Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
ko‘rib qoldi. Bir zum o‘tmay Ivanning o‘zi ham o‘sha yerga borib qoldi. Lekin yana omadi yurmadi. 
Shoir qadamini ildamlatdi ham, yo‘lovchilarni turtib-surtib lo‘killab chopa boshladi ham, lekin baribir 
professorga bir qarich ham yaqinlasha olmadi. 
Ivan, ko‘ngli nechog‘liq g‘ash bo‘lmasin, ta’qibning g‘ayritabiiy tezlikda o‘gayotganidan hayratda 
edi. Ivan Nikolaevich Nikita qopqasida bo‘lgandan keyin oradan yigirma soniya ham vaqt o‘tmay, 
darrov Arbat maydoniga yetib olib, son-sanoqsiz chiroqlardan ko‘zi qamashib ketdi. Yana bir necha 
soniya o‘tdi-yu, Ivan Ni-kolaevich o‘zini yo‘lkalari qiyshayib ketgan qop-qorong‘i bir tor ko‘chada 
ko‘rdi — bu yerda u birdan gurs etib yiqilib, tizzasini qonatvoldi. Yana charog‘on magistral — 
Kropotkin ko‘chasi, keyin tor ko‘cha, undan keyin Ostojenka va yana xilvat, irkit, g‘ira-shira yoritilgan 
tor ko‘cha. Ana shu yerga kelganda Ivan Nikolaevich o‘sha nihoyatda zarur bo‘lgan odamni butunlay 
ko‘zdan qochirib qo‘ydi. Professor g‘oyib bo‘lgan edi. 
Ivan Nikolaevich esankirab qoldi, lekin bu hol ko‘pga cho‘zilmadi, chunki birdan uning ko‘ngliga, 
professor albatta 13-uyning, muqarrar 7-kvartirasiga kirgan bo‘lishi kerak, degan fikr keldi. 
Ivan Nikolaevich shu 13-uyning pod’ezdiga o‘kday otilib kirib, ikkinchi qavatga uchib chiqdi, 
darhol ko‘zlagan kvartirasini topib, betoqatlik bilan qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Sal vaqt o‘tmay 
eshikni besh yoshlar chamasidagi bir qizaloq ochdi, lekin kelgan amakidan hech nima so‘ramay, shu 
zahoti orqasiga o‘girildiyu, qaysiyam bir xonaga kirib ketdi. 
Qora is bosgan baland shift ostida burchakka o‘rnatilgan kichkinagina lampochka bilan xiragina 
yoritilgan hayhotday, mutlaqo qarovsiz bu dahlizda sirtiga temir qoplangan bahaybat quti turar
devorga shinalari olingan velosiped osilgan, veshalka tokchasida yotgan qalpoqning uzun qulog‘i 
osilib turardi. Bu yerdagi xonalardan birida radioapparatdan bir erkakning jarangdor va serzarda ovoz 
bilan qichqirib she’r o‘qiyotgani eshitilardi. 
Ivan Nikolaevich bu notanish vaziyatda aslo sarosimaga tushmay: «U, albatta, vannaxonaga 
yashiringan bo‘lishi kerak», degan mulohaza bilan to‘g‘ri yo‘lak tomon otildi. Io‘lak qop-qorong‘i zdi. 
Ivan devorga urilib borarkan, bir eshik ostidagi tirqishdan tushib turgan xiragina yorug‘ga ko‘zi tushdi, 
paypaslab eshikning bandini topdida, uni kuch bilan o‘ziga tortdi. Eshikning ilgagi chiqib ketib, Ivan 
chindanam vannaxonaga kirib qoldi, shunda u, omadim bor ekan, deb ko‘nglidan o‘tkazdi. 
Biroq omad Ivan kutganchalik kulib boqmadi! Uning dimog‘iga nam iliq havo urild,i, so‘ng u 
kolonkada milt-milt yonayotgan cho‘g‘ yorug‘ida bu yerda devorga osilgan kattakon tog‘orani va siri 
ko‘chib, hammayog‘i qora dog‘ bo‘lib ketgan vannani ko‘rdi. Vannada boshdan-oyoq sovun ko‘pigiga 
burkangan, qo‘liga mochalka ushlagan yalang‘och bir bir ayol turardi. U uzoqni ko‘rolmaydigan 
ko‘zlarini suzib Ivanga qaradi, lekin bu jahannamona qorong‘ida uni tanimadi shekilli, sho‘x ohangda, 
past ovoz bilan dedi: 
— Kiryushka! Aynimang! Nima, esingizni yedingiz-mi?.. Hademay Fyodor Ivanovich kelib qoladi. 
Chiqib keting hoziroq! — shunday deb u Ivanga mochalka silkidi. 
Turgan gapki, anglashilmovchilik yuz bergan zdi, buniig sababchisi Ivan Nikolaevich edi, albatta. 
Lekin u o‘z aybiga iqror bo‘lishni istamadi va ta’na bilan: «Voy, buzug‘-e!..» dediyu shu zahoti 
negadir oshxonaga kirib qoldi. Bu yerda hech zog‘ yo‘q edi, o‘ntacha primus plita ustida, qorong‘ida 
gung turardi. Yillab changi artilmagan deraza oynasidan tushgan oy shu’lasi chang va isda qolib 
tamoman unutilgan sanam osilgan burchakni g‘ira-shira yoritib turardi, sanam ramkasi orqasidan bir 
juft nikoh shamining uchi chiqib turardi. Bu katta sanam ostiga kichkina — qog‘oz sanam qadab 
qo‘yilgan edi. 
Ivan orqa eshikdan chiqib ketish oldidan bitta sham bilan qog‘oz sanamni olivoldi, ammo bu raftori 
bilan nima maqsadni ko‘zlaganini hech kim ayta olmas edi. U allanimalar deb g‘o‘ldirab begona 
kvartirani tark etarkan, hozirgina vannaxonada o‘zi shohid bo‘lgan hodisani eslab xijolat bo‘ldi-yu, 
o‘sha surbet Kiryusha kim bo‘ldiykin, anavi jirkanch quloqchin qalpoq o‘shaniki emasmikin, deb 
beixtiyor ko‘nglidan o‘tkaza boshladi. 
Shoir huvillagan, bequt tor ko‘chaga chiqqach, qochoqni qidirib atrofga ko‘z yugurtirdi, ammo u 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling