Microsoft Word Yangi texn doc


Ijodiy turdagi o’quv maqsadlari uchun qo’llaniladigan (izlanuvchi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

 
Ijodiy turdagi o’quv maqsadlari uchun qo’llaniladigan (izlanuvchi 
harakatni anglatadigan) fe’llar: bir shaklni turli ko’rinishlarda takrorlash
shakllarni o’zgartirish, takomillashtirish, qayta guruxlash, qayta ko’rish, oldindan 
aytib berish, savol qo’yish, qayta tashkil etish, sintez qilish, tizimlashtirish, 
soddalashtirish. 
 
Og’zaki va yozma nutq  (nutqga oid harakatlar) sohasini anglatuvchi  fe’llar:  
muloqotga kirishish, fikrni ifodalash, rozilik (norozilik)ni  aytish, maqtov 
(ma’qullashni)ni ifodalash, hamkorlik qilish, tabassum qilish, ishtirok etish. 
Fe’llarning yuqoridagiga o’xshash ro’yxati boshqa sohalar (umumiy mantiqiy 
operasiyalar, umumiy o’quv harakatlari, matematika, fizika, tabiyotshunoslik, 
musiqa, mutaxassilik (ish harakatlar) bo’yicha ham o’quv maqsadlarini aniqlashtirish 
uchun tuzilishi lozim.  
 
Biz yuqorida umumta’lim maqsadlaridan o’quv (fan,kurs) maqsadlariga va 
ulardan aniqlashtirilgan maqsadlarga o’tish yo’lini ifodaladik. Ba’zi hollarda o’quv 
maqsadlarini yanada aniqlashtirishga ehtiyoj sezilmay qolishi, yoki u nihoyat 
darajada murakkab bo’lib, o’ta soddalashtirish uning ma’nosini buzilishiga olib 
kelishi mumkin. Agar maqsadlarni bunday qo’shimcha aniqlashtirish zarur bo’lsa, 
aniqlashtirishning uchinchi bosqichi - detallashtirish (qismlarga ajratish) ni ham 
qo’llash mumkin. Misol tariqasida «Yozma matn ahamiyatini tushunish» bo’yicha 
o’quv maqsadining uch bosqichli aniqlashtirishni ko’rib chiqamiz: 
  1. Yozma matn ahamiyatini tushunish.  


 
51
1.1. Parchadagi yaqqol ko’rinib turgan ma’lumotlarni   belgilang.  
• Aniq detallar (nomlar, sanalar, voqyealar)ning tagiga chizing.  
• Parcha mazmunini to’laroq bildiradigan fikrlarni ajrating. 
• Parchaning asosiy ma’nosini tasdiqlovchi dalillarni  
sanang. 
  1.2. Parchaning asosiy ma’nosini ajrating. 
• Asosiy ma’noni anglatuvchi gapning tagiga  chizing. 
• Parcha uchun sarlavha o’ylab toping. 
1.3. Parcha ma’nosini yakunlang. 
• Parcha konspektini yozing. 
1.4. Parcha mazmunidan unda yaqqol ochilmagan g’oya va munosabatlarni    
ajrating. 
• Parcha mazmunida aytilmagan, lekin aytilishi nazarda tutilgan   fikrlarni 
ayting. 
• Parchada belgilangan harakat va voqyealarni, ularni ko’proq 
uchraydigan ketma-ketligi bo’yicha sanang. 
• Parchada ifodalangan harakat va voqyealarning ehtimolligi ko’proq   
uchraydigan natijalarni tanlab, ifodalang.  
• Parchada keltirilgan g’oya, hodisa va narsalarni o’zaro bog’lovchi va 
umumlashtiruvchisini tushuntiring. 
 
Ba’zi hollarda belgilangan o’quv maqsadlariga erishish uchun faoliyatni 
o’zinigina aniq tasavvur etish yetarli bo’lmasligi mumkin. Vaholangki, o’quv vaqti 
tanqisligi (ya’ni tashqi sharoit) natijasida ham o’qituvchi belgilangan natijaga erisha 
olmasligi mumkin. Bunday hollarda ayrim didakt olimlar taklif etgan 
tashhislanuvchan o’quv maqsadlarining quyidagi to’rt komponentli tarkibidan 
foydalanish lozim: 1) tashqi sharoitlar tavsifi, 2) faoliyat (yoki kuzatiladigan 
harakatlar) kutiladigan natija, 3) ularni etalonga xos belgilari (mezonlari), 4) baholash 
(o’lchash) uslublari. Bular talaba-erishishi zarur bo’lgan etalon sifatida namoyon 
bo’ladi.  
 
Matematika fanidan misol keltiraylik. Umumiy o’quv maqsadlaridan biri - 
geometrik masalalarni yechishda ijodiy va tizimiy yondashishni uyg’unlashtirishdan 
iborat bo’lsin. Etalon-maqsad quyidagilardan iborat bo’ladi :  
 
Sharoit: 1) talaba uchun yangi turdagi geometrik masalani yaxshilab 
shakllantirish (tuzish); 2) masalani yechish uchun zarur bo’lgan teoremani oldindan 
o’zlashtirish. 
 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling