Referat mavzu: Texnologiyalarning vujudga kelishining tarmoq rivojlanishiga ta’siri
Innavatsion texnalogiyalarning rivojlanishi
Download 0.98 Mb.
|
Iqtisodiy o`sish Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsiya
- Ilm-fan
1. Innavatsion texnalogiyalarning rivojlanishi
Ilmiy texnik taraqqiyot nafaqat aksariyat ishlab chiqarish sohasinigina texnalogiyalashtirmoqda, balki u madaniyat ta’lim sohalriga ham kirib bormoqda. Bugungi kunda informatsion axborot tibbiyot, ta’lim va boshqa texnalogiyalar to’g’risida fikr yuritishimiz mumkin. Innovatsiya deganda foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulotlar (Tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o’rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o’rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. Innovatsiya atamasi lotincha “novation” so’zidan olingan bo’lib, “yangilanish” yoki “o’zgarish”, “in” qo’shimchasi esa lotinchadan “yo’nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “innovatio” ko’rinishida tarjima qilsak- “o’zgarishlar yo’nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo’lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo’ldi. Innavatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi Ilm-fan – bu ma’lum mablag’larni bilimlar va g’oyalarga aylantirish. Innovatsiyalar – bu bilimlar va g’oyalarni mablag’larga aylantirishdir. Ixtiro – bu yangi konsepsiyani yaratish demak. Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamioyatini ajratib ko’rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish. Texnologiya tushunchasi fanga 1872-yilda kirib keldi va grekcha ikki so’zdan – “texnos”-hunar va “logos”- fan, so’zlaridan tashkil topib, “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnalogik jarayonni to’liq tavsiflab bera olmaydi, texnalogik jarayon deyilganda-mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish bo’yicha qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Tarixan texnologiya tushunchasi texnik taraqqiyot bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, hunar va fan haqidagi ta’limotga muvofiq keladi. Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni hamda ularning ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. Siyosiy lug’atda texnologiyaga shunday izoh beriladi: 1) ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materillar, yarim tayyor ashyolarni qayta ishlash, tayyorlash holati, xususiyati, shaklining o’zgarish metodlari yig’indisi; 2) ashyolar, materiallar va yarim xom ashyolarga muvofiq ishlab chiqarish qurollari orqali ta’sir o’tkazish usullari to’g’risidagi fan. Hozirgi davr ta’lim texnologiyalari muammosi, pedagogik innovatsiya tajribalari ularni bir tizimga tushirish va aniqlashtirishni talab qiladi. Oliy maktab oldida innovatsion texnalogiyalarning ilmiy asoslari, ularning tasnifi, mohiyatini ochib berish va o’quv jarayonining texnologikligi muammolarini ta’minlash masalasi turibdi. Ta’lim jarayonida texnologik yondoshuv - talabaning bilim o’zlashtirishini qulaylashtirish maqsadida, avvalo, o’quv materialini (axborotni) bir-biri bilan o’zaro bog’liq qismlarga, bo’laklarga ajratishni; so’ngra ta’limdan mo’ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan o’quv biluv faoliyatini(harakatlarni, amallarni) ketma-ket, bosqichma-bosqich, izchil amalga oshirishni; loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni talab etadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling