Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
21 — Sinedrion hukmnomani diqqat bilan o‘rganib chiqdi, shunga ko‘ra Var-ravvanni ozod qilishga ahd qilganini ikkinchi marta xabar qiladi. — Nahotki? Hatto mening iltimosimdan keyin ham-a? Rim hokimiyati nomidan gapiruvchi shaxsning iltimosi ham vojib bo‘lmaydimi? Hazrati buzruk, uchinchi marta takrorla javobingni? — Uchinchi marta ham, Var-ravvanni ozod qilamiz, deb ma’lum qilamiz, — dedi ohista Kaifa. Masala hal bo‘lgan, gapiriladigan boshqa gap qolmagan edi. Ha-Notsri endi dorilbaqoga ketayotgan edi, demak, prokuratorning mudhish va alamli bosh og‘rig‘isini endi hech kim davolay olmasdi; bu dardga o‘limdan boshqa davo yo‘q. Ammo hozir Pilatni hayratga solayotgan narsa bu fikr emas edi. Boya rovonda sodir bo‘lgan o‘sha mubham diqqinafaslik tuyg‘usi uning butun vujudini hamon iztirobga solardi. Shu zahotiyoq u o‘zining bu ahvolini izohlashga urinib ko‘rdi, lekin izoh juda alomat bo‘lib chikdi: prokurator o‘limga mahkum etilgan Ha-Notsri bilan hali nimanidir gaplashib ulgurmagandek, hattoki uning qaysiyam bir fikrini oxirigacha eshita olmagandek his qildi o‘zini. Pilat bu fikrni xayolidan faromush qildi, u qanday tez paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday tez g‘oyib bo‘ldi. Fikrku g‘oyib bo‘ldi, ammo diqqinafaslik hamon mubhamligicha qoldi, zero chaqmoqdek bir chaqnab shu zumda o‘chgan: «Boqiylik... boqiylik boshlandi...» degan boshqa bir qisqagina fikr ushbu holni izohlay olmas edi. Kimning boqiyligi boshlandi? Buni prokurator tushunolmadi, ammo mavhum boqiylik haqidagi mana shu fikr shu jazirama oftob tig‘ida ham uni jun-juktirib yubordi. — Yaxshi, — dedi Pilat, — shunday bo‘la qolsin. Endi u atrof-muhitga ko‘z tashlab, yuz bergan o‘zgarishdan taajjubda qoldi. G‘unchalari g‘arq ochilgan atirgul butasi va yuqori peshayvon atrofida qator tizilib turgan sarv daraxtlari g‘oyib bo‘lgan edi, anor daraxti ham, yam-yashil maysazordagi oq haykal ham, maysazorning o‘zi ham ko‘zdan yo‘qolgan edi. Bu manzaralar o‘rnini qandaydir qirmizi quyqa qoplab, bu quyqada suv o‘tlari mavjlanib, qayoqlargadir siljiy boshlagan, Pilatning o‘zi ham shu o‘tlar bilan birga keta boshlagan edi. Endi eng mudhish alam — ojizlik alami uni o‘t bo‘lib yondirib, qalbini iskanjaga olib, yeldek uchirib borardi. — Siqilib ketyapman, — dedi Pilat, — siqilib ketyapman! U sovuq va nam qo‘li bilan ridosi yoqasidagi to‘qani yechib yuborgan edi, rido sirg‘alib qumloq yo‘lkaga tushdi.— Bugun havo dim, qaerdadir momaqaldiroq bo‘lyapti, — dedi Kaifa prokuratorning qon quyulgan yuzidan ko‘zini uzmay va uning hali yana yuz berajak barcha iztiroblarini ko‘z oldiga keltirib. «O, bu yil iyun oyi g‘oyat mudhish keldi!» — Yo‘q, — dedi Pilat, — havoning dimligidan emas, sen bilan, Kaifa, turganimdan siqilib ketdim, — so‘ng u ko‘zlarini suzib jilmaydida, ilova qildi: — O‘zingni ehtiyot qil, hazrati buzruk. Kaifaning timqora ko‘zlari chaqnab ketdi, boya prokuratorning chehrasida qanday taajjub alomati nujudga kelgan bo‘lsa, endi Kaifaning ham yuzida shunday ajablanish paydo bo‘ldi. — Nimalar deyapsan, prokurator? — mag‘rur va xotirjam ohangda dedi u, — hukm chiqarilgandan keyin tahdid qilyapsanmi menga? Axir uni o‘zing tasdiqlab berding-ku! Quloqlarimga ishonmayapman! Biz Rim prokuratorining avval puxta o‘ylab, so‘ng o‘z fikrini bayon qilishiga ko‘nikib qolganmiz. Ishqilib, suhbatimizni biron kimsa eshitmadimikin, igemon? Pilat hazrati buzrukka o‘lik ko‘zlarini tikdi, tishining oqini ko‘rsatib, jilva qilganday bo‘ldi. — Qo‘ysang-chi, hazrati buzruk! Shu topda, bu srda bizni gapimizni kim ham eshitardi? Nahot men bugun qatl etiladigan anavi sayoq devona yigitga o‘xshasam? Yo go‘dakmidim men, Kaifa? Men qaerda nima deyishimni bilaman. Bog‘ ihota qilin-gan, butun qasr qo‘riqlanmoqda, demak, hatto sichqon ham biron kavakdan kirolmaydi buyoqqa! Naiiki sichqon, hatto anavi, oti pima edi... Kiriaf shahridai chiqqan ham. Aytganday, sen uni taniysanmi, hazrati buzruk? Ha... agar bu yerga o‘shanaqa odam kirib qolgudek bo‘lsa, kirganiga xam ming pushaymon yegan bo‘lardi, bu gapimga endi ishonsang kerak albatta? Xullas, hazrati buzruk, qulog‘innga quyib ol, bugundan e’tiboran sen oromingni yo‘qotasan! Sen ham, qavmlaring ham, — Pilat shunday deb qo‘li bilan o‘ng tomonda, ancha olisdagi do‘nglikda qad ko‘targan ibodatxonaga ishora qildi. — Buni senga men — pontiylik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling