Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
biletiga muyassar bo‘lishni, turgan gapki, o‘shal yozuvchilik iste’dodisiz orzu ham qilib bo‘lmasdi. 
Qani, hasadni yoqlab kim bir og‘iz so‘z ayta oladi? Hasad eng razil hissiyot toifasidandir, lekin 
shunga qaramay, Griboedovga kelgan mehmonning ahvoliga tushunish kerak. Chunki u yuqori qavatda 
ko‘rgan narsalar hali daryodan tomchi. Uyning birinchi qavatini butunicha restoran ishg‘ol etgan edi. 
Yana — restoranmisan, restoran! Vijdonan gapiriladigan bo‘lsa, butun Moskvada eng yaxshi restoran 
hisoblanardi u. Griboedov nainki qubbali shiftlariga ayyoorona yolli nafarmon otlarning tasviri 
solingan ikkita ulkan zalga joylashgani bilan, nainki bu yerdagi har bir stolchaga shol ro‘mol soyavonli 
chiroqlar o‘rnatilgani bilan, nainki unga kirish har qanday o‘tkinchiga nasib bo‘lavermagani bilan, 
shuningdek, bu yerda tayyorlanadigan ovqatlarning sifati bilan ham Moskvadagi har qanday manaman 
degan restoranni bir cho‘qishda qochirardi, buning ustiga, bu yerda taomlar kishiga malol kelmaydigan 
bahoda tortilardi. 
Shunga ko‘ra Griboedovning cho‘yan panjarasi yonida mazkur kitob mualliflarining qulog‘iga 
chalingan quyidagi haqqoniy suhbatning hech ajablanarli yeri yo‘q bo‘lsa kerak: 
— Bugun qaerda kechlik qilasan, Amvrosiy? 
— Qaerda bo‘lardi, albatta shu yerdada, azizim Foka! Archibald Archibaldovich bugun kechlikka 
portsiya-portsiya qilib tayyorlangan anatyurel
7
 olabug‘a baliqlari bo‘ladi deb shipshidi menga. Quling 
o‘rgilsin narsada o‘ziyam! 
— Yashashning yo‘lini bilasan-da, Amvrosiy! — xo‘rsinib qo‘yib dedi abgor kiyingan, bo‘yniga 
ho‘ppoz oshgan, cho‘pdek oriq Foka yuzlari do‘mboq, lablari durdoq, sochi oltinrang, barvasta qomat 
shoir Amvrosiyga. 
— Aytarli hech qanday yo‘lni bilmayman, — dedi e’tiroz bilan Amvrosiy, — faqat odamlarday 
yashashni xohlayman, xolos... 
— Uydayam pishirsa bo‘ladi-ku, o‘sha ovqatni, — deb miyilladi Foka. 
 — Salomatliklari kerak, — deb do‘rilladi Amvrosiy, — uyda o‘sha anatyurel olabug‘a balig‘ini 
xotining umumiy oshxonada kastryulda pishiradimi? Qoyil-e! Hi-hi-hi!.. Orevuar, Foka! — shundan 
keyin Amvrosiy qo‘shiq xirgoyi qilgancha soyabon ostidagi yozlik restoranga yo‘l oldi... 
Yetar, kitobxon, mavzudan chiqib ketdik! Qani, yana izimdan olg‘a! 
O‘sha Berlioz halok bo‘lgan kuni kechqurun soat o‘n yarimda Griboedovning yuqori qavatida faqat 
bitta xona yoritilgan bo‘lib, u yerda majlisga to‘plangan o‘n ikki nafar adabiyotchi Mixail 
Aleksandrovichning kelishini kutib, zerikib o‘tirardi. 
MASSOLIT Pravleniesi xonasida stullarda, stollarda, hatto ikki deraza raxida o‘tirganlar havoning 
dimligidan qiynalardilar. Ochiq derazadan qilt etgan shabada kirmas edi. Moskva kun bo‘yi asfalt 
singdirgan haroratni qaytarar, tunda ham havoning tafti pasaymasligi ko‘rinib turardi. 
Uyning podvaliga joylashgan oshxonadan piyoz hidi keldi, shunda xonada o‘tirganlarning tomog‘i 
qaqrab, hammalari tajang bo‘lib, achchiqlana boshlashdi. 
Durustgina kiyingan, yuvosh tabiat, ko‘zlari ziyrak va ayni paytda bejo belletrist Beskudnikov 
yonidan soatini chiqardi. Soat mili o‘n birga borib qolgan edi. Beskudnikov tsiferblatga chertib qo‘yib, 
uni shoir Dvubratskiyga ko‘rsatdi, u stol chekkasida tagi rezina sariq tufli kiygan oyoqlarini likillatib 
o‘tirardi. 
— Voy-bo‘-o‘, — deb g‘o‘ldiradi Dvubratskiy. 
— Yigitchamiz Klyazmada ushlanib qolgan-ov, — dedi do‘rillagan ovoz bilan Nastasya Lukinishna 
Nepremenova. Bu adiba moskvalik bir savdogarning yetimchasi bo‘lib, «Shturman Jorj» taxallusi bilan 
dengiz jangi haqida hikoyalar yozardi. 
— Axir bu insofdan emas-da! — deb dangal gapirdi taniqli sketchlar

muallifi Zagrivov. — Hozir 
men ham, bu yerda dimiqib o‘tirgandan ko‘ra, o‘z balko-nimda mazza qilib choy ichib o‘tirgan 
bo‘lardim. Axir majlis soat o‘nga chaqirilgan emasmidi? 
                                                      
7
 Anatyurel (fr.) - tabiiy, haqiqiy. 
8
 Sketch - kichik hajmdagi hajviy qissa. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling