Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
139 Azazello «uff» deb yengil nafas oldi-da, skamey-kaga suyandi va kinoyaomuz gapira boshladi: — Ayol zotiga tushunish qiyin! — U qo‘llarini cho‘ntaklariga tiqib, oyoqlarini imkoni boricha nariroqqa uzatvordi, — nega endi kelib-kelib menga topshirishdi bu ishni? Begemot bajarsa-ku yaxshiroq bo‘lardi, chunki u yoqimtoy xilqat... Margarita ayanchli tarzda miyig‘ida kulib dedi: — Bunaqa jumboqlaringiz bilan meni laqillatishni, qiynashni bas qiling... Men shundoq ham sho‘rpeshona odamman, siz shundan foydalanyapsiz. Allaqanday g‘alvani orttiryapman boshimga, lekin ont ichib aytamanki, faqat uni tilga olganingiz uchun borishga rozi bo‘lyapman! Boshim g‘ovlab ketdi bu dudmal gaplaringizdan... — Faqat yig‘i bo‘lmasin, — dedi Azazello basharasini burishtirib, — siz ham mening ahvolimga tushuning-da. Chunonchi, administratorning tumshug‘iga tushirish, kimningdir pochchasini uydan quvib chiqarish, yo birontasini otib yaralash, yo bo‘lmasa, shularga o‘xshash bironta arzimas ishni bajarish mening asosiy kasbim, ammo maftun ayollar bilan suhbatlashish — salomatligingiz kerak. Bu qanaqasi, yarim soatdan beri sizga gap uqdirolmasam-a. Xo‘sh, borasizmi? — Boraman, — dedi odmigina qilib Margarita Nikolaevna. — Unday bo‘lsa, manavini oling, — deb Azazello cho‘ntagidan dumaloq oltin quticha chiqardi va uni Margaritaga uzatarkan, dedi: — Yashiring tezroq, odamlar qarayapti. Bu sizga asqotadi, Margarita Nikolaevna. Siz keyingi yarim yil ichida g‘am-hasratdan xiyla qarib qoldingiz. (Margarita cho‘g‘dek qizarib ketdi, lekin indamadi, Azazello gapida davom etdi). Bugun kechqurun roppa-rosa soat to‘qqiz yarimda qip-yalang‘och bo‘lib shu malhamni yuzingizga va butun badaningizga surib chiqasiz. Keyin ko‘nglingiz xohlagan ishni qiling, faqat telefondan uzoqqa ketmang. Soat o‘nda sizga o‘zim qo‘ng‘iroq qilib, nima ish qilishingizni aytaman. Siz hech nimaning tashvishini qilmaysiz, sizni tayinlangan yerga eltib qo‘yishadi, hech qanday shikast ham yetkazishmaydi sizga. Tushundingizmi? Margarita bir oz sukutga tolib, so‘ng javob qildi: — Tushundim. Bu buyum sof oltindan ishlangan, zalvaridan ma’lum. Ha, mayli, bilib turibman, menga pora berib allaqanday shubhali ishga tortmoqchisizlaru buning oqibatida men bir baloga giriftor bo‘lsam kerak. — Axir bu qanaqasi, — chiyilladi fig‘oni chiqqudek bo‘ldi Azazello, — yanami? — Yo‘q, sabr qiling! — Qaytib bering malhamni. Margarita qutichani qo‘lida mahkam siqib, davom etdi: — Yo‘q, shoshmang... Ne ishga jur’at qilganimni bilaman. Lekin men har qanday shartga ham o‘sha deb rozi bo‘lyapman, chunki mening dunyoda undan bo‘lak hech kimim yo‘q. Ammo sizga shuni aytib qo‘ymoqchimanki, agar meni nobud qiladigan bo‘lsangiz, uyatga qolasiz! Ha, o‘zingiz uyalib qolasiz! Muhabbat deb qurbon bo‘lyapman men! — shunday deb Margarita o‘z ko‘ksiga urib qo‘ydi va boshini ko‘tarib oftobga qaradi. — Qaytib bering, — deb xirilladi Azazello xunob bo‘lib, — qaytib bering, jin ursin bunaqa topshiriqni! Begemotni yuborishsin-e. — E, yo‘q! — derdi Margarita o‘tgan-ketganlarning diqqatini o‘ziga tortib. — Hammasiga roziman, badanimga malham surib mayna bo‘lishga ham, hatto jahannam qa’riga borishga ham roziman. Malhamni bermayman! — Voajab! — deb birdan baqirib yubordi Azazello va bog‘ panjarasi tomon baqrayib qaragancha, barmog‘i bilan qayoqqadir ishora qila boshladi. Margarita Azazello ko‘rsatgan tomonga qarab, diqqatga loyiq hech narsa ko‘rmadi. Shunda u tuturiqsiz «Voajab!» so‘ziga izoh so‘ramoqchi bo‘lib, Azazelloga o‘girildi, lekin Margarita Nikolaevnaning sirli suhbatdoshi g‘oyib bo‘lgan edi. Shunda Margari-ta shosha-pisha qo‘lini sumkachasiga tiqib, boyagi o‘zi chirqillagancha solib qo‘ygan oltin qutichani topdi-yu, ko‘ngli joyiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling