Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
169 ham tekkizishi mumkin! Korovyov stol g‘aladonidan bitta yettilik qarta olib, Margaritaga uzatdi va uning hollaridan birini tirnog‘i bilan belgilab berishni iltimos qildi. Margarita yuqori o‘ng burchakdagi xolni belgiladi. Gella qartani yostiq ostiga yashirdi-da: — Tayyor! — deb qichqirdi. Shunda yostiqqa orqa o‘girib o‘tirgan Azazello shimining cho‘ntagidan o‘ziotar qora to‘pponcha olib, o‘girilmay yelkasi osha karavot tomonga o‘q uzdi va Margaritani salgina cho‘chitib yubordi. O‘q teshib o‘tgan yostiq ostidan yettilik qartani olishdi. Undagi Margarita belgilagan xol teshilgan edi. — Sizga ro‘para kelishni aslo istamasdim to‘pponcha ushlagan paytingizda, — dedi Margarita Azazelloga karashma qilib. Har qanday ishning piri bo‘lgan odamlarga doim zo‘r ehtiros bilan qarardi u. — Qimmatli qirolicha, — deb chiyilladi Korovyov — qo‘lida hech qanday revolver bo‘lmagan paytda ham Azazelloga ro‘para kelishni hech kimga maslahat bermayman! Sobiq regent va ashulachi sifatida vijdonan ont ichib aytamanki, o‘sha duch kelgan odamning sho‘ri quriydi. Merganlik tajribasi paytida o‘shshayib o‘tirgan mushuk endi birdan: — O‘sha yettilik qartada men yangi rekord qo‘yaman, — deb e’lon qildi. Azazello bunga javoban bir nima deb irillab qo‘ydi. Lekin mushuk o‘z ahdida turib olib, bir emas, ikkita revolver so‘radi. Azazello shimining ikkinchi orqa cho‘ntagidan yana bitta revolver olib boyagi revolver bilan ikkovini maqtanchoq mushukka uzatarkan, zaharxanda bilan labini burib qo‘ydi. Yettilik qartada ikkita xolni belgilashdi. Mushuk yostiqqa orqa o‘girib olib, otishga uzoq vaqt tayyorlandi. Margarita ikkala qulog‘iga barmoqlarini tiqib o‘tirarkan, ko‘zini kamin tokchasida mudrab o‘tirgan boyqushdan uzmasdi. Mushuk ikkala revolverdan baravar o‘q uzdi, shu zahoti Gella jon achchig‘ida chinqirib yubordi, o‘q tegib o‘lgan boyqush soat ustiga qulab tushdi, singan soat to‘xtab qoldi. Bir qo‘li qonga bo‘yalgan Gella faryod ko‘tarib, mushukning yungiga chang soldi, mushuk esa o‘z navbatida uning sochini yumdalay boshladi, oqibat, ikkovi bir-biriga chirmashgancha, polda u yoqdan- bu yoqqa koptokdek yumalay boshlashdi. Stol ustida turgan qadahlardan biri yerga tushib chil-chil sindi. — Ajratib olsanglarchi mendan manavi quturgan shayton qizni! — deb chinqirardi mushuk, ustiga minib olgan Gelladan qutulishga harakat qilarkan. Urishqoqlarni ajratib qo‘yishdi, Korovyov Gellaning o‘q tekkan barmog‘iga bir marta puflagan edi, barmoq sog‘aydi-qoldi, — Otolmayman-da axir, gap bilan chalg‘itishgandan keyin! — deb chinqirardi Begemot va ayni paytda yelkasidan Gella yulib olgan bir tutam yungni joyiga yopishtirishga urinardi. — Garov o‘ynayman, — dedi Voland Margaritaga jilmayib, — jo‘rttaga shunday qildi. Aslida juda yaxshi otadi. Gella bilan mushuk yarashib, hatto o‘pishib ham olishdi. Keyin yostiq tagidan qartani olib tekshirib ko‘rishdi. Azazello teshgan holdan boshqa bironta holga gard ham tegmagan edi. — Bunday bo‘lishi mumkin emas, — deb ta’kidlardi mushuk qartani qandil yorug‘iga tutib qararkan. Shodiyona kechlik davom etardi. Chilchiroqning shamlari asta erib oqar, kamindan gup-gup ufirayotgan quruq va xushbo‘y issiq havo butun xonani qamragan edi. To‘yib ovqatlangan Margarita endi sarxushlik og‘ushida huzur qilib o‘tirardi... Uning hech qayoqqa ketgisi kelmasdi, holbuki, o‘zining taxminicha vaqt allamahal bo‘lgan. Tungi voqealar hisobga olinsa, vaqt ertalabki soat oltiga yaqinlashgan edi. Margarita oraga cho‘kkan sukunatdan foydalanib, Volandga qimtinibgina dedi: — Endi men boray... Kech bo‘ldi. — Qayoqqa shoshasiz? — deb so‘radi Voland quruqqina qilib. Ammo qolganlar «miq» etmadi. — Ha, vaqt bo‘ldi, — deb takrorladi Margarita bunday munsoabatdan yanayam ko‘proq xijolat bo‘lib, u yelkasiga tashlash uchun biron yopinchiq yo plash qidirib atrofiga qaradi. Chunki o‘zining yalang‘ochligidan endi iymana boshlagan edi. U o‘rnidan turdi. Voland karavotda yotgan chuvrindi va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling