Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
Pilat, Oltin Nayza tutgan suvori aytyapmap. 
— Bilaman, bilaman! — dadil javob qildi qorasoqol Kaifa va ko‘zlari chaqnab ketdi. U qo‘lini 
ko‘kka cho‘zib kalomini davom ettirdi: — Iudeya xalqi, undai vahshiyona adovat bilan 
nafratlanishingni, uni ko‘p og‘ir musibatlarga mubtalo qilishingni biladi, illo uni butkul mahv eta 
olmagaysan! Xudo o‘z panohiga olgay bu xalqni! Eshitgay, ha, qudratli qaysar zorimizni eshitgay va 
bizni qattol Pilatdan hifz qilgay! 
— E, yo‘q! — dedi Pilat va endi gapirgan sari, tobora ko‘ngli yengil torta boshladi: endi 
mug‘ambirlik qilishning ham, ravon jumla tuzish uchun so‘z axta-rishning ham hojati qolmagan edi. 
— Sen qaysarga mening ustimdan ko‘p marta arz qilding, endi navbat menga keldi, Kaifa! Endi men 
noma yozib yuboraman, yuborgandayam Antioxiyadagi noibga ham, Rimga ham emas, to‘ppa-to‘g‘ri 
Kapreyaga — imperatorning o‘ziga yuboraman sizlarning bu yerda, Yershalaimda ashaddiy 
isyonchilarni o‘limdai qutqarib qolayotganlaringiz haqida. Ana unda Yershalaim ahlini, avvalgi ezgu 
niyatim bo‘yicha, senlarning nafingni ko‘zlab, Sulaymon ko‘lining obirahmati bilan siylamayman! 
Yo‘q, suv bilan emas! O‘zing eslab ko‘r, aynan senlarning kasringga, men devorga ilingan imperator 
nomi zarb qilishgan qalqonlarni qo‘lga olishgan va ko‘rib turibsanki, shaxsan o‘zim bu yerga qo‘shin 
surib kelishga majbur bo‘ldim, oqibag, Yershalaimda yuz berayotgan voqealarning shohidi 
bo‘lishimga to‘g‘ri keldi! Gaplarim yodingda bo‘lsin, hazrati buzruk. Hozir sen Yershalaimda ko‘rib 
turganing bir kohorta qo‘shin — daryodan tomchi! Hali bu shahar poyiga, butunicha Fulminat 
qo‘shini, arab suvoriylari kelishadi, ana unda quloqlaring achchiq nolayu faryodlar eshitadi! Ana unda 
sen jiioyatchi Var-ravvanni o‘limdan xalos etganing, ezgulik haqida va’z qilgan faylasufni esa nohaq 
o‘limga yo‘llaganing uchun ming pushaymon bo‘lasan! 
Hazrati buzrukning yuzida xol-xol qizil dog‘lar iaydo bo‘ldi, ko‘zlari yona boshladi. U ham 
prokuratorga o‘xshab, tishining oqini ko‘rsatib tirjaydida, javob qaytardi: 
Shu aytgan gaplaringga, prokurator, o‘zing ishonasanmi? Yo‘q, ishonmaysan! Xalqni vasvasaga 
solgan o‘sha faylasuf Yershalaimga tinchlik olib kelmadi, bil’aks — tinchlikpi buzdi, buni o‘zing ham, 
o chavandoz, juda yaxshi bilasan. Sen uni, xalq orasida fitna tarqatsin, dinimizni tahqirlasin, butun 
xalqni Rim shamshiriga ro‘para qilsin, degan iiyatda ozod qilmoqchi bo‘lding! Vale men, Iudeyaning 
buzruk hazrati, tirik ekanman, dinimizni gahqirlashlariga yo‘l qo‘ymayman, xalqimni unday xavfdan 
muhofaza qilaman! Eshityapsanmi, Pilat? — Shunday deb Kaifa qo‘lini tahdidona ko‘tardi: — Ana, 
quloq sol, prokurator! 
Kaifa jim qoldi, shunda prokuratorga yana dengiz guvillaganday, uning to‘lqinlari Bukj Irod 
bog‘ining devorlari poyiga kelib urilayotganday bo‘lib tuyuldi. Bu guvillash pastlikdan prokuratorning 
oyoqlariga, undan yuziga ko‘tarilayotganday o‘ldi. Pilatning orqa tomonida, qasr ortida esa hayajonli 
karnay sadolari, yuzlab oyoqlarning zalvorli gursillashi, temirlar jarangi eshitilardi. Piyoda askarlari 
prokuratorning buyrug‘iga binoan isyonchi va qaroqchilarni qatl etish oldidan bo‘ladigan dahshatli 
namoyishga shaylanib, qasrdan chiqa boshlagan edilar. 
— Eshityapsanmi, prokurator? — deb hazrati buzruk past ovoz bilan takrorladi. — Nahotki 
bularning hammasini oyoqqa turg‘azgan, — Kaifa gapira turib ikki qo‘lini ko‘kka ko‘targan edi, qora 
qaytarma qalpog‘i boshidan tushib ketdi, qo‘rqinchli yo‘lto‘sar Var-ravvan deb o‘ylasang? 
Prokurator kaftining orqasi bilan sovuq, terga cho‘mgan peshonasini artdi, yerga tikildi, keyin 
ko‘zlarini qisgancha osmonga qarab, lov-lov yonayotgan quyoshning deyarli qiyomga kelib qolganini, 
Kaifaning soyasi esa marmar sherning dumi oldi-da g‘ujanak bo‘lib qolganini ko‘rdi-yu, loqaydlik 
bilan ohista dedi: 
— Choshgoh bo‘lib qolipti. Suhbatga berilib ketibmiz, holbuki ishni davom ettirmoq lozim. 
U hazrati buzrukdan nazokat bilan uzr so‘radi va eng oxirgi, qisqa kengash uchun zarur bo‘lgan 
odamlarni chaqirtirib, qatlga taalluqli so‘nggi farmoyish bergunicha Kaifadan magnoliya daraxti 
soyasidagi kursida kutib o‘tirishni iltimos qildi. 
Kaifa qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha, iltifot bilan ta’zim qilib, shu yerda — bog‘da qoldi, Pilat esa 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling