Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
Yettinchi bob
BYeXOSIYaT KVARTIRA Agar ertasi kuni ertalab Styopa Lixodeevga: «Styopa! Agar hoziroq o‘rningdan turmasang, seni otib tashlashadi!» — deb aytishsa, u majolsiz ovoz bilan eshitilar-eshitilmas shunday degan bo‘lardi: «Mayli, otaveringlar, nima qilsanglar qilaveringlar, lekin turmayman». O‘rnidan turish uyoqda tursin, ko‘z ochishga ham majoli yo‘qday edi, chunki agar u ko‘zini ochsa, shu zahoti chaqmoq chaqilib, boshini tilka-tilka qilib majaqlab yuborayotganday bo‘lardi. Uning miyasida ulkan bir qo‘ng‘iroq tinmay bong chalayotganday, ko‘z kosalari va qovoqlari oralig‘idan yam-yashil yaltiroq gardishli jigarrang dog‘lar suzib o‘tayotganday bo‘lar, buning ustiga-ustak, ko‘ngli muttasil behuzur bo‘lardiki, bu behuzurlik, kelib-kelib miyaga xira pashshadek o‘rnashib qolgan qandaydir patefon ovozidan vujudga kelayotgandek tuyulardi. Styopa kecha yuz bergan voqeaning biron lavhasini eslashga urinib ko‘rdi, lekin faqat bir narsa esiga tushdi, xolos: chamasi, kecha u qaerdadir qo‘lida salfetka bilan qandaydir bir xonimni o‘pishga intilib, ertaga roppa-rosa tush paytida uyingizga mehmon bo‘lib boraman, deb va’da qilgandi. Xonim: «Yo‘q, yo‘q, men uyda bo‘lamayman!» — deb rad javobi berar, Styopa esa o‘z ahdida qattiq turib olib: «Men baribir boraveraman!» — derdi. Styopa xonimning kimligini ham, hozir soat necha bo‘lg‘anini ham, bugun qaysi oyning qaysi kuni ekanligini ham mutlaqo bila olmasdi, eng yomoni: u o‘zining qaerda yotganini ham bilmasdi. U hech bo‘lmaganda, o‘zining qaerdaligini aniqlamoqchi bo‘lib, zilday og‘ir chap qovog‘ini zo‘r-bazo‘r ko‘tardi. G‘ira-shirada ko‘ziga bir nima yalt etib ko‘ringanday bo‘ldi. Styopa nihoyat uning toshoyna ekanligini, o‘zining esa o‘z yotoqxonasida karavotda, ya’ni bir vaqtlar zargar be-vasiniki bo‘lgan karavotda chalqancha yotganini bildi. Birdan uning miyasida shunday qattiq sanchiq turdiki, u ko‘zini yumib ingrab yubordi. Izoh: Varete teatrining direktori Styopa Lixodeev Sadovaya ko‘chasida «p» shaklida tushgan olti qavatli uyda marhum Berlioz bilan bir kvartirada turardi — bugun ertalab u ko‘zini ochib, o‘zini shu yer-da ko‘rdi. Shuni aytish kerakki, bu — 50-kvartira haqida ko‘pdan beri, yomon deb bo‘lmasa ham, juda alomat gaplar yurar edi. Bundan ikki yil muqaddam bu kvartira zargar de Fujerening bevasiga tegishli edi. Ellikka kirgan, uddaburon muhtarama Anna Frantsevna de Fujere xonim bu kvartiradagi besh xonadan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling