Microsoft Word Yangi texn doc
O’quv jarayoniga zamonaviy texnik vositalarini qo’llash tarafdorlari o’qitish
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi pedagogik texnologiyalar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlab «kompyuterli texnologiya» va «yangi axborot texnologiyasi» kabi tushunchalar vujudga keldi. Bular pedagogik texnologiyani amalga oshirish
O’quv jarayoniga zamonaviy texnik vositalarini qo’llash tarafdorlari o’qitish
sifatini yaxshilash, aynan ana shu vositalarga bog’liq deb hisoblaydilar. Tegishli uslubiy tavsiyalar ta’lim jarayonida texnik muhitni yaratishga, ya’ni texnologiya tushunchasini o’qitish jarayoniga qo’llash masalalariga qaratildi. Dastlab «kompyuterli texnologiya» va «yangi axborot texnologiyasi» kabi tushunchalar vujudga keldi. Bular pedagogik texnologiyani amalga oshirish uchun zamonaviy texnik vosita sifatida qo’llanila boshlandi. O’tgan asrning 50-yillar o’rtasida jaxon pedagogikasida o’quv jarayonini to’la- to’kis yangi, o’ziga xos «texnologik» usulda tashkil etishga yondashish vujudga kelgan edi. 60-yillarda esa, o’qitish uslublarining o’ta turli-tumanligi ulardan o’quv jarayonining tashkil etishda foydalanishni qiyinlashtirayotganligi etirof etila boshlandi. Shuning uchun ham, barcha uslublar uchun umumiy bo’lgan ilmiy asos yaratish zarurati tug’ildi. Natijada, pedagogik uslublar texnologiyasi yoki o’quv jarayonining tashkil etish texnologiyasi, ya’ni «ta’lim texnologiyasi» (an Yedikational technologu) tushunchasi vujudga keldi. AQSHda 1961 yildan «Pedagogik texnologiya» jurnali chiqarila boshlandi. Shuningdek, Angliyada «Pedagogik texnologiya va o’quv jarayoni» (1964 yildan), Yaponiyada «Pedagogik texnologiya» (1965 yildan), Italiyada ham shunga o’xshash jurnal (1971 yildan) chiqa boshlagan. YuNESKO 1971 yildan boshlab ta’lim bo’yicha xalqaro byuroning «Pedagogik texnologiyalar» byulletenini chiqarib 11 kelmoqda]. Rossiya Federasiyasida esa 1997 yildan boshlab «Maktab texnologiyalari» jurnali ta’sis etildi. Shuni ta’kidlash lozimki, «pedagogik texnologiya»ni «o’qitish texnologiya» tushunchasi bilan ayniylashtirmaslik zarur. Chunki, pedagogik texnologiyada o’quv jarayonining aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarini belgilashdan boshlab, to yakuniy o’quv natijalarga erishilganlikni nazorat qilishgacha bo’lgan jarayonni loyihalanadi. E. Frenye «uslub» tushunchasi konstruktiv xarakterga ega bo’lmaganligi uchun, uning o’rniga «texnologiya» tushunchasini taklif etgan. Demak, o’qitish texnologiyalari (muammoli o’qitish, rivojlantiruvchi ta’lim, modulli o’qitish, didaktik o’yinlardan foydalanish va h.k.) pedagogik texnologiya bo’yicha loyihalangan o’quv jarayonini amalga oshirishning turli didaktik konstruksiyalari sifatida namoyon bo’ladi. Pedagogik texnologiyaning tub mohiyati, o’qitishning an’anaviy og’zaki bayon qilish usulidan voz kechib, talabalarni ko’proq mustaqil ta’lim olishga undashdan iborat. Bunda o’qituvchi talabalar bilish faoliyatining boshqaruvchisi, maslahatchi, yakuniy natijaga yo’llovchi shaxs vazifasini bajaradi. Pedagogik texnologiyaning samaradorligi shundan iboratki, unda turli o’qituvchilar muayyan fan (mutaxassislik bo’yicha) bir xil (deyarli bir xil) yakuniy natijaga erishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa barcha o’quv yurtlariga yagona Davlat ta’lim standarti talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan hozirgi davrda biz, O’zbekistonlik pedagoglar uchun nihoyatda muhimdir. Barcha o’qituvchilar qanday qilib deyarli bir xil natijaga erishishlari mumkinligini, ya’ni o’quv jarayonini takrorlanuvchanligini ta’minlashni tushunish uchun muloqotni davom ettiramiz. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling