Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
26 shunda Berliozning dami ichiga tushib ketdi, chunki boya Bronnaya ko‘chasi bo‘ylab bu yerga kelishayotganda Bezdomniyga o‘zi ham aynan shu ganlarni aytgan edi. — Buku to‘g‘ri, — dedi Berlioz, — ammo hozir siz aytib bergan voqeaning ham bo‘lganligini hech bir kimsa tasdiqlay olmasa kerak, deb qo‘rqaman. — E, yanglishasiz! Buni hamma tasdiqlashi mumkin! — deb professor yana tilni buzib, ammo qat’iy ishonch bilan gapira boshladi, so‘ng kutilmaganda, bir sirni oshkor etmoqchi bo‘lganday, ikki do‘stni o‘ziga yaqinroq imladi. Ular professorning ikki tomonidan unga engashib quloq tutdilar, endi u yana betalaffuz gapira boshladiki, uning nega goh betalaffuz, goh talaffuz bilan gapirishini xudoning o‘zi bilardi: — Gap shundaki... — professor u yoq-bu yoqqa olazarak bo‘lib qarab qo‘ydi, — men shaxsan o‘zim shohid bo‘lganman bu voqealarga. Pontiy Pilatning huzurida rovonda ham, u Kaifa bilan gaplashayotganida bog‘da ham, shohsupada ham bo‘lganman, faqat maxfiy tarzda, ya’ni inkognito 5 desayam bo‘ladi, shu bois o‘tinaman sizlardan — bu haqda hech kimga lom-mim demay, sir saqlasangiz!.. Tss! Jim bo‘lib qolishdi, Berliozning rangi oqarib ketdi. — Siz... siz qachon keldingiz Moskvaga? — titroq ovoz bilan so‘radi u. — Men Moskvaga hozirgina, shu daqiqada kirib keldim, — esankirabroq javob qildi professor, shu gapdan keyingina ikki o‘rtoq uning ko‘zlariga tikilibroq qarashdi va uning chap ko‘zi ko‘k va butkul jununvash, o‘ng ko‘zi esa — qora, beziyo, o‘lik ekanligiga shohid bo‘lishdi. «Mana, hamma narsa oydinlashdi-qoldi! — deb o‘yladi Berlioz yuragi bejo urib, — jinni nemisni yuborishipti yo bo‘lmasa, hozir shu yerda jinni bo‘lib qolgan. Ana xolos!» Ha, darhaqiqat, hamma narsa: marhum faylasuf huzuridagi g‘oyat antiqa nonushtayu pista moyi va qandaydir Annushka haqidagi tuturiqsiz gaplaru Berliozning boshi uzilishi haqida aytilgan bashoratu hokazo va hokazolar sababi oydinlashgan edi — professor telba edi. Berlioz nima ish qilishi kerakligini darhol tushundi. U skameykaga suyanib, professorning orqasidan Bezdomniyga, o‘chakishma, demoqchi bo‘lganday ko‘z qisdi, ammo dovdirab qolgan shoir do‘stining imosiga tushunmadi. — Ha, ha, ha, — to‘lqinlanib derdi Berlioz, — lekin bo‘lishi mumkin! Hatto judayam bo‘lishi mumkin, Pontiy Pilat ham, rovon ham, qolgan gaplar ham... Siz yolg‘iz keldingizmi yo rafiqangiz bilanmi ? — Yolg‘iz, yolg‘iz o‘zim, men hamisha yolg‘izman, — hasrat bilan dedi professor. — Buyumlaringiz qaerda, professor? — mug‘ambirlik bilan luqma tashladi Berlioz. — «Metropol»dami? Qaerga qo‘ndingiz? — Menmi? Hech qaerga, — deb javob qildi telba nemis, ko‘k ko‘zini o‘ynatib, Patriarx ko‘liga ma’yus va vahshiyona nazar tashlarkan. — Ie! Unda... qaerda yashamoqchisiz? — Sizning kvartirangizda, — deb surbetlik bilan javob qildi telba va ko‘z qisib qo‘ydi. — Ba... bajonu dil... u... — deya g‘o‘ldiradi Berlioz, — lekin menikida turish sizga o‘ng‘aysiz bo‘ladi-da... «Metropol»da esa xonalar g‘oyat shinam, u eng yaxshi mehmonxona... — Shayton ham yo‘q deng? — dabdurustdan quvnoq ohangda savol berdi telba Ivan Nikolaevichga. — Shayton ham... — Ra’yini qaytarma! — pichirladi Berlioz, professorning orqasidan unga imo-ishora qilarkan. — Hech qanaqa shayton yo‘q! — deb tuturiqsiz gaplardan gangib qolgan Ivan Nikolaevich chinqirib o‘rinsiz gaplarni aytib yubordi. — Qayoqdan keddi bu dardisar?! Bas qiling jinnilikni... Shu payt telba qah-qah urib kulib yuborgan edi, tepalaridagi jo‘ka shoxiga qo‘nib o‘tirgan 5 Inkognito (lot.) — sirli, maxfiy ravishda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling