Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
qaramay, yuk mashinasida chekkan yo‘l azobidan keyin, restoran xo‘jayinining yuziga endi birinchi 
marta tikilib qaradi, garchi Archibald Archibaldovich Bezdomniyning ahvolini surishtirayotgan, hatto 
«voy bechora-e!» — deb achinayotganday bo‘lsa ham, aslida Bezdomniyning taqdiri uni mutlaqo 
qiziqtirmayotgani, unga tariqcha ham achinmayotganini Ryuxin birinchi marta aniq his qila boshladi. 
«Qoyilman! To‘g‘ri qilasan!» — deb o‘yladi Ryuxin hayosizlarcha va g‘ajib tashlagudek adovat bilan
so‘ng shizofreniya haqida gapirishdan to‘xtab, iltimos qildi: 
— Archibald Archibaldovich, qittay araq ichsam devdim... 
Restoran sohibi soxta muruvvat bilan pichirladi: 
— Tushundim... hozir... — u ofitsiantga imo qildi. Endi chorak soatdan keyin Ryuxin butun zalda 
yolg‘iz o‘zi bukchayib olib baliq yer, dam-badam ryumka to‘ldirib araq icharkan, o‘z hayotida endi 
hech nimani o‘zgartirib bo‘lmasligini, faqat unutish mumkinligini tushunar, e’tirof etardi. 
O‘zgalar maishat bilan mashg‘ul bo‘lgan bir paytda, shoirning bu tuni hayf ketgan, endi uni 
qaytarish mumkin emasligini u tushunardi. Tun o‘gib ketganini apglash uchun osmonga bir nazar 
tashlashning o‘zi kifoya edi. Ofitsiantlar shoshqaloqlik bilan dasturxonlarni yig‘ishtirishardi. Ayvon 
oldida izg‘ib yur-gan mushuklar allaqachon yuzlarini yuvib olishgan edi. Shoirni ayovsiz uyqu bosa 
boshladi. 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling