Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
174 Voland qo‘lyozmani olib aylantirib ko‘rdi, so‘ng uni bir chetga qo‘yib, indamay, jiddiy qiyofada ustaning yuziga tikildi. Lekin usta negadir tashvishlanib, bezovta bo‘la boshladi, stuldan turib, qo‘llarini qisirlatdi, vujudi dag‘-dag‘ qaltirab olis fazodagi oyga yuzlangancha g‘o‘ldiray boshladi: — Hatto oydin kechada ham menga tinchlik yo‘q, nega axir oromimni buzdinglar? Yo tangrilar, tangrilar... Margarita ustaning egnidagi kasalxona xalatini mahkam changallab olib, o‘zini uning bag‘riga bosdi va yig‘i aralash hasrat bilan g‘o‘ldiradi: — E, xudo, nega, axir, dori senga kor qilmayapti? — Hechqisi yo‘q, parvo qilmang, — deb pichirlardi Korovyov usta atrofida parvona bo‘larkan, — hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q... Yana bir stakan ichvoring, men ham sizga ulfat bo‘laman. Bu galgi stakan oy yog‘dusidan yaraqlab ustaga ko‘z qisganday bo‘ldi va unga yordam berdi. Ustani yana joyiga o‘tqazishdi, bemorning chehrasida endi xotirjamlik alomatlari paydo bo‘lgandi. — Mana, endi hamma narsa ravshan, — dedi Voland va uzun barmog‘i bilan qo‘lyozmaga «to‘q- to‘q» urib qo‘ydi. — Mutlaqo ravshan, — deb tasdiqladi mushuk, gung qoraxayol bo‘lishga so‘z berganini unutib, — bu asarning asosiy mohiyati menga tamomila oydin bo‘ldi. Sen nima deysan, Azazello? — deb yuzlandi u sukut saqlayotgan Azazeloga. — Nima derdim, — dedi u ping‘illab, — seni suvga cho‘ktirib yuborgan baraka topadi. — Rahming kelsin, Azazello, — dedi unga mushuk, — bu shum niyatingni hukmdorimning ko‘ngliga sola ko‘rma yana. Azbaroyi shifo, unda har kecha tepangga xuddi sho‘rlik ustaga o‘xshab oy yog‘dusi libosida kelib, halovatingni buzaman-a. Ana unda holing nima kechadi, a, Azazello? — Qani, Margarita, — deb yana gapga aralashdi Voland, — hamma gapingizni ayting, nima xohlaysiz? Margaritaning ko‘zlari porlab ketib, Volandga iltijo bilan yuzlandi: — Maylimi pichirlashib gaplashib olsak? Voland bosh irg‘atdi, shunda Margarita og‘zini ustaning qulog‘iga olib borib, bir nimalarni pichirladi. Lekin faqat ustaning javobi eshitildi: — Yo‘q, kechikdik. Endi menga hech nima kerak emas. Faqat seni ko‘rib tursam bo‘lgani. Ammo takror aytaman — voz kech mendan. Xarob bo‘lasan men bilan bo‘lsang. — Yo‘q, voz kechmayman, — dedi Margarita va Volandga yuzlandi: — Bizni yana Arbatga tutashgan tor ko‘chadagi o‘z podvalimizga qaytarishingizni iltimos qilaman, yana u yerda lampa- chirog‘imiz ham yonsa, qolgan hamma narsalar ham o‘z o‘rnida bo‘lsa. Bu gapdan usta kulib yubordi va Margaritaning bir vaqtlar sochi jingalak bo‘lgan boshini quchoqlagancha dedi: — Bu sho‘rpeshona ayolning gapiga quloq solmang, messir. O‘sha podvalga allaqachon boshqa odam joylashib olgan, undan keyin, hamma narsani avvalgi holiga qaytarib bo‘lmaydi aslo. — U yuzini mahbubasining sochlari parishon boshiga qo‘yib, uni quchoqladi va: — O, sho‘rlik, sho‘rlik... — deb g‘udrandi. — Qaytarib bo‘lmaydi dedingizmi? — dedi Voland. — Gapingiz to‘g‘ri. Lekin biz urinib ko‘ramiz, Azazello! U shuiday degan edi hamki shiftdan esankiragan telbasifat bir odam «gurs» etib tushdi, uning egnida faqat tungi ko‘ylak-ishton bo‘lib, negadir qo‘lida chamadon, boshida kepkasi bor edi. Bu odam qo‘rqqanidan «qalt-qalt» titrar va nuqul cho‘qqaymoqchi bo‘lganday engashardi. — Mogarichmisiz? — deb so‘radi Azazello osmondan tushgan odamga yuzlanib. — Aloiziy Mogarich, — deb javob qiddi u «dag‘-dag‘» titrab. — Mana bu odamning romani haqida Latunskiy yozgan maqolani o‘qib, «uyida nolegal adabiyotlar saqlayapti», deb shikoyat yozgan sizmidingiz? — deb so‘radi Azazello. Osmondan tushgan grajdanin ko‘karib ketdi, tavbasiga tayanib yum-yum yig‘lay boshladi. — Uning kvartirasiga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘luvdingizmi? — imkoni boricha muloyimroq ohangda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling