Referat mavzu: Texnologiyalarning vujudga kelishining tarmoq rivojlanishiga ta’siri


Download 0.98 Mb.
bet1/6
Sana08.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1462778
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy o`sish Referat


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
SURXONDARYO VILOYATI TERMIZ DAVLAT UNVERSITETI
―IQTISODIYOT VA TURIZM ‖ fakulteti
―IQTISODIYOT ‖kafedrasi
―IQTISODIY O`SISH fanidan

REFERAT

MAVZU: Texnologiyalarning vujudga kelishining tarmoq rivojlanishiga ta’siri
BAJARDI: I-220 GURUH TALABASI
NAZAROV JAHONGIR
QABUL QILDI: RASHIDOVA X.T.


TERMIZ-2023
Reja :

Kirish

  1. Innavatsion texnalogiyalarning rivojlanishi

  2. Ta’lim jarayonida innavatsion texnalogiyalarning tadbiq etish zarurati

  3. Interfaol metodlar

  4. Michelin- Fransiya kompaniyasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Ta’lim – insonni inson bo’lib, kamol topishiga xizmat qilgan soha hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviayt – yengilmas kuch” asarida “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” , deb aytgan fikrlari ta’lim va tarbiya tushunchalarining o’zaro bo’g’liqligi va aloqadorligi, ya’ni ular yaxlit pedagogik jarayon sifatida mavjudligini ifodalaydi. Shuningdek davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning ham “ Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan so’zlari ham bu sohaning naqadar dolzarbligini ifoda etadi.
«Ta’lim to’g‘risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim o'quvchilarni o‘quv fanlari bo'yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida, ularning bilim olishga bo'lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asos­langan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishi lozimligi qayd etilganligida ham buning isbotini ko’rishimiz mumkin. Maktab ta’limini o'qitishda o'qituvchi loyihalash texnologiyasidan o'quv­chilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda nafaqat darsda o'quv muammolarini hal etishda, balki darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham ijodiy muammolarni hal etishda foydalanishi zarur. Loyihalash texnologiyasida foydalanish o'quvchilarga individual va differensial yondashish imkonini beradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling