Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 qilib terilgan o‘tinlar, juda daroz simyog‘ochlaru shoda-shoda g‘altaklar tizilgan qandaydir machtalar, tog‘-tog‘ uyilgan shag‘allaru sathini ariqlar taram-taram qilib qirqqan dalalar yoqalab o‘tib borardi. Xullas, mana, hozir anavi muyulishdan o‘tish bilan Moskva boshlanishi va darhol mashinani o‘z og‘ushiga olajagi sezila boshlagan edi. Mashina Ryuxinni silkitaverib, koptokdek otaverib tinkasini quritgan edi. U bosib o‘tirgan g‘o‘la hadeb tagidan chiqib ketishga jahd qilardi. Sal oldinroq trolleybusda jo‘nab ketishgan militsioner bilan Panteley tashlab ketgan sochiqlar kuzovning u boshidan-bu boshiga tinimsiz sirpanib borib-kelib tu- rardi. Ryuxin ularni yig‘ishtirib olmoqchi ham bo‘ldi, lekin birdan xunobi chiqib: «E, padariga la’nat! Nima, men ahmoqmanmi?..» — deb to‘ng‘illadida, ularni tepib yuborib, u tomonga boshqa qaramay qo‘ydi. Uning ruhi tushib ketgan edi. Ryuxin bu g‘urbatxonaning o‘z xotirasida mash’um iz qoldirganini endi aniq his eta boshladi. U o‘zini iztirobga solayotgan narsa nima ekanligini anglashga urinardi. Darvoqe, nima u? Xotirasiga kanadek yopishib olgan yashil chiroqlar bilan yoritilgan koridorxmi? Yo dunyoda esdan ayrilishdek baxtiqarolik yo‘q degan fikrmi? Ha, ha, shu fikr ham, albatta. Lekin axir, butun bashariyat shunday fikrlaydi-ku. Yo‘q, yana qandaydir boshqa tuyg‘u mavjud. Nima ekan u? Ha-a, bildi — alam. Ha, ha, Bezdomniyning unga, yuzingda ko‘zing bormi demay, tikka aytgan alamli so‘zlari. Hamma balo u gapning alamli bo‘lganida ham emas, balki haqqoniyligida edi. Shoir endi tevarak-atrofga ko‘z tashlamas, oyoq ostiga — dirillab turgan isqirt polga tikilgancha, bir nimalarni g‘o‘ldirar, ich-etini yeb nola chekardi. Darvoqe, she’riyat... U — o‘ttiz ikki yoshda! Xo‘sh, buyog‘iga qanday hayot kechiradi? — Bundan keyin ham u yiliga bir nechtadan she’r yozib turadi. — To qari-gunchami? — Ha, to qariguncha yozaveradi. — Xo‘sh, nimaga erishadi shu she’rlari bilan? Shuhratgami? «G‘irt bema’nilik! Hech bo‘lmasa, o‘zingni o‘zing aldamasang-chi. Yomon she’r yozgan shoir hech qachon shuhrat qozonolmaydi. Nega she’rlarim yomon? Haqiqatni, haqiqatni gapirdi! — derdi Ryuxin o‘ziga o‘zi shafqatsiz ta’na qilib. — Yozganlarimning birontasiga ham ishonmayman!..» Asab torlari nihoyatda tarang tortilgan shoir bir chayqalib ketdi, oyog‘i ostidagi pol dirillashdan to‘xtadi. Ryuxin boshini ko‘tarib, allaqachon Moskvaga kirib kelganini, tong otib, osmondagi bulutlar zarrin rangga kira boshlaganini ko‘rdi. U o‘tirgan yuk mashinasi xiyobonga burilish yerida qator tizilgan ma-shinalar orqasiga borib to‘xtagan, undan salgina narida postamentga o‘rnatilgan metall odam boshini xiyol egib, xiyobon tomonga tikilib turardi. Tobi qocha boshlagan shoirning miyasiga qandaydir alomat fikrlar yopirilib keldi. «Mana, omadlilik namunasi...» — shunday deb Ryuxin o‘rnidan turib qad-dini rostladi va negadir hech kimga tegmay qimir etmay turgan cho‘yan odamga hamla qilib qo‘lini ko‘tardi, — u o‘z hayotida qanday harakat qilgan bo‘lmasin, qanday voqealarni boshidan kechirgan bo‘lmasin, hammasi uning uchun foyda bo‘lgan, hammasi uning shon-shuhratini ko‘tarishga sabab bo‘lgan! Lekin nima ish ko‘rsatdi o‘zi u? Hech aqlim bovar qilmayapti... Xo‘sh, biron diqqatga sazovor ma’no bormi bu so‘zlarda: «Qo‘l bilan tiklab bo‘lmas...» Tushunmayman!.. Omadi bor ekan, toleli ekan! — deb birdan zarda bilan xulosa chiqardi va mashinaning joyidan jilganini his qildi, — anavi oqgvardiyachi otib, son suyagini majaqlab tashladi-yu, uni boqiy qildi-qo‘ydi...» Turib qolgan mashinalar yura boshlashdi. Butunlay tobi qochib, hatto keksayib qolgan shoir yana ikki minutdan keyin Griboedov ayvoniga kirib bordi. Ayvon bo‘shab qolgan edi. Burchakda qandaydir ulfatlar turishga shaylanishar, zal o‘rtasida boshiga do‘ppi kiygan, qo‘lida qadah ushlagan tanish konferanse pitirlab yurardi. Bir quchoq sochiq ko‘tarib kirgan Ryuxin Archibald Archibaldovich tomonidan ochiq yuz bilan qarshi olin-diyu, shu zahoti la’nati latta-puttalardan ozod qilindi. Agar Ryuxin kasalxonada, so‘ng yuk mashinasida qaytayotganida ko‘p aziyat chekmaganida edi, shifoxonada bo‘lgan voqealarni turli uydirma va loflar bilan boyitib maroq bilan hikoya qilgan bo‘lardi. Lekin hozir bu narsa uning ko‘ngliga sig‘mas, bundan tashqari, Ryuxinda kuzatuvchanlik qobiliyatidan asar ham yo‘qligiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling