Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
173 — Yana! — deb buyurdi Voland. Usta ikkinchi stakanni bo‘shatgandan keyin ko‘zlari jonlanib, ma’noli boqa boshladi. — Ana bu boshqa gap, — dedi Voland ko‘zlarini suzib boqarkan, — endi suhbatlashamiz. Kimsiz? — Endi men hech kim emasman, — dedi usta, shunday deb tirjaygan edi, og‘zi qiyshayib ketdi. — Hozir qaerdan keddingiz? — Hasrat uyidan. Men — jinniman, — dedi mehmon. Bu gapni eshitgan Margarita chiday olmay yana yig‘lab yubordi. Keyin ko‘z yoshlarini artib, chinqirib dedi: — Qanday mudhish so‘zlar! Mudhish so‘zlar! Messir, sizga shuni aytishim kerakki, bu — usta. Uni darddan forig‘ qiling, mehnatingiz zoe ketmaydi. — Siz kim bilan gaplashayotganingizni bilasizmi, — deb so‘radi Voland mehmondan, — hozir kimning huzurida o‘tiripsiz? — Bilaman, — deb javob qildi usta, — jinnixonada Ivan Bezdomniy degan bola yon qo‘shnim edi. O‘sha gapirib beruvdi siz haqingizda. — E-ha, to‘g‘ri, to‘g‘ri, — dedi Voland, — men u yigitcha bilan Patriarx ko‘li bo‘yida uchrashish baxtiga musharraf bo‘lganman. U sal bo‘lmasa meni ham jinni qilib qo‘yayozgan edi, meni yo‘q deb isbotlashga urinib! Ammo siz ishonarsiz, albatta, bu — chindanam men ekanligimga? — Ishonishga to‘g‘ri keladi, — dedi usta, — lekin, ochig‘i, sizni qoraxayol 1 samarasi deb hisoblash tinchroq bo‘lardi. Meni afv eting, — deb ilova qildi usta birdan hushini yig‘ib olib. — Ha, yaxshi, tinchroq bo‘lsa, shunday deb hisoblayvering, — dedi Voland muloyimlik bilan. — Yo‘q, yo‘q, — dedi qo‘rqib ketgan Margarita ustaning yelkasidan ushlab silkitarkan, — esingni yig‘! Ro‘parangda o‘tirgan chindanam o‘sha! Mushuk bu yerda ham oraga suqildi: — Mana, men chindanam qoraxayolga o‘xshayman. Oy shu’lasida yon tomonimdan qarang, — mushuk oy yog‘dusidan paydo bo‘lgan uzunchoq yo‘lakka borib turdi va yana bir nima demoqchi bo‘lib og‘iz juftlagan edi, lekin «ovozingni o‘chir» deb buyurishdi unga, shunda u: — Yaxshi, yaxshi, ovozimni o‘chirdim. Men gung qoraxayol bo‘laman, — dedi va jim qoldi. — Ayting-chi, nega sizni Margarita usta deb ataydi? — so‘radi Voland. Usta miyig‘ida kulib javob qildi: — Uning bu raftorini ma’zur ko‘ring. U men yozgan romanni juda yuksak baholagan edi. — Romaningiz nima haqda? — Pontiy Pilat to‘g‘risida. Shunda shamlarning olov tillari yana tebranib, yelpina boshladi, stoldagi idishlar zirillab ketdi. Voland misoli momaqaldiroqdek qah-qah urib kuldi, ammo uning bu qahqahasidan hech kim cho‘chimadi ham, ajablanmadi ham. Begemot negadir chapak chalib yubordi. — Nima, nima haqda? Kim haqda? — dedi Voland kulishdan to‘xtab. — Shu zamonda-ya? Voajabo! Nima, boshqa mavzu topilmadimi? Qani, ko‘raylik-chi, — Voland kaftini yuqoriga qilib qo‘lini cho‘zdi. — Afsuski, sizga uni ko‘rsatolmayman, — deb javob qiddi usta, — chunki men uni pechkaga qamab yoqib yuborganman. — Kechirasiz-u, ishonmayman bunga, — dedi Voland, — bu mumkin emas. Qo‘lyozmalar yonmaydi. — U Begemot tomonga o‘girilib dedi: — Qani, Begemot, uzat bu yoqqa romanni. Mushuk stuldan «dik» etib turgan edi, hamma uning dasta-dasta qo‘lyozmalar ustida o‘tirganini ko‘rdi. Mushuk eng ustki nusxani ta’zim bilan Volandga uzatdi. Margarita yana hayajondan yig‘lab yuborgudek bo‘lib, dag‘-dag‘ titragancha chinqirib yubordi: — Ana qo‘lyozmang! Ana u! U Voland istiqboliga tashlanib zavq-shavq bilan dedi: — Siz har narsaga qodirsiz, qodirsiz! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling