerak, professorlarnikida bunaqa hollar bo‘lib turadi, deb bir 
zumda uni tinchitdi. 
Muhtojlikda yashashsa kerak, — deb izohlardi Kseniya Nikitishna, — bizda esa, har nechuk, 
albatta... 
Keyin, qaysi patsient tashlab ketdiykin, deb o‘ylay boshlashdi. O‘ylab-o‘ylab oshqozon yarasi bilan 
kelgan kampirda to‘xtashdi. 
— Albatta, o‘sha, — derdi Kseniya Nikitishna, — u bunday o‘ylagan bo‘lishi kerak: men-ku baribir 
o‘laman, jonivor mushukchaga uvol bo‘ladi. 
— Kechirasiz! — deb chinqirib yubordi Kuzmin, — sut-chi?! Sutniyam o‘sha kampir olib 
kelganmi? Likopchaga nima deysiz? 
— Sutni u shishachada olib kelgan-da, shu yerda likopchaga quygan, — deb izohladi Kseniya 
Nikitishna. 
— Nima bo‘lganda ham, olib chiqib keting mushukcha bilan likopchani, — dedi Kuzmin va o‘zi 
Kseniya Nikitishnani to eshikkacha kuzatib qo‘ydi... U orqasiga qaytganida vaziyat yana o‘zgargan 
edi. 
Professor xalatini ilarkan, qulog‘iga hovlidan kimningdir xoxolab kulgani eshitildi, u derazadan 
qarab, dong qotib qoldi. Bir xonim ko‘ylakchan holda hovlini kesib ro‘paradagi kichik uyga chopib 
o‘tayotgan edi. Professor hatto u ayolning ismi-sharifini ham bilardi, — Mariya Aleksandrovna. 
Xoxolab kulayotgan esa bir bola edi. 
— Nima bo‘ldi o‘zi? — dedi Kuzmin nafrat bilan. Shu mahal devor orqasida, qizining xonasida 
patefonda «Alliluyya» fokstroti chalina boshladi, ayni shu fokstrot chalinayotgan paytda professorning 
orqasida chumchuq chirqillagani eshitildi. U orqasiga o‘girilib, o‘z stoli ustida kattakon bir 
chumchuqning dik-dik sakrab yurganini ko‘rdi. 
«Hm... og‘ir bo‘lishim kerak... — deb o‘yladi professor, — men derazadan nari ketganimda uchib 
kirgan bu chumchuq. Hammasi joyida», — deb ta’kidladi u o‘ziga o‘zi, garchi hech narsaning, asosan, 
manavi chumchuq tufayli, mutlaqo joyida emasligini his qilayotgan bo‘lsa ham. Professor chumchuqqa 
tikilib qararkan, uning oddiy chumchuqlardan emasligini darrov fahmladi. Bu yaramas chap panjasiga 
oqsoqlanar, mazax qilib oyog‘ini sudrab bosar, xullasi kalom — patefonda chalinayotgan fokstrotga 
xuddi peshtaxta oldida gandiraklab turgan mastga o‘xshab raqs tushardi. U har xil beadablik qilar, 
professor tomonga sullohona baqrayib qarardi. Kuzmin qo‘lini telefonga uzatdi, u o‘z kursdoshi 
Burega qo‘ng‘iroq qilib, oltmish yoshga kirgan odamning ko‘ziga bu qabildagi chumchuq ko‘rinsa, 
boz ustiga, birdan boshi aylana boshlasa — bu nimadan darak? — deb so‘ramoqchi edi. 
Bu asnoda chumchuq sovg‘a qilingan siyohdonga qo‘nib, uni axlati bilan bulg‘adi (gapim chin), 
keyin uchib havoda bir oz muallaq turdi-da, o‘qdek uchib borib, universitetni 94-yilda bitirgan barcha 
talabalar suratini qoplagan oynani go‘yo po‘latdek tumshug‘i bilan cho‘qib, chil-chil sindirdi, shundan 
keyin derazadan «pir» etib uchib chiqib ketdi. Professor do‘sti Burega qo‘ng‘iroq qilish o‘rniga, 
zuluklar byurosining telefon nomerini terdi va o‘zining professor Kuzmii ekanligini aytib, darhol uning 
uyiga zuluk yuborishlarini iltimos qildi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling