Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
185 — Ovsar! — dedi Pilat, negadir aftini burishtirib. Uning chap ko‘zi osti ucha boshladi, — oftobda jizg‘anak bo‘lib o‘lishni afzal ko‘ripti. Qonun yo‘l bergan narsadan bosh tortishning nima hojati bor ekan? Nima deb vaj qildi? — U, — yana ko‘zini yumib turib javob qildi mehmon, — minnatdorlik bildirdi va jonini olayotganlari uchun ayblamasligini aytdi. — Kimni ayblamasligini? — bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi Pilat. — Buni aytmadi, igemon. — Navkarlar oldida va’z qilishga urinmadimi? — Yo‘q, igemon, u yerda u nihoyatda kamsuxan edi. Bor-yo‘g‘i bitta gap aytdi; odamzodga mansub illatlar ichida eng marazi qo‘rqoqlikdir, — dedi. — Bu gapi bilan nimaga shama qildi? — degan sovuq ovoz eshitildi birdan mehmonning qulog‘iga. — Buni aniqlab bo‘lmadi. U, umuman, har doimgiday o‘zipi juda g‘alati tutdi. — G‘alatiligi nimadan iborat bo‘ldi? — U doim atrofdagi odamlarning ko‘ziga tikilib qarashga urindi va mudom parishonxotir jilmayib gurdi. — Bor gap shumi? — deb so‘radi xirillagan ovoz. — Bora gap shu. Prokurator o‘ziga may quyaturib, qadahni «do‘q» etib qo‘ydi. Keyin uni bir ko‘tarishda oxirigacha siiqordi-da, shunday dedi: — Gap bunday: garchi biz — loaqal bugungi kunda — uning biron-bir muxlisi yoki izdoshini topa olmasak ham, baribir, undaylar mutlaqo yo‘q deb kafolat bera olmaymiz. Mehmon boshini egib, diqqat bilan quloq solar edi. — Shunga ko‘ra, bironta tasodifiy holning oldini olish maqsadida, — deb gapida davom etdi prokurator, — zudlik bilan, hech qanday tovush chiqarmay uchala qatlning jasadini yer yuzidan yo‘q qilishingizni va ularni imi-jimida, hech qanday nom-nishon qoldirmay ko‘mdirib tashlashingizni iltimos qilaman. — Bosh ustiga, igemon, — dedi mehmon o‘rnidan turarkan, so‘ng ilova qildi: — Vazifa murakkab va mas’uliyatli bo‘lgani sababli, ruxsat eting, darhol yo‘lga tushay. — Yo‘q, yana bir oz o‘tiring, — dedi Pilat qo‘l ishorasi bilan mehmonni yo‘ldan to‘xtatib, — yana ik-kita masala bor. Ikkinchisi — sizning Iudeya prokuratori huzurida maxfiy xizmat boshlig‘i lavozimidek eng mashaqqatli ishda ko‘rsatgan ulkan xizmatlaringiz, ko‘rsatayotgai faoliyatingiz to‘g‘risida Rimda bayonot berishdek imkoniyatga musharraf bo‘lganimdan baxtiyorman. Mehmonning yuzi cho‘g‘dek qizarib ketdi, u o‘rnidan turib prokuratorga ta’zim qilarkan, dedi: — Kamina imperator xizmatidagi o‘z burchimni ado etmokdaman, xolos! — Vale, men sizdan shuni iltimos qilmoqchimankim, — deb davom etdi igemon, — basharti sizga bu yerdagidan kattaroq lavozim taklif etib, boshqa joyga jo‘natmoqchi bo‘lsalar, u lavozimdan bosh tortib, shu yerda qolishga harakat qiling. Men sizdan ajralishni zinhor-bazinhor istamayman. Yaxshisi, sizni boshqacha tarzda taqdirlasinlar. — Sizning qo‘l ostingizda xizmat qilish men uchun katta baxt, igemon. — G‘oyat xursandman. Endi, uchinchi masala. Bu masala anavi... kiriaflik Iudaga taallukli. Shu yerga kelganda mehmon yana prokuratorga bir lahza qattiq tikilib, so‘ng yana qovoqlarini o‘yib oldi. — Eshitishimcha, — ovozini pastlatib davom etdi prokurator, — u anavi telba faylasufni o‘z uyida quchoq ochib kutib olgani uchun pul olganmish. — Oladi, — maxfiy xizmat boshlig‘i ohista tuzatish kiritdi Pilatning gapiga. — Ko‘pmi? — Buni hech kim bilmaydi, igemon. — Hatto siz hammi? — dedi igemon xushomadona hayrat bilan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling