Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yigirma beshinchi bob PROKURATORNING KIRIAFLIK IUDANI QUTQARMOQCHI BO‘LGANI
www.ziyouz.com kutubxonasi
181 sadosi edi. Hech nima g‘oyib bo‘lmadi, iqtidorli Voland chindan ham qudratli ekan, Margarita ko‘ngliga siqqancha, hattoki tong otgunga qadar ham daftarlarni varaqlab, ularga ko‘z yugurtirib, sahifalarini o‘pib, undagi so‘zlarni qayta-qayta o‘qib o‘tirishi mumkin edi: — O‘rtaer dengizi yoqdan bostirib kelgan zulmat prokuratorga manfur bo‘lgan shaharni burkab oldi... Ha, O‘rtaer dengizi.... Yigirma beshinchi bob PROKURATORNING KIRIAFLIK IUDANI QUTQARMOQCHI BO‘LGANI O‘rtaer dengizi yokdan bostirib kelgan zulmat prokuratorga manfur bo‘lgan shaharni burkab oldi. Jomeni dahshatli Antoniy minorasi bilan ulagan muallaq ko‘priklar g‘oyib bo‘ldi, osmondan tushgan quyuq zulmat hippodrom uzra qanot yozgan ma’budlarning haykallarini, Xasmoney qasrini va uning shinaklarini, bozorlarni, karvonsaroylarni, ko‘chalar va hovuzlarni qamrab oldi... Azim shahar — Yershalaim go‘yo hech qachon dunyoda bo‘lmaganday ko‘zdan yo‘qoldi. Yershalaim va unipg atrofida tirik jon borki, hammasiga zulmat tahdid soldi va bitta qo‘ymay yutib yubordi. Bahorgi nison oyining o‘n to‘rtinchi kuni kechki payt dengiz tomondan juda alomat bulut bostirib kelgan edi. Bulut Taqir Boshchanoqni — jallodlar qatllarga shosha-pisha nayza sanchib o‘ldirayotgan o‘sha Taqir Tepani — butkul burkab oldi. U yana ayni paytda Yershalaimdagi jomeni ham chulg‘ab oldi, so‘ng u joylashgan tepalikdan misoli tutundek burqsab oqib tushib, Quyi Shaharni ham butkul qamradi. U uy darchalaridan oqib kirar va qing‘ir-qiyshiq ko‘chalarda yurgan odamlarni uy-uylariga quvib kiritardi. U o‘z obi-rahmatini quyishiga shoshilmas, hozircha faqat shu’la sochardi. Chaqmoq chaqilib, qora bo‘tqani eslatuvchi bulutni chok qilishi bilan quyuq zulmat og‘ushidan tomi baliq tangalarini eslatuvchi jomening xmahobatli qomati qad ko‘tarardi. Lekin chaqmoq bir zumda so‘nardiyu jome yana zulmat qa’riga g‘arq bo‘lardi. Jome binosi shu zayl bir necha taqir zulmat qo‘ynidan otilib chiqib, yana shu zulmatga sho‘ng‘idi, lekin uning har sho‘ng‘ishini momaqaldiroq mudhishona gumburlab kuzatdi... Jala kutilmaganda sharros quyib yubordi, shunda momaqaldiroqdan quyun vujudga keldi. Prokurator bilan hazrati buzruk boya choshgohda suhbat qurgan bog‘dagi marmar o‘tirg‘ich yonida hozir misoli zambarakdek gumburlagan yashin bir tup sarv daraxtini xuddi bir cho‘pdek cho‘rt sindirdi. Bo‘ron ustunlar poyiga — balkonga yomg‘ir va do‘l bilan birga atirgullaru magnoliya yaproqlarini uzib, shox-shabbalar va qum to‘zoni bilan uchirib kelardi. Bu mahal ustunlar poyida faqat bir kishi bor edi, u ham bo‘lsa prokurator edi. Endi u kresloda o‘tirmas, balki chorpoyada yonboshlab yotardi, chorpoya oldida turgan xontaxtaga turli noz-ne’matlaru may to‘ldirilgan ko‘zalar qo‘yilgan edi. Xontaxtaning narigi tomonida ikkinchi chorpoya bor edi. Prokuratorning oyog‘i ostida qizil ko‘lmak bo‘lib, u qonni eslatar, shu ko‘lmakda singan ko‘zaning sopolaklari yotardi. Boya momaqaldiroq oldidan prokurator uchun dasturxon tuzayotgan xizmatkor sohibining qattiq tikilib qaraganidan negadir esankirab qolgan va xo‘jamning ko‘nglini topolmadim chog‘i, deb bezovta bo‘la boshlagan edi, shunda prokuratorning achchig‘i chiqib may ko‘zasini koshinkor polga urib chilchil qilgan va xizmatkorga: — Nega uzatayotganingda ko‘zimga qaramaysan? Nima, biron nima o‘g‘irladingmi? — deb o‘dag‘aylab bergan edi. Afrikalik xizmatkorning qop-qora yuzi shunda ko‘karib ketgan, ko‘zlarida dahshat alomatlari paydo bo‘lgan edi, u dag‘-dag‘ qaltirab sal bo‘lmasa ikkinchi ko‘zani ham sindirib qo‘yardi-yu, biroq prokuratorning g‘azabi qanchalik tez qaynagan bo‘lsa, shunchalik tez so‘ngan edi. Afrikalik apir-shapir sopolaklarni yig‘ishga va ko‘lmakni artishga kirishgan edi, lekin prokurator qo‘l siltadi va qul bu yerdan g‘izillab chiqib ketdi. Ko‘lmak artilmay qoldi. Endi, bo‘ron paytida, afrikalik qul prokuratorning ko‘ziga bevaqt tashlanishdan qo‘rqib va ayni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling