Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 rovonga qaytdi va uni kutib turgan kotibga legion sarkardasini, kohorta tribunini, shuningdek, Sinedrionning ikki a’zosini va jome soqchilari sardorini chaqirishni amr etdi. Ular bog‘ning pastki peshayvonida, favvorali doira suhbatgohda prokuratorning taklifini kutib o‘tirishardi. Pilat kotibga: hozir orqangdan yetib boraman, deb o‘zi qasr ichkarisiga yo‘l oldi. Kotib kengash ahlini yig‘ish bilan band bo‘lgan paytda prokurator qora darpardalar bilan oftobdan to‘silgan xonada qandaydir bir odam bilan uchrashdi; garchi xonaga quyosh shu’lasi tushmayotgan bo‘lsa ham, begona odamning yarim yuzi boshidagi qaytarma qalpoq bilan to‘silgan edi. Bu uchrashuv nihoyatda qisqa bo‘ldi. Prokurator bu odamga pichirlab bir-ikki og‘iz so‘z aytdi, shundan keyin u xonadan g‘oyib bo‘ldi, Pilat esa ustunlar orasidan o‘tib boqqa chikdi. Bu yerda prokurator hamma taklif qilingan odamlar ishtirokida, Ieshua Ha-Notsri ustidan chiqarilgan o‘lim hukmini tasdiqlaganini tantanavor ohangda, ammo quruqqina qilib ta’kidladi va rasmiyatchilik yuzasidan, jinoyatchilardan qay birini o‘limdan asrab qolishni ma’qul ko‘rasizlar, deb savol berdi Sinedrion a’zolariga. «Var-ravvan-ni», degan javobni eshitib: — Juda yaxshi, — dedi prokurator va kotibga darhol buni qayd qilib qo‘yishni buyurdi, so‘ng kotib yerdan olib bergan ridosining tasmasini g‘ijimlagancha tantanali ohangda dedi: — Vaqt bo‘ldi! Shundan keyin, bu yerda hozir bo‘lganlarning hammasi ikki tomoniga odamning hushini olgudek o‘tkir hid taratuvchi atirgul butalari zich o‘tqazilgan keng marmar zinadan pastga — qasr darvozasi sari tusha boshladilar. Bu darvozadan sahni tep-tekis keng maydonga chiqilardi. Maydonning narigi boshidagi Yershalaim janggohiga o‘rnatilgan mahobatli ustunlar va marmar haykallar bu zinadan yaqqol ko‘rinib turardi. Akobirlar guruhi maydonga chiqib, hammayoqdan ko‘zga birday yaqqol tashlanuvchi sahni keng tosh supaga ko‘tarildi. Pilat suzuk ko‘zlari bilan atrofga nazar tashlab chiqib, darhol vaziyatga tushundi. U hozirgina bosib o‘tgan masofa, ya’ni qasr darvozasidan to tosh supagacha bo‘lgan oraliq bo‘m-bo‘sh edi, lekin supaning old tomonidagi maydon sahni Pilatga ko‘rinmadi — uni olomon bosib ketgan edi. Agarda Pilatning chap tomonida Sebastiya askarlari uch qator bo‘lib, o‘ng tomonda itureyalik ko‘makchi kohorta navkarlari saf tortib, tosh supa bilan uning ortidagi bo‘sh masofani qo‘riqlab turishmaganda, olomon bu joylarni ham qamrab olgan bo‘lardi. Shunday qilib, Pilat nokerak to‘qani mushtida siqib, qisiq ko‘zlari bilan atrofga olazarak bo‘lib qaragancha supaga ko‘tarildi. Lekin uning ko‘zlari oftob shu’lasidan qisilmagan edi, yo‘q! Prokurator, negadir, o‘limga mahkum etilganlarni ko‘rishni xohlamas edi: bilardiki, hozir uning orqasidan o‘sha jinoyatchilarni ham supaga chiqara boshlashgan. Ulkan toshqoya boshida, odamlar dengizi qirg‘og‘ida to‘q-qizil astarli oq rido paydo bo‘lishi bilan, ko‘zi hech narsa ko‘rmayotgan Pilatning qulog‘iga «A-a-a...» degan tovush to‘lqini kelib urildi. Hiipodrom yokda dunyoga kelgan bu sado avvaliga bazo‘r eshitildi, so‘ng momaqaldiroq singari bir necha soniya guddirab tur-di-da, keyin yana pasaya boshladi. «Meni ko‘rishdi», — deb o‘yladi prokurator. Shovqin to‘lqini susayib, tinish darajasiga yetganda to‘satdan yana kuchaya boshla-di va bu gal avvalgisidan ham balandroq avjga chiqdiki, xuddi dengiz dolg‘asi sathida ko‘piklar paydo bo‘lgani kabi bu suron orasidan hushtak sadosi va gul-diros shovqin orasidan elas-elas quloqqa chalinuvchi ayollar fig‘oni eshitildi. «Mahbuslarni supaga olib chiqishdi... — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Pilat, — olomon men sari talpinganda bir necha ayolni bosib, yanchib yuborgan bo‘lsa kerak, bu — o‘shalarning nolasi». U sukut saqlab bir oz kutib turdi, zero olomon yuragidagi butun hovurni to‘kib solib, o‘zi tinchimaguncha, uni hech qanday kuch tinchita olmasligini Pilat bilardi. Nihoyat shunday fursat keddi. Prokurator o‘ng qo‘lini yuqori ko‘targan edi, olomonning oxirgi sasi ham o‘chdi. Shunda Pilat ko‘kragiga imkoni boricha ko‘proq issiq havo olib shunday chinqirdiki, uning xirillagan ovozi ming-minglab odamlarning boshi uzra yangradi: — Qaysar imperator nomi bilan! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling