Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
sonda gapirarkan. — Umuman, ular keyingi paytda ko‘p ifloslik qila boshladilar. Ichkilikbozlik
xotinbozlik bilan shug‘ullanyaptilar, o‘z mavqelaridan foydalanib ishlariga qo‘l urmay qo‘ydilar, 
to‘g‘risi, qo‘llaridan hech qanaqa ish kelmaydi o‘zi, chunki zimmalariga yuklangan ishga tariqcha ham 
tushunmaydilar. Rahbarlarni laqillatib kelmokdalar! 
— Davlat mashinasini bekordai-bekorga zir yugurtiradi! — dedi qo‘ziqorin kavshab o‘tirgan 
mushuk ham chaqmachaqarlik qilib. 
Shunda kvartirada to‘rtinchi va oxirgi mo‘‘jiza sodir bo‘ldi-yu, sirg‘alib tushib yerga o‘tirib qolgan 
Styopa jonsiz qo‘li bilan kesakini timdalay boshladi. 
Kotelok shlyapa kiygan, so‘yloq tishlari og‘zidan chiqib, shundoq ham o‘ta jirkapch basharasini 
battar badbashara qilib yuborgan, pak-pakana bo‘lishiga qaramay, yelkalari nihoyatda keng, sochi 
rangidagi bir malla maxluq to‘g‘ri toshoyna ko‘zgusidan chiqib keldi. 
— Men, — deb gapga aralashdi bu malla, — buning qanday qilib direktor bo‘lib qolganiga hech 
tushunolmayapman, — u gapirgan sari ko‘proq manqalanardi, — men qanday arxierey bo‘lsam, u ham 
shunday direktor! 
— Sen arxiereyga o‘xshamaysan, Azazello, — dedi mushuk tarelkasiga sosiska olib solarkan. 
Menam shuni aytyapman-da, — dedi malla ping‘illab va Voland tomonga o‘girilib ehtirom bilan 
ilova qildi: — Ruxsat eting, messir, uni Moskvadan biron olis xilvatgohga uloqtirib yuboray? 
Mushuk tuklarini hurpaytirib: 
— Pisht! — deb baqirdi. 
Shunda yotoqxona Styopa atrofida gir-gir aylana boshladi-yu, u boshi bilan kesakiga urildi va 
hushidan ketarkan: «O‘lyapman...» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi. 
Lekin u o‘lgani yo‘q. Ko‘zini xiyolgina ochib, o‘zini toshga o‘xshash qandaydir bir narsa ustida 
ko‘rdi. Uning atrofida nimadir shovullardi. Keyin u ko‘zlarini katta ochib, shovullayotgan dengizni 
ko‘rdi, shovullagandayam to‘lqinlar shundoqqina uning oyog‘i ostiga kelib chil-chil urilardi, qisqasi, u 
to‘lqin qaytargichning eng chetida o‘tirar, poyida dengiz mavjlanar, orqasida esa do‘nglikda go‘zal 
shahar qad ko‘targan edi. 
Bunday hollarda o‘zini qanday tugishni bilmagan Styopa oyoqlari dag‘-dag‘ qaltirab to‘lqin 
qaytargich bo‘ylab qirg‘oq tomon yo‘l oldi. 
Yo‘lida bir odam turardi, u papiros chekar va dam-badam dengizga tupurardi. U odam Styopaga 
o‘qrayib qarab, tupurishdan to‘xtadi. Shunda Styopa qovun tushirdi: shu notanish kashanda qarshisida 
tiz cho‘kib, bunday dedi: 
— Yolborib so‘rayman sizdan: bu qaysi shahar o‘zi? 
— Qoyil-e! — dedi beshafqat kashanda. 
— Men mast emasman, — dedi hirqiroq ovoz bilan Styopa. — Men betobman, menga bir nima 
bo‘ldi, kasal bo‘lib qoldim... Qaerdaman? Bu qaysi shahar?.. 
— Yalta-ku... 
Styopa ohista xo‘rsindi, yonboshiga qulab tushdi-yu, boshi oftobda qizigan toshga urildi. 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling