Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
Uchinchi bob
YeTTINCHI DALIL — Ha, ertalabki soat o‘nlar edi, muhtaram Ivan Nikolaevich, — dedi professor Shoir endigina uyqudan uyg‘ongan odamdek, qo‘li bilan yuzini siladi va shundagina Patriarx ko‘li bo‘yida qosh qoraya boshlaganini sezdi. Hovuz suvi qoramtir tusga kirgan, uning sathida yengil qayiq suzardi, eshkaklarning suvni shapillatgani, qayiqda o‘tirgan ayolning hiringlab kulgani eshitilardi. Xiyobonlardagi skameykalarda odamlar paydo bo‘lipti, lekin ular ko‘lning ham-suhbatlarimiz o‘tirgan tomonidagi xiyobonlardagina ko‘rinishardi. Moskva osmoni xiyla oqargan, samodagi to‘lin oy yaqqol ko‘zga tashlanib turardi, ammo u hali zarrin libos kiymagan, ogshoq edi. Nafas olish ancha yengil-lashdi, jo‘ka ostida o‘tirganlarning ovozi oqshomona, mayin eshitila boshladi. «Butun boshli qissa to‘qib tashlapti-yu, men qanday qilib sezmay qoldim-a?.. — deb o‘yladi Bezdomniy hayratlanib. — Ana, kech ham kiripti! Balki qissani u aytmagandir, ehtimol uxlab qolgandirmanu tushimga kirgandir?» Biroq qissani professor hikoya qildi deb faraz qilishga to‘g‘ri keladi, aks holda, bu qissa Berliozning ham tushiga kirgan deb o‘ylash kerak bo‘ladi, negaki u ajnabiy odamning yuziga diqqat bilan tikilib turib bunday dedi: — Qissangiz nihoyatda maroqli, professor, garchi u «Injil» rivoyatlarining birontasiga ham mutlaqo to‘g‘ri kelmasa-da. — Afv etasiz, — dedi professor ko‘ngilchanlik bilan jilmayib. — Injilda yozilgan hikoyatlarning hech biri, hech qachon bo‘lmagan ekanligini boshqalar bilmaganda ham, siz bilishingiz lozim, binobarin, agar biz «Injil»ga tarixiy manba sifatida yondashadigan bo‘lsak... — deb u yana jilmaydi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling