Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 hech yerda ko‘rinmasdi. Shunda Ivan o‘ziga o‘zi qat’iyat bi-lan dedi: — Turgan gapki, u Moskva daryosida! Olg‘a! Ivan Nikolaevichdan, nima uchun siz professorni aynan Moskva daryosida deb o‘ylayapsiz, deb so‘ralsa yaxshi bo‘lardiya, ammo hamma balo shunda ediki, bu savolni beradigan odamning o‘zi yo‘q edi. Manfur tor ko‘cha huvillab yotardi. Oradan xiyolgina vaqt o‘tar-o‘tmas Ivan Nikolaevichni Moskva daryosi sohilidagi tosh zinada ko‘rish mumkin edi. U darhol kiyim-boshini yechib, yirtiq oq ko‘ylak va titilib ketgan, ipsiz, bir juft botinka oldida qo‘lbola papiros chekib o‘tirgan, soqoli xushsurat odamga topshirdi. Shundan so‘ng u qo‘llarini silkib terini qotirdi-da, suvga kalla tashladi. Suv shu qadar sovuq ediki, Ivanning dami qaytib ketdi, hatto endi suv betiga suzib chiqolmasam kerak, degan fikr ham ko‘nglidan lip etib o‘tdi. Lekin, xayriyat, suzib chikdi va pishqirib, ko‘zlari qinidan chiqqudek chaqchaygancha, hansirab neft hidi kelib turgan qop-qora suv betida sohildagi chiroqlar tomon suza boshladi. Suvning sovuqligidan diydiragan Ivan sohildagi pillapoyalardan boya kiyimini yechib qoldirgan soqolli odam oldiga chiqa boshladi, qarasa, nafaqat kiyimlarini, shuningdek, soqolli odamning o‘zini xam o‘g‘irlab ketishipti. Aynan o‘sha kiyim yechilgan yerda erkaklarning yo‘l-yo‘l ichki ishtoii, yirtiq uzun ko‘ylak, sham, kichkina qog‘oz sanam va bir quti gugurt qolgan edi. Ivan musht do‘laytirib zaif g‘azab bilan kimgadir po‘pisa qildi-da, so‘ng shu tashlandiq kiyimni kiya boshladi. Hozir uni ikki mulohaza: birinchidan, hamisha o‘z yonida olib yuradigan MASSOLIT guvohnomasining g‘oyib bo‘lgani, ikkinchidan, shu ahvolda Moskva ko‘chasidan o‘tsa bo‘larmikin degan mulohaza bezovta qila boshlagandi. Nima bo‘lgandayam ichki ishton-da..sirasini olganda, kimning nima ishi bor-a... ishqilib biron kor-hol bo‘lib, unga xalal bermasa bo‘lgani. Ivan, shoyad yozlik shimga o‘xshab ko‘rinsa, degan niyatda ishton pochasidagi tugmalarni uzib tashladi, kuliga kichkina ikonani, sham va gugurtni olib, yo‘lga gusharkan, o‘ziga-o‘zi dedi: — Griboedovga! Shak-shubhasiz u o‘sha yerda. Shahar oqshomgi hayot og‘ushida edi. Platformalarni shatakka olgan yuk mashinalari ko‘cha changitib, zanjirlarni sharaqlatib o‘tishar, platformalarga ortilgan qoplar ustida qandaydir erkaklar chalqancha tushib yotardilar. Hamma yerda derazalar lang ochiq edi. Shu derazalarning har bittasidan to‘q-sariq abajurli chiroq yonib turgani ko‘rinar va hamma derazalar, hamma eshiklar, darvozaxonalaru tomlardan, podvalu chordoqlardan, hamma-hamma hovlidan «Yevge-niy Onegin» operasida ijro etiladigan polonez bo‘g‘iq eshitilardi. Ivan Nikolaevich bekorga xavotirlanmagan ekan: o‘tgan ham, ketgan ham o‘girilib uni kuzatib qolardi. Natijada u katta ko‘chalarni tark etib, jinko‘chalardan yurishni ma’qul ko‘rdiki, bu yoqlardagi odamlarning uncha xiralik qilmasligiga, shimga hech o‘xshagisi kelmayotgan ichki ishton kiygan, yalangoyoq odamni to‘xtatib, surishtiradigan kishi uchramasligiga ko‘proq ishonsa bo‘lardi. Ivan ham shunga amal qilib, Arbatning o‘rgimchak ini singari har tomonga taralgan tor ko‘chalariga sho‘ng‘idi va dam o‘tmay atrofga qo‘rqa-pisa ko‘z qiri-ni tashlab, orqasiga o‘girilib qarab, gohida uylarning yo‘laklariga yashirinib, svetoforlar qo‘yilgan chorrahalardan, elchixona binolarining muhtasham darvozalaridan o‘zini uzoqroq olib, devorlar yoqalab yurib ketdi. Lekin u qaerda bo‘lmasin, orkestr jo‘rligida Tatyanaga muhabbat izhor qilib ariya ijro etayotgan salobatli yo‘g‘on ovoz uni ta’qib qilib, negadir qattiq iztirobga solardi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling