Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

Beshinchi bob 
 
BU GRIBOYeDOVDA BO‘LGAN EDI 
 
Sarg‘ish rangga bo‘yalgan bu ikki qavatli qadimiy uy aylanma xiyobon yoqasiga, atrofi cho‘yan 
panjara bilan o‘ralgan, daraxtlari majmag‘il bog‘ etagiga joylashgan edi. Uy oldidagi mo‘‘jazgina 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
maydoncha asfaltlangan bo‘lib, qishda bu yerga qor tog‘ qilib uyilib, tepasiga kurak botirib qo‘yilar, 
yoz paytida esa bu sahn kanop soyabon ostida yozlik restoranning eng muhtasham bo‘limiga aylanardi. 
Bu uy «Griboedov uyi» deb atalardi, bunga sabab, go‘yo bir vaqtlar adibning, ya’ni Aleksandr 
Sergeevich Griboedovning xolasi shu uy sohibasi bo‘lgan emish. Lekin chindanam shunday bo‘lganmi, 
yo‘qmi — aniq aytolmaymiz. Aslida, Griboedovning uy sohibasi bo‘lgan hech qanday xolasi yo‘q edi 
bilishimcha... Lekin shunga qaramay, bu uyni shu nom bilan atardilar. Shunisiyam borki, agar 
moskvalik bir yolg‘onchining gapiga ishonsak, bu uyning ikkinchi qavatidagi serustun doira zalda 
mashhur yozuvchi yumshoq divanda yastanib o‘tirgan o‘sha xolasiga o‘zining «Aqllilik balosi» 
asaridan parcha ham o‘qigan emish. Lekin kim bilsin, o‘qigan bo‘lsa o‘qigandir ham, muhimi bu emas! 
Muhimi shuki, hozirgi paytda bu uyning sohibi o‘sha MASSOLIT ediki,  baxtiqaro Mixail 
Aleksandrovich Berlioz Patriarx ko‘li bo‘yiga borgunga qadar shu tashkilotga boshchilik qilar edi. 
MASSOLIT a’zolarining sharofati bilan bu uyni hech kim «Griboedov» deb atamas, balki hamma 
qisqagina qilib «Griboedov» derdi: «Kecha men Griboedovda ikki soat xonama-xona sandiroqlab 
yurdim». «Xo‘sh, qalay?» «Yaltaga bir oylik putyovka undirdim». «Boplabsan!» Yoki: «Berliozning 
oldiga bor, bugun u to‘rtdan oltigacha Griboedovda qabul qiladi...» va hokazolar. 
MASSOLIT Griboedovga juda qulay va yaxshi joylashgan edi. Griboedovga kirib kelgan har bir 
odam birinchi navbatda beixtiyor har xil sport to‘ga-raklarining e’lonlari bilan, shuningdek, ikkinchi 
qavatga olib chiqadigan zina devorlariga osilgan MASSOLIT a’zolarining gruppa-gruppa va yakka-
yakka bo‘lib tushgan fotosuratlari bilan tanishardi. 
Ikkinchi qavatdagi birinchi xona eshigiga yirik harflar bilan «Baliq ovi va dala hovli sektsiyasi» deb 
yozilgan bo‘lib, yozuv ostiga qarmoqqa ilingan to-vonbaliqning rasmi chizilgan edi. 
2 raqamli xona eshigiga xiyla g‘aliz gap yozilgan edi: «Bir kunlik ijodiy putyovka. M. V. 
Podlojnyaga
 
murojaat qilinsin». 
Undan keyingi eshikdagi yozuv qisqa bo‘lsa ham mutlaqo tushunib bo‘lmasdi: «Pereligino». 
«Griboedov»ga tasodifan kirib qolgan odam shu yozuvdan keyin adib xolasining yong‘oq yog‘ochidan 
yasalgan eshiklariga qoqilgan turli-tuman yozuvlarni ko‘rib hang-mang bo‘lib qolardi: «Qog‘oz 
olmoqchi bo‘lganlarni Poklyovkina navbatga yozadi», «Kassa», «Sketch yozuvchilar uchun xususiy 
haq to‘lanadi»... 
Pastda, binoga kiraverishdan boshlangan uzundan-uzun navbatda turganlarni yoqalab borgan odam: 
«Uy-joy masalasi» deb yozilgan, odamlar to‘xtovsiz kirib-chiqib turgan eshikka borib to‘xtardi. 
Uy-joy masalasi ko‘riladigan xonadan keyin g‘oyat hashamatli plakat ko‘zga tashlanardi, bu 
plakatda baland qoya, uning cho‘qqisida yelkasiga miltiq ilib, ot choptirib ketayotgan chakmonli 
suvoriy tasvirlangan edi. Undan pastroqda — palmalar soyasidagi peshayvonda qo‘liga avtoruchka 
ushlagan kokildor bir yigit judayam o‘tkir ko‘zlarini olis-olis fazoga tikib o‘tirardi. Bu tasvir ostiga 
shunday so‘zlar yozilgan edi: «Ikki haftadan (hikoya, novella) bir yilgacha (roman, trilogiya) to‘laqonli 
ijodiy otpuskalar beriladi. Yalta, Sovuq Suv, Borovoe, Sixidziri, Maxipjauri, Leningrad (Qishki 
saroy)». Bu eshik oldida ham pavbat-da turganlar bor edi, lekin judayam ko‘p emas, taxminan yuz 
elliktacha kelardi. 
Bu yerdan o‘tib, Griboedov uyining serhashamat muyulishlaridan, pastu baland yo‘laklaridan 
borgan odam: «MASSOLIT Pravleniesi», «Kassalar № 2, 3, 4, 5», «Redaktsioi kollegiya», 
«MASSOLIT raisi», «Bilyardxona» deb yozilgan eshiklardan o‘tar, shuningdek, MASSOLITning 
turli-tuman qo‘shimcha idoralarni, nihoyat, yuqorida nomi zikr etilgan xola buyuk jiyanining 
komediyasini huzur bilan tinglagan o‘sha serustun zalni ko‘rardi. 
«Griboedov»ga kirgan har bir odam, agar unda zig‘ircha fahm-farosat bo‘lsa, MASSOLIT 
a’zolarining qanday baxtiyor hayot kechirishini bir qarashda fahmlab olardi, fahmlardiyu, shu zahoti 
uning ichini hasad mushuk bo‘lib timdalardi. Shu zahoti u, tug‘ilganimda nega menga ham yozuvchilik 
iste’dodini ato etmading, degandek achchiq ta’na to‘la ko‘zlarini ko‘kka tikardi, zero, MASSOLIT 
a’zosining butun Moskva taniydigan, xushhid, asl nav charm qoplangan zarhal hoshiyali jigarrang 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling