Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
133 Margarita uni qutqarib qola olarmidi? Qiziq deb aytishimiz mumkin, ammo biz mushkul ahvolga tushgan ayol oldida bunday qilmaymiz. Margarita Nikolaevna butun qish shunday mashaqqatda yashab, axiyri bahorga chiqib oldi. Moskvada badkor sehrgar paydo bo‘lib, har turli bema’ni gavg‘olar ko‘tarilgan kuni, ya’ni Berliozning pochchasi Kievga qaytarib yuborilgan, buxgalterni qamoqqa olishgan va yana ko‘p tuturiqsiz mavhum voqealar sodir bo‘lgan o‘sha juma kuni choshgoh paytida Margarita imoratning minora ostiga, sirtga bo‘rtib chiqqan qismiga joylashgan o‘z yotoqxonasida uyqudan uyg‘ondi. Margarita ko‘zini ochdi-yu, ammo bu safar doimiy odati bo‘yicha yig‘lamadi, chunki u nihoyat bugun bir kor-hol yuz berishini his qilib uyg‘ongan edi. Endi u ana shu hissiyotini faromush qilib qo‘ymaslik uchun uni papalab, ardoqlab kamol toptira boshladi. — Men ishonaman! — deb pichirladi Margarita g‘urur bilan, — ishonaman! Biron nima yuz beradi! Yuz bermasligi mumkin emas axir, negaki, sirasini olganda, qaysi gunohim uchun umrbod azob chekishim kerak? To‘g‘ri, men yolg‘on gapirganimni, aldamchilik qilganimni, odamlardan yashirincha, xufiyona hayot ke-chirganimni bo‘ynimga olaman, lekin shu qilmishim uchun bunchalik og‘ir jazoga duchor bo‘lishim mumkin emas-ku. Albatta biron nima sodir bo‘ladi, chunki hech bir narsa mangu davom etmaydi, axir. Keyin, men bugun xosiyatli tush ko‘rdim, bunga aminman. Margarita Nikolaevna quyosh shu’lasidan lolarang bo‘lgan darpardaga tikilib, uch tavaqali ko‘zgu oldida shosha-pisha kiyinib, jingalak kalta sochini tararkan shunday pichirlardi. Margarita bugun haqiqatan ham juda alomat tush ko‘rgan edi. Gap shundaki, azobda o‘tgan butun qish mobaynida u hech qachon ustani tushida ko‘rmagan edi. Kechasiga usta uni tark etar, faqat kunduz kunlari Margarita uni o‘ylab iztirob chekardi. Bugun esa kutilmaganda tushiga kirdi u. Margarita tanimaydigan joymish — erta bahor, osmonni bulut burkab olganligidan bu joy shumshuk va noxush ko‘rinarmish. Avzoi buzuq osmonda pag‘a-pag‘a bulutlar suzarmish va shu bulutlar ostida gala-gala qarg‘alar tovushsiz uchib yurarmish. Allaqanday qing‘ir ko‘prikmishu uning ostidan bahorgi loyqa suv oqarmish. Shu yerda yarimyalang‘och motamsaro, faqirona daraxtlar, yolg‘iz sho‘ppayib turgan tog‘terak, undan narida — qandaydir ekinzor etagida bir yog‘och uy — u oshxonami, hammommi, yo boshqa bir nimami noma’lum — daraxtlar orasidan ko‘rinib turganmish. Chor atrof o‘lik va shu qadar shumshukmishki, ko‘prikcha yonidagi tog‘terakka sirtmoq tashlab osilib o‘lgisi kelarmish Margaritaning. Na «qilt» etgan shabada esar, na bulutlar joyidan siljir, na biron tirik jon bor emish bu yerda. Tirik odam uchun jahannamning o‘zi emish! Tasavvur qiling-a, shu mahal o‘sha yog‘och uyning eshigi ochilib, ostonada... usta paydo bo‘lganmish. Uy ancha yiroqda bo‘lsa ham, Margarita uni aniq ko‘rib turganmish. Ust-boshi to‘zib ketganidan, uning qanday libos ekanligini ham bilib bo‘lmasmish. Sochlari paxmaygan, soqol- mo‘ylovi o‘sib ketganmish. Ko‘zlari xasta va bezovtamish. U qo‘li bilan imlab Margaritani chaqirarmish. Shunda Margarita jonsiz havoda nafasi og‘ziga tiqilgancha, o‘nqir-cho‘nqir yerlardan uning istiqboli sari chopa boshlapti-yu, birdan uyg‘onib ketipti. «Bu tushimning ta’biri faqat ikki ma’nodan birini bildirishi mumkin, — deb mulohaza qila boshladi o‘zicha Margarita Nikolaevna, — agar u o‘lgan bo‘lsayu meni imlab chaqirayotgan bo‘lsa, demak u meni olib ketgani kelganu yaqinda o‘laman. Shunday bo‘lsa judayam soz bo‘ladi, negaki azobdan qutulaman. Yo bo‘lmasa, u tirik, agar shunday bo‘lsa, unda u menga o‘zini eslatmoqchi! Demak, u biz yana diydor ko‘rishamiz, demoqchi. Ha, biz juda tez orada uchrashamiz». Margarita o‘z mulohazasidan hamon sarxush holda, hammasi ko‘ngildagidek bo‘lyapti, bunday qulay fursatdan albatta foydalanib qolish kerak, deb uqtirardi o‘ziga-o‘zi. Eri uch kunga komandirovkaga jo‘nab ketgan edi. Shu uch kecha-kunduz mobaynida u o‘zi xon, ko‘lankasi maydon, nimani xohlasa, shuni o‘ylashi, ko‘ngli tusagan narsani orzu qilishi mumkin. Yuqori qavatdagi beshta xonaning hammasi, Moskvada o‘n minglab kishilarning havasini keltiruvchi bu kvartira butunicha uning ixtiyorida edi. Biroq o‘zini uch kungacha erkin qush hisoblagan Margarita kelib-kelib bu muhtasham kvartiraning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling