Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
186 — Taassufki, men ham, — bamaylixotir javob qildi mehmon, — lekin men o‘sha pulni shu bugun kechqurun olishini bilaman. Bugun uni Kaifaning qasriga chaqirtirishdi. — Obbo, kiriaflik xasis chol-e, — dedi prokurator jilmayib, — chol bo‘lsa kerak-a u? — Prokurator hech qachon yanglishmaydilar, biroq bu safar xatoga yo‘l qo‘ydilar, — nazokat bilan javob qildi mehmon, — Kiriafdan kelgan u odam yosh yigit. — Qarang-a! Siz uni ta’riflab bera olasizmi? Mutaassibdir ? — Yo‘q, aslo, prokurator. — Durust. Yana nima bilasiz? — Husnda barkamol. — Yana? Balkim, biron narsaga ishqibozdir? — Bu ulkan shaharda hammani mufassal o‘rganib chiqish g‘oyat mushkul, prokurator... — E, yo‘q, yo‘q! Afraniy! Kamtarlik qilmang! — U bir narsaga hirs qo‘ygan, prokurator. — Mehmon bir lahzalik sukutga toldi. — Pulni yaxshi ko‘radi. — O‘zining kasbi nima? Afraniy ko‘zini yuqoriga tikib, o‘ylab turdi, so‘ng javob berdi. — U o‘z xeshlaridan birining sarroflik do‘konida xizmat qiladi. — Shunaqa deng, hay, hay, hay. — Shunday deb prokurator jim bo‘lib qoldi, balkonda hech kim yo‘qmikin degandek, atrofga nazar tashladi, so‘ng ovozini pastlab dedi: — Gap bu yokda ekan-da — menga bugun yetkazishdi, uni bugun kechasi pichoqlab ketisharmish. Shunda mehmon qovoqlarini ko‘tarib, prokuratorga har galgidan ko‘proq tikilib qoldi, so‘ng javob qildi: — Siz meni boya judayam maqtab yuborgan edingiz, prokurator. Ma’lum bo‘ldiki, men haqimda Rimda maqtov so‘z aytishingizga munosib emasmen. Zero bu gaplardan men g‘ofilmen. — Siz eng oliy mukofotga loyiqsiz, — deb javob qildi prokurator, — lekin bu ma’lumotlar chindan ham mavjud. — So‘rashga ijozat bering, kim olib keldi bu ma’lumotni ? — Xo‘p desangiz, hozircha bu haqda gapirmasak boz ustiga, u tasodifiy, mavhum va shubhali xabar. Lekin men hamma narsani oldindan ko‘rishim kerak. Vazifam o‘zi shunaqa, ammo, birinchi navbatda, o‘z savqimga ishonishim shart, zero u menga hali hech qachon pand bergan emas. Endi men bilgan ma’lumotga kelsak, Ha-Notsrining maxfiy do‘stlaridan biri anavi sarrofning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan sotqinligidan g‘azabga kelib, o‘z sheriklari bilan til biriktirgan va bugun tunda uni o‘ldirmoqchi, xoinligi uchun olgan pulni esa: «Makruh pulingiz o‘zingizga buyursin!» — degan yozuv bilan hazrati buzrukning qasriga tashlab ketishmoqchi emish. Maxfiy xizmat boshlig‘i shundan keyin igemonga favqulodda qarash qilmay qo‘ydi va ko‘zlarini qisgancha uning gapini tinglashda davom etdi: — Bir tasavvur qiling, — derdi Pilat, — kelib-kelib bayram oqshomida shunday sovg‘a olish hazrati buzrukka xush yoqarmikin? — Xush yoqish qayoqda, — jilmayib turib javob qiddi mehmon. — Mening taxminimcha, prokurator, bu narsa katta janjalga sabab bo‘ladi. — Men ham shunday fikrdaman. Shuning uchun ham sizdan bu ish bilan mashg‘ul bo‘lishingizni, ya’ni kiriaflik Iudani muhofaza qilish uchun barcha choralarni ko‘rishingizni so‘rayman. — Igemonning amri vojib, — deb gap boshladi Afraniy, — ammo men igemonga taskin bermoqchiman: ul badkirdorlar bajarilishi nihoyatda mushkul reja tuzganlar. Axir o‘ylab ko‘ring, — mehmon atrofga bir qarab qo‘yib, yana gapida davom etdi: — Bir kechada odamning payiga tushib, uni pichoqlash, boz ustiga, uning qancha haq olganini bilish, bundan tashqari yana, pulni Kaifaga qaytarib ham berish osonmi? Yana shu bugunning o‘zida-ya? — Shunday bo‘lsa ham, uni bugun bo‘g‘izlab ketishadi, — deb takrorladi Pilat o‘jarlik bilan, — ko‘nglim sezib turipti deb aytdim-ku sizga! Hali hech qachon ko‘nglim menga pand bergan emas, — |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling