Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
182 paytda u chaqirgan chog‘da g‘aflatda qolishdan xavfsirab, boshini xam qilgan yalang‘och ayolning oppoq haykali o‘rnatilgan kamgak yerda biqinib o‘tirardi. Rutubatli nim qorong‘i kunda chorpoyada yonboshlab yotgan prokurator qadahga o‘zi may quyar, uni qultum-qultum qilib uzoq vaqt ichar, onda-sonda non olib, uni ushatar, kichik-kichik tishlab yer, ahyon-ahyonda ustritsa so‘rar, limon chaynar va yana may ichardi. Agar sharillab yog‘ayotgan jala, qasr tomini majaqlab yuborgudek dag‘dag‘ali qaldirayotgan momaqaldiroq, balkon pillapoyalariga taraqlab yog‘ayotgan do‘l bo‘lmaganda prokuratorning o‘zicha nimalarnidir g‘o‘ldirayotganini eshitsa bo‘lardi. Agar beqaror samoviy chaqmoq barqaror shu’laga aylanganida bormi, prokuratorni kuzatayotgan odam uning so‘nggi kunlardagi bedorligi va ko‘p may ichganligi oqibatida yallig‘langan ko‘zlarida sabrsizlik aks etayotganini, uning nainki qizil ko‘lmakka botgan ikki dona oq atirgulga, balki yemg‘ir savalab, qum uchqunlarini uchirib kelayotgan bog‘ tomonga dam-badam yuz o‘girayotganini, kimnidir betoqat kutayotganini ko‘rardi. Oradan birmuncha vaqt o‘tdi, sharros quyayotgan yomg‘ir pardasi prokuratorning ko‘zi oldida yupqalasha boshladi. Quyun naqadar purshiddat bo‘lmasin, u ham ancha hovuridan tushdi. Daraxtlarning quruq shoxlari endi shitirlamay, to‘kilmay qo‘ydi. Momaqaldiroq sadosi, chaqmoq chaqini siyraklashdi. Endi Yershalaim uzra oq hoshiyali binafsha rang choyshab emas, balki eng so‘nggi oddiy kul rang bulutlar suzib o‘tardi. Momaqaldiroq O‘lik dengiz tomon ravona bo‘lgan edi. Endi yomg‘ir shovqinini ham, tarnovlardan oqayotgan suvning sharillashini ham, xalqqa hukmni e’lon qilish uchun prokurator ertalab maydonga tushib borgan zinalardan shovullab oqayotgan jilg‘aning ovozini ham aniq eshitish mumkin edi. Nihoyat, shu topgacha bo‘ron va momaqaldiroq bosib yuborgan favvoraning shildirashi ham aniq eshitila boshladi. Kun yorishdi. Sharq tomon uchib ketayotgan bulut pardasi orasidan ko‘m-ko‘k samoviy darchalar ochildi. Shu mahal, endi ohista sevalab yog‘ayotgan yomg‘irning chakillashi orasidan prokuratorning qulog‘iga olisdan karnaylarning, yuzlab otlarning tuyoq tovushi elas-elas eshitildi. Prokurator buni eshitib, o‘rnida bir qo‘zg‘alib qo‘ydi, uning chehrasi xiyla yorishdi. Otliq qo‘shin Taqir Tepadan qaytayotgan edi, hozir u, tuyoq tovushlariga qaraganda, hukm e’lon qilingan maydondan o‘tayotgan edi. Nihoyat prokurator bog‘ning yuqori ayvoniga olib chiquvchi zinada, rovon bo‘sag‘asida o‘zi ko‘pdan kutgan oyoq tovushini eshitdi. U bo‘ynini cho‘zib qarab, ko‘zlari quvonchdan chaqnab ketdi. Zinaning ikki yonboshiga o‘rnatilgan ikki marmar sher oralig‘ida eng oldin qaytarma qalpoqli bosh, keyin jiqqa ho‘l plashi badaniga chippa yopishgan bir odam ko‘rindi. Bu — hukmni e’lon qilish oldidan qasrning qorong‘ilatilgan xonasida prokurator bilan pichirlashgan, keyin qatl paytida uch oyoqli kursida o‘tirib, cho‘p bilan yer chizgan o‘sha odam edi. Bu odam ko‘lmaklarni kechib bog‘ sahnini tik kesib o‘tdi, koshinkor rovonga qadam qo‘ydi va qo‘lini ko‘tarib, yoqimli yangroq ovoz bilan dedi: — Prokurator omon bo‘lsin, hamisha shodmon bo‘lsin, — u lotin tilida gapirdi. — Yo tangrilar! — deb yubordi Pilat, — rosa ivib ketibsiz-u! Bo‘ronni qarang-a! Qalay? Darhol mening xosxonamga kirishingizni iltimos qilaman. Lutf qiling, libosingizni almashtiring. Kelgan odam boshidan qaytarma qalpoqni yechgan edi, jiqqa ho‘l sochlari peshonasiga yopishib qolgani ma’lum bo‘ldi, u o‘zining silliq chehrasida tavajjuh hosil qilib, kiyimini almashtirishdan bosh tortdi va yomg‘ir unga hech bir ziyon yetkazmasligini uqdira boshladi. — Eshitishni ham istamayman, — dedi Pilat va chapak chalib o‘zidan qochib o‘tirgan xizmatkorlarni chaqirdi-da, mehmonga qarashni, so‘ngra darhol issiq ovqat tortishni buyurdi. Mehmonning sochini quritishi, boshqa libos, poyabzal kiyishi va umuman o‘zini tartibga keltirib olishi uchun juda oz vaqt kerak bo‘ldi. Bir zumdan keyin u quruq shippak, qirmizi harbiy nlash kiyib, sochlarini silliq tarab balkonga chiqdi. Bu payt Yershalaim uzra yana quyosh charaqlagan, O‘rtaer dengiziga botishidan oldin prokurator xush ko‘rmagan shaharga bugun so‘nggi marta vidolashuv nurini yo‘llab, balkon pillaioyalariga zarrin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling