Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
Hech aziyat chekmang, messir, — dedi Azazello va Varenuxaga yuzlandi: — Qo‘rslik qilish 
kerak emas telefonda. Yolg‘on gapirish kerakmas telefonda, tushunarlimi? Endi boshqa bunday 
qilmaysizmi? 
Varenuxaning miyasi shodlikdan gangib qoldi, chehrasi yerishdi va nima deetganini uzi ham 
tushunmay g‘o‘ldiray boshladi: 
— Azbaroyi  x... ya’ni aytmoqchimanki, a’lo haz... hoziroq tushlikdan keyin... — Varenuxa 
qo‘llarini ko‘ksiga bosib, Azazelloga iltijo bilan boqardi. 
— Ha, yaxshi, uyga jo‘nang, — dedi Azazello. Varenuxa zumda erib yo‘q bo‘ldi- qoldi. 
— Endi meni mana bular bilan yolg‘iz qoldiringlar, — deb buyurdi Voland usta bilan Margaritani 
ko‘rsatib. 
Volandning buyrug‘i shu zahoti bajarildi. U bir oz sukutdan so‘ng ustaga murojaat qildi. 
Shunday qilib, Arbatdagi podvadda turmoqchimisiz? Unda asar yozish nima bo‘ladi? Orzular-
chi, ilhom-chi? 
— Menda boshqa hech qanday orzu-armon qolmadi, ilhom ham yo‘q endi, — deb javob qildi usta, 
— hayotda meni endi hech nima qiziqtirmaydi, yolg‘iz Margodan boshqa, — deb u yana qo‘lini 
Margaritaning boshiga qo‘ydi, — meni mayib qilishdi, yuragim ziq, podvalda turgim kelyapti. 
— Pilat haqidagi romaningiz nima bo‘ladi? 
— U romanni ko‘rarga ko‘zim yo‘q, — deb javob qildi usta, — men o‘sha roman tufayli ko‘p azob 
chekdim. 
— O‘tinaman sendan, — zorlanib dedi Margarita, — aslo bunday dema. Nega, axir, meni 
qiynaysan? Bilasan-ku, men butun hayotimni tikkanman shu ishing uchun. — Shundan so‘ng 
Margarita Volandga qarab ilova qildi: — Quloq solmang gapiga, messir, juda qattiq azob chekkan u. 
— Axir biron narsa to‘g‘risida yozish kerak-ku! — derdi Voland, — agar anavi prokurator haqida 
yozadigan gapingiz qolmagan ekan, unda hech bo‘lmasa Aloiziyni tasvirlang. 
Usta jilmayib qo‘ydi. 
— Bunaqa narsani Lapshyonnikova bosmaydi, undan keyin uning qizig‘iyam yo‘q. 
— Axir qanday kun kechirasizlar? Ochlik-muhtojliqdami ? 
— Ha, bajonidil, — deb javob qildi usta, so‘ng Margaritani o‘z bag‘riga tortib, uning yelkasidan 
qucharkan qo‘shib qo‘ydi: — Margo es-hushini yig‘ib olgach, meni tark etadi... 
— Tark etmaydi, — dedi Voland tishlarini gijir qilib, so‘ng davom etdi: — Demak, Pontiy Pilat 
haqida tarixiy asar yozgan odam uzlatga chekinib, podvalda qashshoqliqda kun kechirmoqchimi? 
Margarita ustaning pinjidan chiqib, juda qizishib gapira boshladi: 
— Men qo‘limdan kelgancha urinib ko‘rdim, kishini vasvasaga soluvchi eng shirin so‘zlarni aytdim 
qulog‘iga. Lekin u baribir bosh tortyapti. 
— Qulog‘iga nima deb pichirlaganingizni bilaman, — dedi Voland, — lekin u gaplar unchalik 
vasvasali emas edi. Sizga shuni aytmoqchimanki, — jilmayib turib ustaga murojaat qildi u, — 
romaningiz hali sizga ko‘p ezguliklar olib keladi. 
— Bu g‘irt g‘urbat bo‘ladi, — dedi usta. 
— Yo‘q, yo‘q, g‘urbat bo‘lmaydi, — dedi Voland, — endi hech ham qo‘rqinchli bo‘lmaydi. Xullas, 
Margarita Nikolaevna, hamma ish qilib bo‘lindi. Ayting-chi, menga biron e’tirozingiz bormi? 
— Be, qo‘ysangiz-chi, nimalar deyapsiz, messir! 
— Unda, mana bu mendan sizga esdalik bo‘lsin, — dedi Voland va yostiq ostidan hammayog‘iga 
olmos toshlar qadalgan kichkinagina oltin taqa oldi. 
— Yo‘q, yo‘q, aslo, nima ish qilipman! 
— Men bilan bahslashmoqchimisiz? — dedi Voland jilmayib. 
Margarita, egnidagi plashning cho‘ntagi bo‘lmagani sababli, taqachani ro‘molchaga tugib oldi. 
Shunda bir hol uni tong qoldirdi. U to‘linoy yog‘du sochib turgan derazaga o‘girilib shunday dedi: 
— Men bir narsaga hech tushuna olmayapman... Yarim tun bo‘lganiga ancha vaqt bo‘ldi-yu, ammo 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling