Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
41 — Aha, — dedi vrach, — nimaga shoshilgandingiz? Biron ish yuzasidan uchrashuvingiz bormidi? — Konsultantni qidirib yuribman, — javob qildi Ivan Nikolaevich va bezovtalanib olazarak bo‘ldi. — Qanaqa konsultantni? — Siz Berliozni bilasizmi? — so‘radi Ivan ma’nodor ohangda. — Haligi... kompozitornimi? Ivanning ta’bi tirriq bo‘ldi. — Qanaqa kompozitor? E, ha, yo‘q! yo‘q! Kompozitor — Misha Berlioz bilan familiyadosh! Ryuxinning gapirishdan hafsalasi pir bo‘lgan edi, ammo izoh berishiga to‘g‘ri keldi. — MASSOLIT sekretari Berliozni bugun kechqurun Patriarx ko‘li yaqinida tramvay bosib ketdi. — Bilmagan narsangni gapirma! — dedi Ivan Ryuxindan achchig‘lanib, — sen emas, men shohidman bunga! U Mishani ataylab tramvayga ro‘para qildi! — Itarib yubordimi? — Nega endi «itarib yuborarkan?» — dedi odamlarning befarosatligidan achchig‘i chiqqan Ivan, — uning uchun itarvorishning hech hojati yo‘q! Uning qo‘lidan shunaqangi nayranglar keladiki, ehtiyot bo‘lmasang, holing xarob! U Berliozning tramvay tagiga tushishini oldindan aytib bergan edi! — Sizdan boshqa yana hech kim ko‘rdimi o‘sha konsultantni? — Hamma balo shunda-da, men bilan Berliozdan boshqa hech kim ko‘rgani yo‘q uni. — Hm. Xo‘sh, o‘sha qotilni qo‘lga olish uchun qanday choralar ko‘rdingiz? — shunday deb turib vrach bir chekkada, stol yonida o‘tirgan, oq xalat kiygan ayol to-monga o‘tirildi. Ayol bir varaq qog‘oz olib, uning bo‘sh grafalarini yozuv bilan to‘ldira boshladi. — Men ko‘rgan chorami? Oshxonadan sham olib oldim... — Manavinimi? — deb so‘radi vrach ayol oldida stolda qog‘oz ikona bilan yonma-yon yotgan, mayishib ketgan sham bo‘lagini ko‘rsatib. — Ha, shuni, keyin... — Ikona nimaga kerak bo‘lib qoldi? — Darvoqe, ikona... — Ivan qizarib ketdi, — hammadanam shu ikona ko‘proq cho‘chitib yubordi uni, — Ivan yana barmog‘i bilan Ryuxinga ishora qildi. — Gap shundaki, o‘sha konsultant, ochig‘ini aytadigan bo‘lsak... ins-jinslar bilan topishgan... uni osonlikcha qo‘lga olib bo‘lmaydi. Sanitarlar negadir Ivandan ko‘zlarini uzmagancha qo‘llarini yonlariga tushirib g‘oz turishardi. — Ha, shunaqa, — deb gapida davom etdi Ivan, — jinlar bilan topishgan. Bu dalilni aslo rad qilib bo‘lmaydi. U Pontiy Pilat bilan shaxsan suhbatlashgan ekan. E, bunaqa hayron bo‘lib qaramang menga! Gapim rost! Hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘ripti — rovonni ham, palmalarni ham. Xullas, u Pontiy Pilatning huzurida bo‘lgan, bunga men kafilman. — Xo‘sh, xo‘sh.... — Qisqasi, men qog‘oz ikonani ko‘kragimga qadadimu uni quvib ketdim.... Shu payt birdan soat ikkiga jom chaldi. — O‘h-ho‘! — deb yubordi Ivan divandan turarkan, — soat ikki bo‘liptiyu, men bo‘lsam sizlar bilan valaqlashib o‘tiribman! Kechirasiz, telefon qaerda? — Telefonga o‘tkazib yuboringlar, — deb buyurdi vrach sanitarlarga. Ivan bora solib trubkani qo‘liga oldi, bu payt sanitar ayol Ryuxindan ohista so‘radi: — Uylanganmi? — Bo‘ydoq, — qo‘rqa-pisa javob qildi Ryuxin. — Kasabachilar uyushmasi a’zosimi? -Ha. — Militsiyami? — deb baqirdi bu payt Ivap trubkaga, — militsiyami? O‘rtoq navbatchi, darhol buyruq bering, ajnabiy konsultantni tutish uchun pulemyot o‘rnatilgan beshta mototsiklet yuborishsin. Nima? Kelib meni olib keting, o‘zim sizlar bilan boraman... Menmi? Shoir Bezdomniyman, jinnixonadan gapir-yapman... Manzilinglar qanaqa? — pichirlab so‘radi u doktordan telefon trubkasini kafti bilan bosib turib, keyin yana trubkaga qichqirib gapira boshladi: — Eshityapsizmi? Allo!.. Yaramaslar! — birdan baqirib yubordi Ivan va trubkani devorga uloqtirdi. Keyii u vrach tomonga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling